Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JINOYAT ISHLARI BO‘YICHA SUD QARORLARINING MULKIY UNDIRUVIGA OID IJRO VARAQALARNI IJRO QILISHDA XORIJIY TAJRIBA
Beshimov G‘ulomjon Raxmatullaevich
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
In this article, issues related to property recovery of court decisions in criminal cases are analyzed in detail. In particular, it consists in studying the international experience in the execution of the parts of court decisions in criminal cases related to property recovery, analyzing the existing effective mechanisms and considering the possibilities of their application to the legislation of Uzbekistan. Keywords: Criminal cases, Federal Law, Commonwealth of Independent States, attorneys, international cooperation, cross-border, financial intelligence, digitization, public control, transparency, digitization, automation, criminal procedure, compensation, property. Kirish. Jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarini mulkiy undiruvga oid qismlarini ijro etish jarayoni huquqiy tizimning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ushbu jarayon davlatning huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan adolatni ta’minlash va jinoyat oqibatlarini bartaraf etishda samaradorligini belgilaydi. Dunyoning turli mamlakatlarida sud qarorlarini ijro etishning huquqiy va tashkiliy mexanizmlari bir-biridan farq qiladi. Ayrim davlatlarda bu jarayon maxsus ijro organlari tomonidan amalga oshirilsa, boshqalarida sud yoki prokuratura tizimi tomonidan nazorat qilinadi. 7 40 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Masalan, Yevropa mamlakatlarida ijro organlari mustaqil tuzilma sifatida faoliyat yuritadi va qarorlarni majburiy ijro etish mexanizmlari ishlab chiqilgan. Xususan, AQShda esa sud qarorlarini ijro etish shtatlarning vakolatiga bog‘liq bo‘lib, davlat va xususiy ijro organlari hamkorlikda ishlaydi. Osiyo mamlakatlarida esa davlat nazorati kuchli bo‘lib, ijro jarayoni qat’iy tartibga solingan. Ushbu ishning maqsadi – jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarini mulkiy undiruvga oid qismlarini ijro etishda xalqaro tajribani o‘rganish, mavjud samarali mexanizmlarni tahlil qilish va O‘zbekiston qonunchiligiga tatbiq etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishdan iborat. Adabiyotlar tahlili va muhokama. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarida Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda qonunlarga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratining olib borilishi bir-biriga juda o‘xshash. Shu sababli biz, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda qonunlarga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratining qay darajada olib borilishini Rossiya Federatsiyasi misolida keltirib o‘tmoqchimiz. Rossiya Federatsiyasining 2007-yil 2-oktabrdagi “Ijro ishi yuritish to‘g‘risidagi” gi 226- sonli Federal Qonuniga asosan, sud ijrochilarining o‘z vakolatlarini amalga oshirishlari jarayonida qoununlarga rioya etishlari ustidan Rossiya Federatsiyasi Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar nazorat olib boradilar. Bu qoidalar 1999-yil 10-fevralda qabul qilingan “Rossiya Federatsiyasining Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunida o‘z aksini topdi. Ta’kidlab o‘tish joizki, yuqorida nomi keltirilgan qonunlarga hozirgi paytga qadar bir necha marotaba o‘zgaritirish va qo‘shimchalar kiritilgan bo‘lsada, lekin ularning birortasida ham alohida “sud ijrochilarining qonunlarga rioya etishlari ustidan prokuror nazorati” sohasini aniqlashtiruvchi bob mavjud emas.Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasining 129-moddasida federatsiya prokurorlarining vakolatlari “Prokuratura to‘g‘risida”gi Federal Qonun bilan tartibga solinishi belgilangan. Bir qator rossiyalik olimlarning aytishlaricha, “Prokuratura to‘g‘risida”gi Federal qonunga ijro ishi yuritish ustidan prokuror nazoratiga bag‘ishlangan mustaqil bobni kiritilishi orqali qonunchilikda mavjud bo‘lgan bo‘shliqlar barataraf etiladi. Rossiya federatsiyasining “Sud ijrochilari to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasiga ko‘ra sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish tizimini Sud ijrochilari federal xizmati va uning hududiy organlari tashkil etadi. Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 2004-yil 13-oktyabrdagi Farmoniga ko‘ra, “Sud ijrochilarining Federal xizmati to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlangan. Sud ijrochilari Federal xizmatining tashkiliy faoliyat asoslari mazkur nizom bilan tartibga solinadi. 7 41 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Rossiyada bajaradigan vazifalariga qarab, sud ijrochilari ikki guruhga bo‘linadi: – Sudlar faoliyatini amalga oshirishda belgilangan tartibni ta’minlovchi ijrochilar. Ularning huquq va majburiyatilari “Sud ijrochilari to‘g‘risida”gi Federal Qonunda belgilab qo‘yilgan. – “Sud ijrochilari to‘g‘risida”gi Qonundan tashqari “Ijro ishi yuritish to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra faoliyat yurituvchi sud ijrochilari. Mazkur bo‘linish tegishli ravishda sud ijrochilari ustidan prokuror nazoratinini amalga oshirish doirasini belgilab beradi. Sud ijrochilarining qonunlarga rioya etishlari ustidan prokuror nazorati o‘rnatilishidan asosiy maqsad – ularning faoliyatida qonuniylikni ta’minlash
Доказательный фрагмент
«In this article, issues related to property recovery of court decisions in criminal cases are analyzed in detail.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, issues related to property recovery of court decisions in criminal cases are analyzed in detail. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Criminal cases, Federal Law, Commonwealth of Independent States, attorneys, shaffoflik, jamoatchilik nazorati, jinoyat-protsessual, kompensatsiya, attorneylar, xalqaro hamkorlik, raqamlashtirish, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, avtomatlashtirish, mulk., Federal Qonun, moliyaviy razvedka, Jinoyat ishlari, transchegaraviy
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025