Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BANK AKTIVLARI, ULARNING MOHIYATI VA TARKIBI
NEW RENAISSANCE · Karimov Zohid Umar o’g’li · O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya Akademiyasi
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
This thesis analyzes the essence, types and composition of bank assets in an expanded manner. Bank assets are important resources for the bank to carry out its activities, which are organized through loans, investments, cash and other assets. The thesis considers the effective management of bank assets, their composition and important aspects of increasing profitability. Keywords: Bank assets, loans, investments, cash, profitability, financial stability, asset composition, effective management, economic growth. АКТИВЫ БАНКА, ИХ ХАРАКТЕР И СОСТАВ Аннотация. В данной диссертации представлен расширенный анализ сущности, видов и состава банковских активов. Активы банка — это важные ресурсы банка для осуществления его деятельности, которые формируются за счет кредитов, инвестиций, денежных средств и других активов. В диссертации рассматриваются вопросы эффективного управления активами банка, их состав и важные аспекты повышения прибыльности. Ключевые слова: Активы банка, кредиты, инвестиции, денежные средства, прибыльность, финансовая устойчивость, структура активов, эффективное управление, экономический рост. Tijorat banklari faoliyatida uning aktivlari va ular bilan bog‘liq operatsiyalarning risklilik darajasini aniqlash bu jarayonni boshqarib borishda muhim o‘rin tutadi. 244 NEW RENAISSANCE 2025 FEBRUARY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 2 Bank aktivlari tarkibi deyilganda, balans yakuniga nisbatan har xil sifatdagi aktivlar salmog‘i tushuniladi. Tijorat banklari aktivlarini asosan to‘rt kategoriyaga bo‘lib o‘rganish mumkin: bular kassadagi pul mablag‘lari va ularga tenglashtirilgan mablag‘lar; investitsiya va qimmatli qog‘ozlar; ssudalar; binolar va asbobuskunalar. Bank aktivlari – bu bankka tegishli hamda moddiy qiymatga ega bo‘lgan qiymatliklar: naqd mablag‘lar, qarzga berilgan mablag‘lar, binolar va asbob-uskunalardan tashkil topadi. Bulardan tashqari bankda nomoddiy aktivlar ham mavjud bo‘lib, bular o‘zlarining moddiy shakliga ega bo‘lmaydilar, ammo bankning asosiy faoliyatida faol ishtirok etadilar. Bank aktivlari tarkibining to‘g‘ri belgilab olinishi va ulardan maqsadli foydalanishi banklarning samarali faoliyat olib borishiga asos bo‘ladi. Tijorat banklarining aktivlari o‘ziga xos belgilariga ko‘ra likvidlik va tavakkalchilik darajasiga hamda daromad keltirishiga qarab bir necha guruhlarga bo‘linadi. Bank balansida aktivlar likvidlik darajasiga qarab aks ettiriladi va shunga ko‘ra ular 3 guruhga: yuqori likvidli aktivlar, likvidli aktivlar, nolikvid (past likvidli) aktivlarga bo‘linadi. 1-guruh – yuqori likvidli aktivlar: a) kassadagi va yo‘ldagi naqd pullar, qimmatbaho toshlar, tan- galar, cheklar va boshqa pul shakllari; b) vakillik hisobvarag‘idagi mablag‘ qoldiqlari; d) „Nostro“ va „Vostro“ schotlaridagi qoldiqlar; e) majburiy rezervlar schoti bo‘yicha mablag‘lar qoldig‘i; f) qimmatli qog‘ozlar, xazina veksellari, davlat obligatsiyalari, URMB ning qimmatli qog‘ozlari va obligatsiyalari. 2-guruh – likvid aktivlar: a) berilgan kreditlar (jumladan banklararo ham); b) o‘z investitsiyalari; d) boshqa qimmatli qog‘ozlar, muddati 30 kungacha bo‘lgan debitorlar. 3-guruh – nolikvid (past likvidli) aktivlar: a) muddati o‘tgan ssudalar; b) muddati o‘tgan foizlar; d) sud aralashuvi bilan o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan ssudalar; e) tugallanmagan ishlab chiqarish; f) asosiy vositalar. 245 NEW RENAISSANCE 2025 FEBRUARY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 2 Bank doimiy tarzda o‘zining likvidliligini ma’lum bir darajada saqlashi kerak, ya’ni o‘zining to‘lovga qodirligini shubha ostida qoldirmasligi kerak. Likvidlilikka bo‘lgan talab aktivlardan keladigan daromadni oshirish faoliyatiga ma’lum darajada qarshi turadi. Bankning aktivlari qanchalik darajada likvidli bo‘lsa, ular bilan bog‘liq risk shunchalik kichik bo‘ladi, ammo ularga to‘lanadigan foiz ham shunchalik kam bo‘ladi. Belgilangan to‘lovga qodirlik doirasidan chiqmagan holda aktivlarga joylashtirilgan kapitaldan daromadni oshirish, bankda boshqarish san’atini belgilaydi. Bank likvidlilikni ikki xil yo‘l bilan ta’minlashi mumkin: 1. Ortiqcha likvidli aktivlarni yig‘ish orqali; 2. Jahon amaliyotida kenga qo‘llanilayotgan usul – likvidlilikni kam daromad keltiruvchi va tez sotiluvchi qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalash orqali. Kassadagi pul mablag‘lari – bankning kassasida saqlana yotgan va bank kunlik hisobraqamlari bo‘yicha naqd pul ber ishga, pulni maydalab berishga, naqd pul shaklida kreditlar berishga, bank xarajati uchun haq to‘lashga, xizmatchilarga ish haqi berishga va boshqa xarajatlarga zarur bo‘lgan qog‘oz pullar va tangalar hisoblanadi. Shuning uchun ham bank mijozning tal abini qondirish uchun beriladigan qog‘oz pullar va tangalarga ega bo‘lishi kerak. Kassadagi naqd pullarning qoldig‘iga bir nechta omillar ta’sir qiladi, jumladan: mavsumiylik, bankn ing hududiy joylashishi va boshqalar. Odatda jahon amaliyotida bank aktivlarining naqd pul bo‘limiga, kassadagi naqd pullar, majburi
Доказательный фрагмент
«This thesis analyzes the essence, types and composition of bank assets in an expanded manner.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis thesis analyzes the essence, types and composition of bank assets in an expanded manner. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Bank assets, loans, investments, cash, profitability, financial stability, asset, iqtisodiy o‘sish., kreditlar, Bank aktivlari, rentabellik, samarali boshqaruv, pul mablag‘lari, investitsiyalar, moliyaviy barqarorlik, aktivlar tarkibi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026