К содержанию
РецензированоUZ2025

KO‘RINMAS QOTILDAN EHTIYOT BO‘LING!

Ahadqulov Qasriddin Valimurod o‘g‘li

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

This article discusses carbon monoxide and the prevention of disasters caused by it. Also, the article specifically addresses the harmful effects of carbon monoxide and the unpleasant situations arising from it. The article presents reasonable ideas and considerations, and provides conclusions and suggestions. Keywords: carbon monoxide, gas demand, improper use of heating stoves, indifference. ОСТЕРЕГАЙТЕСЬ НЕВИДИМОГО УБИЙЦЫ! Аннотация. В статье рассматривается окись углерода и предотвращение катастроф, вызванных ею. В статье также подробно рассматривается вредное воздействие угарного газа и неприятные ситуации, которые возникают в результате этого. В статье представлены обоснованные мнения и соображения, а также выводы и предложения. Ключевые слова: оксид углерода, потребность в газе, неправильное использование отопительных печей, равнодушие. Qish mavsumida tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyoj har qachongidan ham yuqori bo‘ladi. Shunday paytlarda barchamiz tabiiy gazdan xavfsiz va oqilona foydalanishimiz hamda gaz bosimining ortishi va tushish ehtimolligini hisobga olib ish ko‘rishimiz maqsadga muvofiqdir. Chunki, oxirgi paytlarda respublikamizda is gazi bilan bog‘liq bo‘lgan zaharlanish va nobut bo‘lish hollari ko‘plab uchramoqda. Ma’lumki, is gazi (uglerod oksidi) - rangsiz, ta’msiz, hidsiz zaharli gaz. Kimyoviy formulasi - CO. 7 00 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ U yer yuzida energiyaning jadal ishlatilishidan yuzaga keluvchi, tabiatda eng ko‘p tarqalgan zaharlovchi gazlardan biridir. Qazib olinadigan yoqilg‘ilarning to‘liq yonmasligi is gazining bosh manbai hisoblanadi. U asosan ko‘mir, tabiiy gaz va boshqa yoqilg‘ilarning to‘liq yonmasligi sabab yuzaga keladi. Nafas olinuvchi havo tarkibida 0,1 foiz is gazining bo‘lishi o‘lim holatiga olib kelishi mumkin! Is gazi organizmga tushganda u qon tarkibidagi gemoglabin va kislorod tashuvchi eritrotsitlarni o‘zaro bog‘lab, kislorodning tana bo‘ylab harakatlanishini cheklaydi. Natijada inson hushini yo‘qotadi. (1-rasm) Is gazidan zaharlanishning umumiy belgilari Bosh miya tizimida: uyquga tortish, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, hushini yo‘qotish; Ko‘rish tizimida: ko‘z oldining qorong‘ulashishi; Eshitish tizimida: eshitish qobiliyatining pasayishi; Teri qismida: terlash kuchayishi; Nafas olish tizimida: nafas olishning og‘irlashishi, yo‘tal; Yurak qismida: Puls va AB ortishi Mushaklar tizimida: Tremor (qaltirash). Qanday holatlarda is gazidan zaharlanish xavfi yuqori bo‘ladi?  Shamollatish tizimi yaxshi ishlamaydigan organik moddalarni ishlab chiqaradigan korxonalarda;  Avtoulovlar turargohlarida;  Yangi bo‘yalgan va shamollatilmagan xonalarda;  Uy sharoitlarida tabiiy gaz chiqib turganda; 7 01 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ  Pechka bilan istiladigan uylar, hammomlar, dam olish palatkalarida yonuvchi moddaning to‘liq yonmasligi natijasida zaharlanib qolish mumkin. Bundan tashqari, hozirgi savdo do‘konlarida sotilayotgan, gazda ishlaydigan har xil turdagi gaz uskunalari, jumladan, Eron davlatida ishlab chiqilgan "kamin" gaz uskunasi chiroyli, ixcham ko‘rinishli, isitish mavsumida ishlatib, keyin boshqa joyga olib qo‘ysa bo‘ladigan qulayliklarga egadir. Biroq ushbu gaz uskunasi boshqa davlatda ishlab chiqilgani sabab, uni o‘rnatish va foydalanishga doir texnik pasport o‘zbek yo rus tillariga tarjima qilinmagan. Buning oqibatida undan foydalanishdagi xavfsizlik qoidalari bilan tanishish imkoni bo‘lmaydi. O‘zboshimchalik bilan, mutaxassisning ko‘rsatmasisiz Qurilish me’yorlari va qoidalari talablarini buzgan holatda o‘rnatilmoqda. Natijada esa insonlar is gazidan zaharlanib vafot etmoqda. Tabiiy gazdan foydalanishda nimalar taqiqlanadi?  O‘zboshimchalik bilan uyni gazlashtirish, gaz asbobi o‘rnini almashtirish, uni yangilash va tuzatish;  Gaz asboblari o‘rnatilgan xonalar rejasini o‘zgartirish;  Dudburon va shamollatish tizimlarini o‘zgartirish;  Xavfsizlik va sozlash avtomatikasini uzib qo‘yish;  Maktabgacha yoshdagi bolalar, shuningdek o‘z harakatlarini nazorat qila olmaydigan shaxslarning gaz asboblaridan foydalanishi;  Gaz va gaz asboblaridan boshqa maqsadlarda foydalanish;  Gaz asboblari o‘rnatilgan xonada uxlash va dam olish; (2-rasm) Suyultirilgan gazdan foydalanishda nimalar taqiqlanadi? 7 02 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ  Bo‘sh va suyultirilgan gazli ballonlarni xona hamda yerto‘lalarda saqlash;  Gazlashtirilgan xonaga 50/55 litr sig‘imli ballondan bittadan ortiq yoki 27 litrli ballondan ikkitadan ortiq qo‘yish;  Ballonlarni qizishdan saqlaydigan to‘siq o‘rnatilgan bo‘lsa, ballon bilan isitish asbobining oralig‘i 0,5 metrgacha qisqartirilishi mumkin, ballon bilan to‘siqning orasi esa 10 santimetrdan kam bo‘lmasligi kerak;  Ballonlar bilan o‘t yoqish

Доказательный фрагмент

«This article discusses carbon monoxide and the prevention of disasters caused by it.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses carbon monoxide and the prevention of disasters caused by it. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
carbon monoxide, gas demand, improper use of heating stoves, indifference, isitish pechlaridan noto‘g‘ri foydalanish, gazga bo‘lgan ehtiyoj, loqaydlik., is gazi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники