Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
IBN XALDUN VA FOROBIY: ISLOM FALSAFASI HAQIDAGI MUNOZARALAR
Boygaziyev Tulqin Inatullayevich · Meylimuratova Madina (Shahrisabz davlat pedagogika instituti)
Наука и технология в современном мире · 2026
Аннотация
В этой статье анализируются взаимосвязи, а также различия религии и философии Фараби. Ключевые слова: Религия, философия, бытие, исламская философия, наука, истина. Annotation: This article analyzes the relationship, as well as the differences in religion and philosophy of Farabi. Key words: Religion, philosophy, genesis, islamic philosophy, science, truth. Forobiy Sharqda birinchi bolib Arastu izidan borgan arab faylasufi Abu Yusuf Ishoq al- Kindiy (810-866) qarashlariga qarshi olaroq, din va falsafani haqiqatga yetishishning ikki mustaqil usuli, deb hisobadi, ularni bir-biridan ajratib bo’lmasligini ta’kidlab o’tdi. Forobiyning nazarida, diniy haqiqatlar falsafiy misollardan iborat. Boshqa ibora bilan aytganda, din va falsafa yagona birlikning ikki xil jihatlarini o’rganuvchi, tushuntiruvchi sohalardir. Falsafa daliliy hukmlarning qoidalarga tayanadi, din esa o’sha hukmlar va qoidalarining xitobiy shaklidir. Uning bunday qarashidan, falsafa dindan oldin vujudga kelgan degan xulosa kelib chiqadi. Tadqiqotchilar din va falsafaning yagona birligi haqidagi uning mulohozalariga qaramasdan, Forobiyning keyinchalik falsafasini dindan afzalroq va ustunroq qo’yganligiga diqqat-e’tiborni qarata boshladilar. Ammo Forobiy “Din falsafaning misollaridir” degan vaqtda qayd etib otgan ediki, payg’ambar xalq tilida so’zlashga majbur, chunki omma daliliy hukmlarni tushunmaganligi sababli daliliy haqiqatlarni xitobiy shaklda bayon etishdan o’zga chora yo’q, aks holda payg’ambar ham faylasufdir, deb hisoblagan[1]. Forobiyning fikriga ko’ra, avomning diniy qarashlari uning falsafiy xulosalariga doim ham mos tushavermaydi va buning zaruriyati ham yoq. Shuning uchun u oz fikrlarini bevosita avomga moslashtirmagan edi. U avom meni tushunadi, deb ham uylamagan va, aksincha bundan xavotir ham olganki, uningcha avomning falsafaga aralashishi, uni buzadi. Shu jihatdan kelib chiqib, u ko’pgina fikrlarini turli ishoralar bilan majhulroq tarzda yozar, sodda va ochiqchasiga bildirilgan mulohazalarga esa kamdan-kam hollarda yo’l qo’yar edi. Ayni paytda alloma o’zining eng sodda fikrlarini ham kelajakda tafsirga sazovor, deb bilishlaridan umidvor bo’lgan. Uning umidvorligi bejiz emas edi. Zero, undan keying marifat ahli va faylasuflarning barchasi uning asl maqsadini tushunishga diqqat-e’tibor bilan kirishdilar va buyuk qomusiy olimning eng sodda gaplarini ham o’zlaricha tafsir qilib, yanada maqbul shaklga keltirdilar. Bunga misol tariqasida shayxur-rais Abu Ali Ibn Sinoning “Shifo” asaridagi payg’ambarlik haqidagi bahsni ko’rsatish mumkin. 30 ` Qadimgi yunon falsafasida dinni chekkaga surib qo’yish hollari bo’lgan edi. O’rta asrlar Ovrupo falsafasi esa, koproq, din bilan yaxshi munosabatda bo’ldi va ko’pchilik xristian faylasuflari muqaddas sanalgan ruhoniylar safidan joy olib, cherkovning mashhur arboblaridan hisoblandilar. Islom olamida esa faylasuflar bunday shuhrat va obro’ga ega bo’la olmadilar, aksincha, gohida shariat peshvolari tomonidan malomatga qoldilar. Albatta, falsafa Yunonistonda yuksak rivoj topgan bo’lib, buni O’rta asr yoki Yangi zamon faylasuflari ham inkor etmaydilar. Ammo, har bir davrning falsafasi oziga xos xususiyatlarga ega. Shuning uchun islomiy falsafaning xususiyatlarini yunon falsafasi xususiyatlariga tenglashtirish to’gri emas, y’ani islom falsafasi asos va usulini yunon falsafasining asosi va usulidan qidirib bo’lmaydi. Bular ortasidagi farqni quyidagicha bayon qilish mumkin: Biz bilamizki, falsafadagi asosiy masala “nega borliq mavjud?” degan savoldir. Mazkur savolga beriladigan javobga qarab, falsafa tarixida turli davrlarda bir-biridan farqlanuvchi falsafiy qarashlar vujudga kelgan. Arastu bu savolga shunday javob berganki, uning javobi Aflotun javobining o’zginasi emas. Ammo, uning javobiga munosabati va aloqasi bor. Forobiyning bu masalaga bergan javobi, yunon falsafasining bu ikki buyuk namoyondasi javobidan tubdan farq qiladi. Forobiyning fikricha, borliq Xudodir va faqat ugina mohiyatlarga vujud bagishlaydi. Mutafakkir falsafa tarixida birinchi bo’lib mavjudotlarni ikki qismga: aqliy vujudga va mohiyatga, mohiyatlarni esa to’qqiz javhar va oraz (aksidensiya) tushunchasiga taqsim qiladi.Vaholanki, Arastuning o’nta kategoriyasi, vujud mа’quloti bo’lib, mohiyat tushunchasi emas. Binobarin, bunday taqsimlash tarzi ahamiyatsiz va shunchaki bir ish emas. Uni haqiqat asoslariga kiritilgan juz’iy o’zgartirishgina deb emas, balki islom falsafasidagi asosiy masalalarga oid yechimlar rejasi deb qabul qilmoq kerak. Shunga asosan, endi haqiqat va sababiyat tushunchalari mutlaqo boshqacha ma’no kasb etadi. Forobiy aytganidek, haq Xudodir va haqiqatning boshqa ma’nolari uning asarlarida xuddi shu ma’noda qo’llaniladi. Zero, barcha mavjudotlar ilmi ilohiyda mavjud bo’lib, nimaiki ilohiy qazoda bor bo’lgan bo’lsa, qadar darajasiga tushib qolgan, deydi u. Xuddi shuningdek, haqni azaliy, deganda, alloma aynan mana shu ma’noga asosiy e’tiborni qaratadi. Bunga qo’shimcha sifatida yana shuni aytish mumkinki, sababiyat ha
Доказательный фрагмент
«В этой статье анализируются взаимосвязи, а также различия религии и философии Фараби.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ этой статье анализируются взаимосвязи, а также различия религии и философии Фараби. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Religion, philosophy, genesis, islamic philosophy, science, truth, truth., исламская философия, наука, Din, haqiqat., islom falsafasi, Религия, falsafa, borliq, ilm, истина., бытие, философия
Смежные источники
Магистерские диссертацииРахмонов Сардорбек Рахимжон ўғли2016
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025