Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BACHADON BO‘YNI RAK OLDI KASALLIKLARINI ANIQLASH VA DIAGNOSTIKA USULLARINING PATOFIZIOLOGIYA XUSUSIYATLARI
USULLARINING PATOFIZIOLOGIYA XUSUSIYATLARI · Jumayeva Nozima Sirojddin qizi · Xalikova Nigina Ravshanovna
Современная наука и исследования · 4 · 200-215 · 2025
Аннотация
This article provides detailed information about cervical precancerous conditions (precancerous conditions) and methods for their detection. Pathophysiological changes, diagnostic methods, their effectiveness, and preventive measures to reduce the risk of developing the disease are analyzed. Modern molecular and immunological diagnostic methods are also discussed. Keywords: cervix, precancer, dysplasia, papilloma virus, colposcopy, biopsy, oncomarkers, HPV vaccination, PCR test. ПАТОФИЗИОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ МЕТОДОВ ВЫЯВЛЕНИЯ И ДИАГНОСТИКИ ПРЕДРАКОВЫХ ЗАБОЛЕВАНИЙ ШЕЙКИ МАТКИ Аннотация. В статье представлена подробная информация о предраковых заболеваниях шейки матки (предраковых состояниях) и методах их выявления. Анализируются патофизиологические изменения, методы диагностики, их эффективность, а также профилактические мероприятия, направленные на снижение риска развития заболевания. В книге также обсуждаются современные методы молекулярной и иммунологической диагностики. 7 84 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Ключевые слова: шейка матки, предрак, дисплазия, вирус папилломы, кольпоскопия, биопсия, онкомаркеры, вакцинация против ВПЧ, ПЦР-тест. Kirish Bachadon bo‘yni rak oldi kasalliklari malign o‘sma rivojlanishida oldin paydo bo‘ladigan patologik o'zgarishlardir. Ushbu holatlarni erta aniqlash va davolash bachadon bo‘yni saratonining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bachadon bo‘yni saratoni dunyoda eng keng tarqalgan onkologik kasalliklardan biri bo‘lib, uning rivojlanishining asosiy sabablari dan biri yuqori xavfli HPV (inson papillomavirus) infeksiyasidir. Bachadon bo‘yni saratoni va uni keltirib chiqaruvchi virus juda xavfli hisoblanadi. Ammo oddiy qoidalarga rioya qilish orqali ushbu kasallikdan o‘zimizni himoya qilishimiz mumkin. Kasallik kelib chiqishining asosiy sabablari Bachadon bo‘yni saratonini keltirib chiqaradigan sabablar qatoriga quyidagilar kiradi: tana a’zolari jarohati, jinsiy tizimdagi yallig‘lanishlar, abort, erta boshlangan jinsiy hayot va xavfli infeksiyalar. Ammo, taxminan, 99 foiz hollarda asosiy sabab — odam papilloma virusidir (OPV). OPV bu — asosan jinsiy yo‘l bilan yuqadigan eng keng tarqalgan infeksiya. Ushbu virusning 200 dan ortiq turi mavjud bo‘lib, ularning o‘n to‘rttasi saratonga olib kelishi mumkin. Patofiziologik Xususiyatlari Bachadon bo‘yni rak oldi kasalliklari asosan HPV infeksiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, u epitelial hujayralar ning o‘zgarishiga olib keladi. Ushbu jarayon quyidagi bosqichlardan iborat: 7 85 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Normal epiteliy – Sog‘lom bachadon bo‘yni epiteliysi bazal membranaga mahkam joylashgan bo‘ladi. HPV infektsiya – Yuqori xavfli HPV stammler (16, 18, 31, 33 va boshqalar) epitelial hujayralar ga joylashadi va ularning DNKsiga integratsiyalanadi. Displaziya (CIN – Cervical Intraepithelial Neoplasia): CIN 1 – yengil darajadagi displaziya, aksariyat hollarda o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. CIN 2 – o‘rta darajadagi displaziya, jarrohlik yoki medikamentoz davolash talab qilinishi mumkin. CIN 3 – og‘ir darajadagi displaziya, invaziv rakka aylanish xavfi yuqori. Invaziv bachadon bo‘yni saratoni – agar prekantsereoz o‘zgarishlar o‘z vaqtida davolanmasa, ular rak holatiga o‘tishi mumkin. Diagnostik Usullar Bachadon bo‘yni rak oldi kasalliklarini aniqlash uchun turli xil diagnostik usullar mavjud: Skrining va laborator tekshiruvi Pap-test (Pap-smear) – epitelial hujayralar dagi anormal o‘zgarishlarni aniqlash uchun eng muhim skrining usuli. HPV testi – yuqori xavfli HPV turlarini aniqlash orqali saraton xavfini baholash. Likid sitologiya – oddiy Pap-testga qaraganda aniqroq bo‘lib, hujayralarning batafsil tahlilini ta’minlaydi. Kolposkopiya – bachadon bo‘yni epiteliyasini kattalashtiruvchi maxsus asbob yordamida vizual tekshirish. Biopsiya – shubhali to‘qimadan namuna olib, mikroskop ostida tekshirish. Endoservikal kuretaj (ECC) – bachadon bo‘yni ichki qismidan namunalar olish uchun ishlatiladi. Molekulyar va immunologic usullar Onkomarkerlar – p16, Ki-67 kabi biomarkerlarni aniqlash orqali displaziya darajasini baholash. PCR (Polimeraza zanjir reaksiyasi) – HPV genotipini aniqlash va virus yuklamasini baholash. Methylation testlari – hujayralar ning DNA methylation darajasini o‘rganib, saraton xavfini aniqlash. 7 86 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Fluorescent in situ hybridization (FISH) – hujayralar dagi genetik o‘zgarishlarni aniqlash uchun ishlatiladi. Profilaktika va Davolash Bachadon bo‘yni rak oldi kasalliklarining oldini olish va davolash quyidagi yo'nalishlar asoslanadi: HPV vakcinaciya – 9–26 yosh oralig‘ida qo‘llaniladi, yuqori xavfli HPV turlariga qarshi immunitet hosil qiladi. Gardasil va Cervarix vaksinalari keng qo‘llaniladi. Skrining
Доказательный фрагмент
«This article provides detailed information about cervical precancerous conditions (precancerous conditions) and methods for their detection.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides detailed information about cervical precancerous conditions (precancerous conditions) and methods for their detection. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- cervix, precancer, dysplasia, papilloma virus, colposcopy, biopsy, kolposkopiya, onkomarkerlar, prekantsereoz, biopsiya, displaziya, bachadon bo‘yni, HPV vaksinatsiyasi, PCR testi.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025