Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
EDVARD TAYLOR –ETNOLOGIYADA EVOLYUTSIONISTIK MAKTAB ASOSCHISI.
Mohlaroyim Yarashova
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
This article gives a brief overview of the activities, views and ideas of the evolutionist school of ethnology and its founder Edward Taylor. Key words: Evolutionism, civilization, culture, animisim, progressive. XIX asrning o‘rtalariga kelib etnologiyada etnomadaniy materiallar asosida o‘ziga xos talqin beruvchi yangi yo‘nalishlar, konsepsiyalar va maktablar paydo bo‘ldi. Ularning ayrimlari qat’iy ilmiy yo‘nalishga taalluqliligi va tizimlashgan shakli bilan ajralib turganligi bois juda qisqa muddatda ommalashib ketgan.Shulardan dastlabkisi evolutsionizm maktabi edi. Dastlabki etnologik nazariya — evolutsionizmning rasman shakllanishi XIX asr o'rtalaridagi umummetodologik dasturlar va kashfiyotlarning amalga oshirilishi bilan bevosita bog’liq bo’lgan. Bunday qarashlar orasida o‘sha davr fanida rivojlanish, taraqqiyot, evolutsiya qoidalarining tasdiqlanishi muhim ahamiyat kasb etgan. Unga ko‘ra dunyodagi har qanday o‘zgarish ichki determinizm (narsa va hodisalarning sababiy bog’lanishi)ga asoslanadi. Mazkur nazariya asosida dastlab tabiiy fanlardagi ko'plab jarayonlarga izoh va tavsiflar berilgan. Tabiiy fanlardagi bunday qarashlarning o‘zaro kurashi XIX asrda evolutsionalizm g‘oya- sining yaratilishi va oxir oqibat uning g‘alabasiga sabab bo’lgan.[1] Evolutsionizrn nazariyasi tabiiy fanlarda keskin burilish yasashi bilan birga inson va madaniyatlar to‘g‘risidagi mashhur g‘oyani etnologiya faniga ham olib kirgan. O‘z navbatida, ko‘plab evolutsionistlar o‘z asarlarini tabiiy fanlarda erishilgan kashfiyotlardan ilhomlanib, ruhlanib yaratganliklarini e’tirof etganlar. 1005 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2 Evolutsionizm tarafdorlari o‘zlarining asosiy qarashlari, vazifalarini insoniyat madaniyati rivojlanishida umumiy qonuniyatlarning kashf etilishi va asoslanishida, turli xalqlar mada- niyatlarining rivojlanishida deb hisoblaganlar. E. Taylor (1832 — 1917-yillar). Buyuk ingliz olimi Edvard Taylor etnologiyadagi evolutsionistik maktabning asoschisi hisoblanadi. U 1865-yil nashr etilgan «Insoniyatning qadimgi tarixi haqida tadqiqot» nomli kitobida o‘zining evolutsionistik g‘oyalarini ilgari surgan.[2] Taylor insoniyat madaniyatining ibtidoiylikdan zamonaviy sivilizatsiyagacha bo‘lgan tarixiy rivojlanish bosqichlarini, xalqlar orasidagi o'zaro tafovut irqiy farqqa asoslanmasdan, balki madaniyatlar rivojlanishining turli zinapoyalari hamda xalqlar madaniyatining o'zaro aloqasi va vorisligi kabi g‘oyalar bilan bog‘liq deb hisoblagan.[1] Taylor o‘zining evolyutsionistik konsepsiyasini «Ibtidoiy madaniyat» (1871) nomli fundamental asarida bayon etgan. Mazkur asarda olim madaniyatni olg‘a siljituvchi taraqqiyot g‘oyasini har tomonlama rivojlantirgan holda J.de Mestraning «Tubanlashish g‘oyasi»ga qarama-qarshi qo‘ygan. J.de Mestra ilgari surgan g‘oya mohiyatiga ko‘ra, madaniyatning ilk bosqichlarida yerda yarim sivilizatsiyalash- gan odamlar yashaganlar va ularning kevingi rivojlanishi ikki yo‘ldan borgan. Bu jarayonda bir guruh kishilar yovvoyilik tomon orqaga ketgan bo‘lsalar, boshqa bir jamoa sivilizatsiyalashgan jamiyat sari taraqqiy qilgan, — deyiladi. Taylor esa tarixiy va tabiiy katalizator natijasida madaniyatdagi regressiv o‘zgarishlarni rad etmagan holda, insoniyat tarixida madaniyatning evolutsion taraqqiyotmi asosiy yo‘nalish sifatida qat’iy ta’kidlagan. U o‘z mulohazalarini evolutsionizmning «insoniyat tabiatning bir bo‘lagi bo‘lganligi uchun ham tabiiy qonuniyatlar asosida rivojianadi»[1] — degan g‘oya asosida shakllantirgan. Shu boisdan ham barcha odamlarning psixologiyasi va intellektual qobiliyati o’xshash, ularda madaniyatning bir xil xususiyatlarini ko'rish mumkin, kishilarning rivojlanishi ham o‘xshash qonuniyatlarga asoslanadi. Taylorning fikricha, madaniyatning turli shakllari «bosqichma-bosqich rivojlanishida ularning har biri, shubhasiz, o'tmish bilan bog‘liq bo‘lish bilan birga kelajakning shakilanishida muhim rol o’ynaydi. Taraqqiyotning mazkur ketma-ketligi barcha xalqlar, shu jumladan, rivojlanishida eng orqada qolgan xalqlardan tortib sivilizatsiyalashgan xalqlargacha, hammasini o‘zaro yagona uzluksiz bir tizimga birlashtiradi. Taylor o‘z tadqiqotlarida ibtidoiy odamlarning diniy e’tiqodlari madaniyatning barcha ko‘rinishlariga nisbatan birmuncha ko‘proq qiziqish uyg‘otgan va u bu borada dinning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi animistik nazariyani ishlab chiqqan. Ibtidoiy odamlaming diniy e’tiqodlarini o'rganish asnosida Taylor ularga insoniyat va uning madaniyati uyg‘unligi nuqtai nazardan yondashgan. Uning fikricha, «yovvoyi odamlar»ning e’tiqodlari va marosimlari turli- tuman mazmunsiz qorishmadan emas, balki o‘zaro ketma-ketlikka va mantiqiy asosga ega bo’lgan urf-odatlardan iborat. Eng muhimi, bularning barchasi zaminida olim ta’kidlaganidek, 1006 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2 «Ilohiy zotga e’tiqod» yoki boshqachasiga aytganda, ruh va jonga ishonch g'oyasi mujassamlashgan. Taylor o‘z qarashlari asosida «animizm» nazariyasini shakllantirg
Доказательный фрагмент
«This article gives a brief overview of the activities, views and ideas of the evolutionist school of ethnology and its founder Edward Taylor.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article gives a brief overview of the activities, views and ideas of the evolutionist school of ethnology and its founder Edward Taylor. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Evolutionism, civilization, culture, animisim, progressive, progressiv., madaniyat, animizm, sivilizatsiya, Evolutsionizm
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024