Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
VOYAGA YETMAGAN SHAXSNI G‘AYRIIJTIMOIY XATTI-HARAKATLARGA JALB ETISHNING HUQUQIY TAHLILI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Jienbaeva Salima Asqar qizi (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Voyaga yetmagan shaxslarning g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb etilishi – murakkab ijtimoiy-huquqiy muammo bo‘lib, uning oldini olish va unga qarshi kurashish davlatning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.O'zbekiston Respublikasining qonunchiligida voyaga yetmagan shaxsni g'ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb etish uchun javobgarlikning bir nechta turlari mavjud bo'lib, ular qilmishlarning og'irligiga va voyaga yetmagan shaxsning yoshiga bog'liq holda qo'llaniladi. Ushbu maqolada voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb etishning huquqiy jihatlari tahlil qilinadi, jinoyat va ma'muriy javobgarlik masalalari ko‘rib chiqiladi hamda profilaktika choralari taklif etiladi. Kalit so`zlar: voyaga yetmagan shaxs, javobgarlik, jazo, g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar, qonunchilik, qilmish, shaxs yoshi, jinoyiy javobgarlik,ma`muriy javobgarlik. Kirish: Jamiyatimiz ravnaqi va kelajagi uchun yosh avlod tarbiyasi har doim ham muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Biroq, afsuski, voyaga yetmagan shaxslar orasida g‘ayriijtimoiy xatti- harakatlarning ko‘payishi, bu masalaga nafaqat jiddiy e'tibor qaratishni, balki uning sabablarini chuqur tahlil etishni ham taqozo etadi. G‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar - bu yoshlar tomonidan sodir etiladigan, jamiyatdagi axloqiy me'yorlarga zid bo'lgan, ularning o'zlari va jamiyatga zarar keltiradigan harakatlardir. Ushbu muammoning ildizlari o'smirlarning shaxsiy muammolari, ijtimoiy-iqtisodiy nochorliklar, ota-onalarning befarqligi kabi turli xil omillarga borib taqaladi. Shuning uchun ham, mazkur muammoga qarshi kurashish, nafaqat huquqiy, balki ijtimoiy va psixologik yondashuvlarni ham talab etadi. Ushbu mavzu, kelajagimiz bo'lmish yoshlarning sog'lom kamoloti uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi bilan diqqatga sazovordir.1 Voyaga yetmagan shaxslarning g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlariga ta'rif va tasniflash G‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar, umuman olganda, jamiyatning qabul qilingan normalariga va qonunlariga zid bo‘lgan harakatlardir. Voyaga yetmaganlarga nisbatan bu tushuncha quyidagi harakatlarni o‘z ichiga olishi mumkin:2 • Jinoyatlar: O‘g‘rilik, talonchilik, zo‘ravonlik, giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar va boshqalar. • Ma'muriy huquqbuzarliklar: Mayda bezorilik, jamoat tartibini buzish, maktabdan qochish va boshqalar. • G‘ayriijtimoiy xulq-atvor: O‘ziga va boshqalarga nisbatan tajovuzkorlik, giyohvand moddalarni iste’mol qilish, alkogol ichish, tilanchilik va boshqalar. Ushbu harakatlarning og‘irligi va oqibatlari farq qilishi mumkin, shuning uchun ham ularning har biri alohida huquqiy tahlilni talab qiladi. Huquqiy javobgarlik: 1 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI (yangi tahrir) 30.04.2023 yil 2 Rustambayev M.X. Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 3. Maxsus qism. Shaxsga qarshi jinoyatlar.Tinchlik va xavfsizligiga qarshi jinoyatlar. Darslik. 2-nashr, toʻldirilgan va qayta ishlangan – T.: Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018. – 412 bet. 112 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb etganlik uchun javobgarlikning turlari: • Jinoyiy javobgarligi: Jinoyat kodeksida belgilangan og‘ir jinoyatlarni sodir etgan voyaga yetmaganlar jinoyat javobgarligiga tortiladi. Ularga nisbatan yengilroq jazolar qo‘llanilishi mumkin, ammo og‘ir holatlarda qamoq jazosi ham tayinlanishi mumkin.3 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT KODEKSIning 127-moddasi - Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilishVoyaga yetmagan shaxsni spirtli ichimliklar iste’mol qilishga, giyovandlik vositalari va ularning analoglari yoki psixotrop hisoblanmagan, lekin kishining aql-idrokiga ta’sir qiladigan vosita va moddalarni iste’mol etishga jalb qilish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.Voyaga yetmagan shaxsni giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar iste’mol etishga jalb qilish —uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.Voyaga yetmagan shaxsni jinoyat qilishga jalb etish, shuningdek ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:a) ilgari giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni g‘ayriqonuniy ravishda muomalaga chiqarish bilan bog‘liq har qanday jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan;b) ikki yoki undan ortiq voyaga yetmagan shaxsga nisbatan;v) o‘quv yurtlarida yoki o‘quvchilar, talabalar o‘quv-tarbiya, sport yoki jamoat tadbirlari o‘tkazadigan boshqa joylarda sodir etilishi —besh yildan o‘n yil
Доказательный фрагмент
«Voyaga yetmagan shaxslarning g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb etilishi – murakkab ijtimoiy-huquqiy muammo bo‘lib, uning oldini olish va unga qarshi kurashish davlatning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.O'zbe…»
Образец извлечения
Демо-превьюVoyaga yetmagan shaxslarning g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb etilishi – murakkab ijtimoiy-huquqiy muammo bo‘lib, uning oldini olish va unga qarshi kurashish davlatning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.O'zbe… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- javobgarlik, shaxs yoshi, qilmish, ma`muriy javobgarlik., jinoyiy javobgarlik, qonunchilik, g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar, jazo, voyaga yetmagan shaxs
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026