К содержанию
РецензированоRU1931

STOMATOLOGIK KASALLIKLAR PROFILAKTIKASIDA FTOR SAQLOVCHI BIRIKMALARNING AHAMIYATI.

BIRIKMALARNING AHAMIYATI. · Khayitova Mokhinur Dzhuraevna

Современная наука и исследования · 2 · 15-18 · 1931

Аннотация

Fluorosis occurs when the chemical fluorine substance exceeds the body's requirements, this chemical element is not only associated with caries and periodontal diseases, but also plays a role in their origin. Keywords: Fluoride, hydroxyapatites, demineralization, remineralization, saliva, caries, enamel, dentin. ЗНАЧЕНИЕ ФТОРСОДЕРЖАЩИХ СОЕДИНЕНИЙ В ПРОФИЛАКТИКЕ СТОМАТОЛОГИЧЕСКИХ ЗАБОЛЕВАНИЙ. Аннотация. Флюороз возникает, когда химическое вещество фтор превышает потребности организма. Этот химический элемент не только связан с кариесом и заболеваниями пародонта, но и играет роль в их возникновении. Ключевые слова: Фтор, гидроксиапатит, деминерализация, реминерализация, слюна, кариес, эмаль, дентин. Amerikalik olimlar tomonidan (Din 1931) xol-xol dog`li flyuoroz bilan xastalangan bemorlarda kariyes jarayoni juda kam uchrashini aniqlanishi, shu asosda kariyes ko`p uchraydigan aholi ichimlik suvida sun’iy ravishda ftor miqdorini oshirish kariyes tarqalishi va jadalligini pasaytirishi mumkin degan xulosaga olib keladi. Tarkibida ftor miqdori 1 mg/l va undan yuqori bo`lgan suv manbaidan suv ichib kelgan aholi suv manbaida ftor miqdori 0.1-0.3 mg/l bo`lgan aholi o`rtasida kariyes tarqalish ko`rsatkichi solishtirilganda ftor ko`p saqlovchi suv iste’mol qilgan aholi guruhida 50% gacha kariyes kam uchrashi aniqlangan. Iste’mol qilinadigan suvi tarkibida 1 mg/l ftor bo`lgan aholi o`rtasida flyuoroz kasalligi uchramasligidan kelib chiqib, suvda ftor miqdorining me’yori 0.8-1.2 mg/l ga teng deb qabul qilingan. 1055 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2 Birinchi marta Amerikaning ikki shaharlarida ichimlik suvini qo`shimcha sun’iy ravishda ftorlash kichik sarf-harajatlar talab qilsada, shu shaharlar aholisining ovqatlanishiga hech qanday o`zgarishlar kiritilmagan holda kariyes jadalligi ko`rsatkichini 60-70% ga pasayganligini ko`rsatdi. Bunday katta yutuqdan so`ng, boshqa shaharlarda ham ichimlik suvini qo`shimcha ftor moddasi bilan boyitish joriy qilindi. Ftor elementi inson organizmiga asosan suv orqali kirib unga bo`lgan talabni qondirishida asosiy o`rin tutsada, tabiatda kishilar organizmiga ftor olib kiruvchi boshqa manbalar (oziq-ovqatlar, ko`katlar, dori-darmonlar, pestitsidlar) ham mavjud. Shu bilan bir qatorda superfosfat, fosfor kislotasi, alyuminiy, oyna, sulfat kislota, plastmassalar va uglevodlar ishlab chiqaruvchi korxonalarda ham havoga ftor birikmalari ajralib chiqadi va inson nafas yo`llari orqali organizmga tushadi. Ftoridlarni organizmdagi metobolizmini (almashinuvini) o`rganish shuni ko`rsatadiki, mazkur moddalar tish va suyak to`qimasini hosil qiluvchi minerallarga juda yaqin turarkan. Ftor saqlovchi elementlar skelet tuzilmalarning organizmda suyuqliklar oqib, yuvib turuvchi sohalarida yig`iladi. Bunday sohalarga dentin emalning yuza qatlamlari misol bo`ladi. Dentin to`qimasi pulpa qon tomirlari bilan bevosita a’loqador bo`lsa, emal to`qimasining yuzasi doimo so`lak bilan yuvilib turadi. Qon va so`lak tarkibidagi ftor saqlovchi birikmalar konsentratsiyasining miqdori inson organizmiga tashqaridan, ayniqsa suv orqali tushayotgan ftor moddasining miqdori bilan bevosita bog`liqdir. Tish qattiq to`qimalarida ftor saqlovchi mineral tuzlar emalning homiladorlik va bola tug`ilgandan so`ng (1-3 doimiy tishlar shakllanishi davrlarida eng ko`p yig`ilishi aniqlangan. Bu davrlarda sut va doimiy tishlar emal to`qimasi jadal suratlar bilan mineral tuzlarga to`yina boshlaydi. So`lak tarkibidagi ftoridlar konsentratsiyasi 1 mol/l yoki suv tarkibidagi ftorning 1/50 qismini tashkil qiladi. Tish usti yumshoq karashlaridagi ftoridlar konsentratsiyasi so`lak tarkibidagidan 40-60 marta yuqoridir. Ammo ularning ma’lum bir qismigina erkin ionlar shaklida bo`lib, almashinuvda ishtirok etadi. Qolgan asosiy miqdori bog`langan holda mavjud bo`lib, almashinuv jarayonida ishtirok etmaydi. Bugungi kunda ftor birikmalarining tish qattiq to`qimalariga ta’sir mexanizmi izlanishlar bergan ma’lumotlarga tayanadi. Uzoq yillar mobaynida ftor saqlovchi birikmalarning profilaktik ta’siri emalda faqat ftorapatitlar hosil bo`lishi bilan tushuntirilar edi. Bunda kalsiy ftoridning hosil bo`lishi va uning so`lakda erib emal yuzasidan yuvilib chiqishi salbiy holat deb baholanardi. Bugungi olingan ilmiy ma’lumotlar va tajribalar asosida tuzilgan konsepsiyaga binoan ftoridlarning kariyes barqarorlik ta’siri ularning tish to`qimalarida va so`lakda ko`plab yig`ilishi bilan bog`liq. Yig`ilgan ftorli birikmalar ph ko`rsatkichi pasayganda tish karashlari tarkibidan ftor elementini erkin ftor ioni sifatida ajratib chiqaradi. Bu esa emalda sodir bo`lishi mumkin bo`lgan demineralizatsiya jarayonini sekinlashtiradi yoki butunlay to`xtatdi. 1056 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2 Tish emali yuzasida ftor ionlarining doimiy muloqoti evaziga kalsiy ftorning mikrokristall globulalari hosil bo`lib, emalning kariyesga nisbatan turg`unligini ta’minlab turadi. Organizmga ftor moddasinng uzluksiz ravishda oz-oz miqdorda k

Доказательный фрагмент

«Fluorosis occurs when the chemical fluorine substance exceeds the body's requirements, this chemical element is not only associated with caries and periodontal diseases, but also plays a role in their origin.»

Образец извлечения

Демо-превью

Fluorosis occurs when the chemical fluorine substance exceeds the body's requirements, this chemical element is not only associated with caries and periodontal diseases, but also plays a role in their origin. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Fluoride, hydroxyapatites, demineralization, remineralization, saliva, caries, gidroksiapatitlar, demineralizatsiya, Ftor, so’lak, remineralizatsiya, emal, dentin., kariyes
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники