Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEKISTONDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHNING MOLIYAVIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH · Avlayev Shaxzod Shuxrat O‘g‘li · O‘zbekiston Respublikasi Bank-Moliya Akademiyasining Tinglovchisi
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2024
Аннотация
Ushbu ilmiy maqolada O‘zbekiston Respublikasida kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2024 yil 14-avgustda taqdim etgan kambag‘allikni qisqartirishga oid yangi yondashuvlari, moliyaviy mexanizmlar va ijtimoiy yordam tizimining samaradorligi muhokama qilinadi. Maqolada, mavjud tizimda aniqlangan kamchiliklar va yangi yondashuvlar yordamida kambag‘allikni qisqartirishni yanada samarali qilish uchun takliflar beriladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi kambag‘allikni qisqartirishning samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan yangi mexanizmlarni taqdim etishdir. Kalit so‘zlar: kambag‘allik, ijtimoiy himoya, O‘zbekiston, moliyaviy mexanizm, kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy yordam, hokimiyat, bandlik, iqtisodiy o‘sish, mahalla, monitoring. Kambag‘allikni qisqartirish masalasi O‘zbekiston davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 2020-yilda O‘zbekiston hukumati kambag‘allikni qisqartirishni davlat siyosatining asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilab, ijtimoiy yordam va moliyaviy yordam dasturlarini joriy etdi. 2020 yilda kambag‘allik darajasi 17 foizni tashkil etgan bo‘lib, 2024 yilga kelib bu ko‘rsatkich 11 foizga tushgan. Kelgusi uch yilda kambag‘allik darajasini 7 foizga qisqartirish maqsadi qo‘yilgan. Ushbu maqolada kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha mavjud tizim va yangi yondashuvlar tahlil qilinadi. Adabiyotlar tahlilida O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardagi kambag‘allikni qisqartirishga doir mavjud ilmiy tadqiqotlar, ijtimoiy himoya tizimlari va kambag‘allikni aniqlash mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish borasida turli ijtimoiy dasturlar amalga oshirilmoqda. Masalan, 2020 yilda "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" joriy etilgan bo‘lib, bu tizim yordamida kambag‘allikka tushish xavfi yuqori bo‘lgan oilalar aniqlanib, ularning ijtimoiy yordamga muhtojligi baholanadi. Bunga qo‘shimcha ravishda, kambag‘allikni qisqartirishda soliq imtiyozlari va mahallalarda tashkil etilgan “Ishga marhamat” markazlari orqali o‘qitish tizimi mavjud. Ushbu maqolada tahlil qilish uchun sifatli va miqdoriy metodlar qo‘llanilgan. Ma'lumotlar O‘zbekistonning rasmiy statistik ma'lumotlaridan, davlat tomonidan amalga oshirilgan kambag‘allikni qisqartirish dasturlarining hisobotlaridan olinadi. Tadqiqotda kambag‘allikni aniqlash uchun "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kirgan oilalarning ma'lumotlari tahlil qilinadi. Shuningdek, kambag‘allikni qisqartirishning yangi mexanizmlarini, jumladan, ish o‘rinlari yaratish, soliq imtiyozlari va ijtimoiy himoya tizimini baholash uchun monitoring metodlari qo‘llaniladi. Tahlil natijalariga ko‘ra, 2020-yildan boshlab O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 17 foizdan 11 foizga qisqardi. Bu davrda kambag‘allikni qisqartirish uchun 14 trillion so‘m mablag‘ ajratilgan. Kambag‘allikni qisqartirishda asosiy yondashuvlardan biri ijtimoiy yordamlarning manzilliligi va shaffofligi bo‘ldi. 2024 yilda kambag‘allik darajasini 7 foizga tushirish maqsadi qo‘yilgan, lekin hozirgi tizimda kambag‘allikni aniqlash va yordam ajratishda bir qator 50 muammolar mavjud. Ayniqsa, kambag‘allikni aniqlashda aniqlik va yordam ajratishda yaxlitlik yetishmaydi. Shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish uchun ajratilgan mablag‘lar 40 turdagi moliyaviy vositalar orqali taqdim etilmoqda, bu esa tizimning murakkabligini oshiradi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish tizimini yanada samarali qilish uchun quyidagi takliflar keltiriladi: Ijtimoiy himoya tizimini yagona va aniq reyestrga asoslangan tizimga o‘tkazish: Bu orqali kambag‘allikka tushish xavfi yuqori bo‘lgan oilalar aniqlanadi va yordamning samaradorligi oshiriladi. Kambag‘allikni aniqlashda yanada shaffof va aniq mezonlarni belgilash: Oilalarni tahlil qilishda bir xil mezonlardan foydalanish, ijtimoiy yordamlarning manzilliligini ta'minlaydi. Mahalla va tuman darajasidagi monitoring tizimini kuchaytirish: Mahallalardagi kambag‘allik darajasi va ishsizlikni monitoring qilish orqali kambag‘allikni qisqartirishga erishiladi. Ish o‘rinlari yaratish va soliq imtiyozlari bo‘yicha yangi mexanizmlar joriy etish: Kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlarni rag‘batlantirish, bo‘sh ish o‘rinlarini raqamlashtirish va onlayn platformalar yaratish zarur. Ijtimoiy yordamlarning bandlikka bog‘lanishini ta'minlash: Kambag‘allikni qisqartirishda har qanday yordam pirovardida oilalarni bandlikka yo‘naltirish kerak.
Доказательный фрагмент
«Ushbu ilmiy maqolada O‘zbekiston Respublikasida kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu ilmiy maqolada O‘zbekiston Respublikasida kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kambag‘allik, moliyaviy mexanizm, hokimiyat, O‘zbekiston, kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy himoya, bandlik, ijtimoiy yordam, mahalla, monitoring., iqtisodiy o‘sish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024