К содержанию
РецензированоUZ2025

TABIIY FANLARNI O‘QITISHDA 5E YONDASHUV ASOSIDA DARS MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISH

MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISH · Yunusova Navbaxor Axmadjonovna

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

This article provides information on organizing lessons based on the 5 E model in teaching natural sciences, attracting students to the lesson, making them interested, researching their existing knowledge, explaining the topic in different ways, applying knowledge to practice based on skills, and evaluating their acquired knowledge. Key words: Singapore education, 5E model, interest, engage, explore, apply elaborate, explain, evaluate. ОРГАНИЗАЦИЯ ЗАНЯТИЙ НА ОСНОВЕ ПОДХОДА 5E В ПРЕПОДАВАНИИ НАУКИ Аннотация. В данной статье представлена информация об организации уроков по модели 5 Е при преподавании естественных наук, привлечении учащихся к уроку, заинтересовывании их, исследовании имеющихся у них знаний, разностороннем объяснении темы, применении знаний на практике на основе умений и оценке полученных знаний. Ключевые слова: сингапурское образование, модель 5E, интерес, вовлекать, исследовать, применят, разрабатыватьб объяснять, оцениватью. Ta’lim – bu insonning intellektual va ma’naviy rivojlanishining asosiy yo‘li. Yaxshi ta’lim insonni faqat bilim bilan ta’minlab qolmay, balki uning turmushga yondoshuvini, dunyoqarashini ham shakllantiradi. 7 90 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Ta’lim tizimining samaradorligi nafaqat maktabda o‘qitilgan materialga bog‘liq, balki o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi muloqotga, o‘quvchi va muhitga qanday moslashishiga ham bog‘liqdir. O‘zbekistonda ta’lim sohasida katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, online ta’limning rivojlanishi, yoshlarni ilg‘or ilm-fan va texnologiyalarga yo‘naltirishga qaratilgan tadbirlar ko‘rilmoqda. Biroq, bu tizimning samaradorligi ko‘p jihatdan o‘qituvchilarning malakasi va metodikasi, shuningdek, o‘quvchilarga beriladigan imkoniyatlarga bog‘liq. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda ta’lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirdi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli bo‘lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko‘plab ijtimoiy muammolarni yechish imkoni tug‘iladi. Shunday ekan, Yangi O‘zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o‘ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo‘llab-quvvatlaydi”. Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta, umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, o‘rta ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida davlatimiz rahbarining 2019-yil 29-apreldagi farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda. Ushbu hujjatga asosan o‘quvchilarimizni ijodiy, kreativ va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish orqali intellektual salohiyatini rivojlantirish, ilmiy-ko‘nikmalarini shakllantirish va bu orqali xalqaro arenalarda yuqori natijalarga erishish, olgan bilimini hayotga qo‘llash etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olindi. Zamonaviy ta’lim tizimida tabiiy fanlarni samarali o‘qitish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlash, tanqidiy fikrlash va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun ilg‘or pedagogik texnologiyalar, jumladan, 5E yondashuvi keng qo‘llanilmoqda. Ushbu yondashuv tabiiy fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlaydi va ularning bilimlarni hayotiy tajribalar bilan bog‘lashiga yordam beradi. 7 91 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 5E modeli ta'lim jarayonida keng qo'llaniladigan pedagogik yondashuv bo'lib, u o'quvchilarning bilim olish jarayonini faol va samarali tashkil etishga yordam beradi. 5E yondashuvi (Engage, Explore, Explain, Elaborate, Evaluate) dastlab AQShda BSCS (Biological Sciences Curriculum Study) tashkiloti tomonidan 1987-yilda ishlab chiqilgan. BSCS 5E modeli dastlab tabiat fanlari ta’limida foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa-da, keyinchalik boshqa fanlarga ham tatbiq etilib, global ta’lim tizimida keng qo‘llanila boshlandi. Mazkur yondashuvning asosiy maqsadi o‘quvchilarni mavzuni chuqur o‘rganishga, mustaqil fikrlashga, hamkorlikka va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga yo‘naltirishdir. Singapur ta'lim tizimida 5E modeli tabiiy fanlarni o'qitishda keng qo'llaniladi. Bu yondashuv o'quvchilarning mustaqil fikrla

Доказательный фрагмент

«This article provides information on organizing lessons based on the 5 E model in teaching natural sciences, attracting students to the lesson, making them interested, researching their existing knowledge, explaining…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides information on organizing lessons based on the 5 E model in teaching natural sciences, attracting students to the lesson, making them interested, researching their existing knowledge, explaining… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Singapore education, 5E model, interest, engage, explore, apply elaborate, baholash., qo‘llash, Singapur ta’limi, jalb qilish, tushuntirish, tadqiq etish, 5E modeli, qiziqtirish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники