Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TURIZMDA 4P KONSEPSIYASINING QO'LLANILISHI
Mahmudov Yorqinbek Rahimjon o’g’li · Raximova L.A
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada turizmda 4P konsepsiyasining qo’llanilishi va uning afzalliklari hususida so’z boradi. Kalit so’zlar: Turizm, turistik klasterlar, xalqaro turizm, turistik tashkilot, turistik firma. Turizmni iqtisodiyotimizda rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishimizning hayotiy zarurat ekanligini hisobga olganimizda asosiy e’tiborga olishimiz va tushunishimiz kerakki, biz erkin bozor sharoitlariga o‘tganimizda xalqaro turizm bozorida turizmga bo‘lgan munosabatlar ancha o‘zgarib ketgan edi. Bu vaqtga kelib turizm sohasi jahonning ko‘plab davlatlari iqtisodiyotida salmog‘li, ba’zilarida yetakchi iqtisodiyot tarmog‘iga aylanib, shakllanib bo‘lgandi. Hozirgi vaqtda turizmda asosan ikkita bosh vazifa turibdi: 1) turizmda bozor munosabatlarini amaliyotga joriy qilish va bu munosabatlarni mazmunan bilan boyitish; 2) turizmdagi dunyoviy munosabatlarning o‘zgarishini o‘z vaqtida yangilik deb qabul qilish. Vazifaning birinchisi, mamlakatimiz turizmini rivojlantirishda o‘ta muhim hisoblanadi. Chunki turizm bozorining o‘zi hali shakllanmagan holatda turibdi. Bu bozorni tashkil qilish va bozorni turizm mahsulotlari bilan to‘ldirish o‘zi juda og‘ir, vaqt va bilim talab qiladigan keng, ko‘p qirrali jarayondir. Turizm bozoridagi tovar va xizmatlarning xaridorlari, iste’molchilari o‘zgarib turganligidan bu bozor mahsulotlarining raqobatbardoshligini saqlash, sotish va boshqa ko‘plab muammolarni yechish ham turizmda o‘ziga xos bo‘lgan menejment tizimini ishlab chiqishni talab qilmoqda. Turizm industriyasida ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni 504 Fevral, 2025-Yil boshqarish bizning mamlakatimiz sharoitida turistik firmalar va turistik tashkilotlar zimmasiga yuklatilmoqda. Turizmning rang-barangligi, turli-tumanligi ham shundan iborat. Bu sohani birdaniga rivojlantirishning ham bosh sababi ham uning juda turli-tumanligidadir. Bu turfa xillikning hammasi insonning o‘zi yashab turgan muhit chegarasidan tashqari qilgan sayohat tushuniladi. Turizm – iqtisodiyotning faqatgina muhim sohasigina emas, u inson hayotining muhim bir qismi, turizm insonning tashqi muhit bilan bo‘lgan munosabatlarini qamrab oladigan soha. O‘zbekiston Respublikasining «Turizm haqida» gi qonuniga muvofiq – «Turizm bu – jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog‘lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy-amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanmagan holda uzog‘i bilan bir yil muddatga jo‘nab ketishidir». Turizm bu – ishlab chiqarish va noishlab chiqarish funksiyalariga ega bo‘lgan va turistik industriyadan tashkil topgan diversifikatsiyalangan, tarmoqlararo ijtimoiy-maishiy infratuzilma kompleksidir. Turistik industriya – bu mehmonxonalar va boshqa joylashish vositalari to‘plami, transport vositalari, umumiy ovqatlanish korxonalari, ko‘ngil ochar vositalar, tanishuv, ish bilan bog‘liq, sog‘lomlashtirish va boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan ob’ektlar, turoperatorlik va turagentlik faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hamda sayohat xizmatlari va gid tarjimonlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi muassasalar yig‘indisidir. Turizm iqtisodiyoti – turizm sohasida ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va turistik faoliyat natijalarini iste’mol qilish jarayonida hosil bo‘ladigan munosabatlar tizimidan tashkil topadi. Turistik firma iqtisodiyoti – bu turistik mahsulotni realizatsiya qilish va turli boshqa xizmat turlarini ko‘rsatish natijasida olingan daromad va nomoddiy aktivlar ishlab chiqarish omillari yig‘indisidan iborat. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida turizmning milliy modelini shakllantirish jarayoni amalga oshirilmoqda. Ushbu modelda ta’kidlanishicha 505 Fevral, 2025-Yil mamlakatda rivojlantirilayotgan turistik bozor boshqa har qanday bozorlar kabi mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyatiga ta’sir ko‘rsatadi. U mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda investitsiya va kapital oqimini ta’minlash darajalarini aniqlashda muhim vosita bo‘lib hisoblanadi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda, asosan, xususiy va tijorat kompaniyalari turistlarga xizmat ko‘rsatadi. Biroq, har qanday sharoitda ham davlat optimal iqtisodiy va huquqiy zaminni yaratgan taqdirdagina turizm rivojlanishi mumkin. Agarda davlat kasbiy tayyorgarlik masalalari, tabiiy va madaniy muhitni muhofaza etish, axborot-reklama ishlari va rasmiyatchilikni soddalashtirish kabilar bilan shug‘ullanmasa, u holda turizm kutilganidek rivojlanish darajasiga erisha olmaydi. Bunda davlat tomonidan turizmni rivojlantirish, turistik xizmatlar bozorini shakllantirish, iqtisodiy tartibga solish usullari va richaglarini qayta isloh etish, turizmni tashkiliy boshqaruv tizimlarini takomillashtirish, uning eksport salohiyatini oshirish va eng asosiysi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish kabilarga tegishli uslubiy va amaliy yondashuvlarni ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb yetadi. Turizm xizmatlari sohasi jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida ijtimoiy, iqtisodiy, madaniyma’rifiy, siyosiy va boshqa mun
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada turizmda 4P konsepsiyasining qo’llanilishi va uning afzalliklari hususida so’z boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada turizmda 4P konsepsiyasining qo’llanilishi va uning afzalliklari hususida so’z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- turistik firma., turistik tashkilot, turistik klasterlar, xalqaro turizm, Turizm
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025