Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BUXORO VILOYATINING O‘TLOQI-ALLYUVIAL TUPROQLARI SHAROITIDA TUPROQ MIKROBIOLOGIK XOSSALARIGA TAKRORIY EKINLARNING TA’SIRI
Turayev Ulug‘bek Utkirovich
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada Buxoro viloyatining o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida tuproq mikrobiologik xossalariga takroriy ekinlarning ta’siri bo’yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Kalit so‘zlar: kuzgi bug‘doy, takroriy ekin, tariq, makkajo‘xori (silos uchun), loviya, mosh, oq jo‘xori (silos uchun), mikroorganizm, bakteriya, zamburug‘, aktinomitset, azotofiksator, nitrofiksator. Kirish. Hozirgi vaqtda Respublikamizda kuzgi bug‘doy 1 mln gektardan ortiq maydonga ekilayotgan bo‘lsa bu ekin o‘tmishdoshi sifatida takroriy ekinlarni navbatlab almashlab ekishni tadbiq etib, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish dehqonchilik ilmining asosiy negizi hisoblanadi. G‘allachilikda ilmiy asoslangan almashlab ekishni joriy qilmasdan, tuproq unumdorligini oshirishga erishib bo‘lmaydi. Ma’lumki, yer yuzida qishloq xo‘jaligi ekinlari tuproqdan yiliga 100 mln. tonna azotni o‘zlashtirish, undan mineral o‘g‘itlar bilan birga 12 mln. tonnasining qaytarilishi, qolgan yetishmaydigan 88 mln. tonna azotofiksator mikroorganizmlar hisobiga kompensatsiya qilinishi qayd etiladi. Tuproqda juda ko‘p mikrorganizmlar uchraydi, ya’ni 1 g tuproqda millionlab yoki milliardlab bakteriyalar bo‘ladi. Havo va suvga nisbatan, tuproqda bakteriyalar ko‘p uchraydi. Tuproq asosiy man’ba bo‘lib, undan mikroblar havo va suvga o‘tib turadi. Tahlillarga ko‘ra, 1 ga haydaladigan yerning 25 sm qatlamida 3-5 tonnagacha bakteriyalar uchraydi [4]. Tuproqda gumusning shakllanishi va o‘simlik uchun zarur bo‘lgan kimyoviy elementlarning o‘simlik tomonidan o‘zlashtiriladigan holatga o‘tish jarayonida tuproq mikroorganizmlarining ahamiyati beqiyosdir [6]. C.T.Esedullayev va N.V.Shmeleva tomonidan atmosfera azotining dukkakli-don ekinlari orqali o‘zlashtirilishi hamda tuproq hosildorligini oshirishdagi biologik roliga oid ilmiy va amaliy asoslar ishlab chiqilgan [7]. Z.P.Karamshuk ma’lumotlariga ko‘ra, bug‘doydan keyin yana shu ekinni takroriy ekish natijasida zamburug‘ va bakteriyalarning ko‘payish faoliyati susayadi. Shu bilan birga, tuproqda o‘simlik qoldiqlari, kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar, aktinomitsetlar, zamburug‘lar va o‘simlik toksik moddalari miqdori ortib boradi [5]. Tuproq muhitidagi mikroorganizmlarning taksonomik (bakteriyalar, zamburug‘lar, aktinomitsetlar) va fiziologik (azot to’plovchi, nitrofiksator) guruhlari unda kechadigan biologik jarayonlarning yo‘nalishini shakllantiradi. Tuproqdagi guminifikatsiya, ammonifikatsiya, nitrifikatsiya, azot fiksatsiyasi va denitrifikatsiya kabi jarayonlar aynan mikroorganizmlar faoliyati orqali amalga oshadi. Shu boisdan, tuproqning mikrobiologik faolligi uning hosildorligi, agrofizik xususiyatlari va umumiy holatini yaxshilashda katta ahamiyat kasb etadi. Mikrobiologik faollik va undagi turli mikroorganizmlar guruhlarining 82 miqdoriy tarkibi hamda o‘zaro nisbatiga bir qator tashqi omillar ta’sir ko‘rsatadi. Shunday omillardan biri sifatida oldingi mavsumda ekilgan madaniy o‘simliklar alohida ahamiyatga ega. Turli ekinlarning ildiz massasi va ang‘iz qoldiqlari tarkibi hamda miqdoriy holati, mikroorganizmlarning turli yo‘nalishda rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgani bois, ular tuproqning mikrobiologik faolligiga o‘ziga xos tarzda ta’sir qiladi. Respublikamizda bugungi kunda Buxoro viloyatining o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida mikroorganizmarning mikrobiologik faoliyatiga takroriy ekinlarning ta’sirini aniqlash borasida izlanishlar yetarlicha amalga oshirilmagan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF–60-son Farmonida 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi «Tuproq unumdorligini oshirish va muhofaza qilish to‘g‘risida» gi tuproqlar holatini yaxshilash, unumdorligini saqlash va oshirish, muhofaza qilishning iqtisodiy choralarini belgilash, yerdan foydalanuvchilarni iqtisodiy rag‘batlantirish masalalarini nazarda tutish, yil davomida 2-3 marta hosil olish, hosildorlikni 1,2 barobarga oshirish va sug‘oriladigan maydonlarda boshoqli don ekinlarini yetishtirishda yangi navlar, suv va suv resurslarini tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, kuchli sho‘rlangan yerlar ulushini har yili 1 foizdan 2026 yilgacha 5 foizgacha kamaytirish vazifalari belgilab berilgan [1]. Yuqoridagilardan kelib chiqib tadqiqotlarimiz oldiga Buxoro viloyati o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida mikroorganizmlarning mikrobiologik faoliyatiga takroriy ekinlarning ta’sirini aniqlashni maqsad qilib qo’ydik. Uslub va materiallar. Ilmiy tadqiqotlar Olot tumani hududida joylashgan “Narzi oyim” fermer xo‘jaligi sho‘rlangan o‘tloq-allyuvial tuproqlari sharoitida 2019-2022 yillarda olib borildi. Dala tajribalari 6 variantda 4 takrorlikda olib borildi. Tajribalarda qishloq xo‘jalik ekinlar parvarishi mazkur mintaqa uchun qabul qilingan agrotexnik tadbirlar asosida olib bajarildi. Dala tajribasida o‘tkazilgan barcha fenologik kuzatuvlar, biometrik o‘lchovlar O‘zPITIning «Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari» uslubiy qo‘llanmalaridan foydalanildi [
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Buxoro viloyatining o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida tuproq mikrobiologik xossalariga takroriy ekinlarning ta’siri bo’yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Buxoro viloyatining o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida tuproq mikrobiologik xossalariga takroriy ekinlarning ta’siri bo’yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- aktinomitset, loviya, mosh, kuzgi bug‘doy, takroriy ekin, oq jo‘xori (silos uchun), zamburug‘, azotofiksator, nitrofiksator., tariq, mikroorganizm, bakteriya, makkajo‘xori (silos uchun)
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026