Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IMOM BUXORIYNING “AL-JOME’ AS SAHIH” ILMIY AHAMIYATI
Haqqulov Mehriddin Yunusovich · Sadulloyeva Moxinur Sadullo qizi
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
This article discusses the views of ideas of Imam al-Bukhari in the book “Al- Jome’ as-Sahih” and its importance for today. At the same time, the main sources for these issues are the Koran, Sharia and the ethics of Islam, followed by hadiths, which are narratives about the life and deeds of the Prophet. It is noted that, the hadiths included by Imam al-Bukhari in his collections are not limited only to the general provisions of the Islamic faith, they are of global importance, since they contain certain views on humanism, education of love for the Motherland, virtue and a sense of beauty in young people, the development of personal traits in them. Keywords: Hadith, spiritual heritage, Islam, religion, muhaddith, Koran, Sahih al- Bukhari, moral. Аннотация. При этом первоисточником по данным вопросам являются Коран, шариат и этика ислама, за которыми следуют хадисы, представляющие собой предания о жизни и деяниях Пророка. Отмечается, что хадисы, включенные Имамов алъ-Бухари в его сборники, не ограничиваются лишь общими положениями исламского вероучения, 472 Fevral, 2025-Yil имеют общемировое значение, поскольку в них присутствуют определенные взгляды по вопросам гуманистическово характера, воспитании в молодых людах любви к Родине, добродетели и чувства прекрасного, развитии в них личностых качеств. Ключевые слова: Хадис, духовное наследие, ислам, религия, мухаддис, Коран, Сахих алъ-Бухари, мораль. Kirish. Muhaddislar sultoni bo‘lgan Imom Buxoriy hayoti va ma’naviy merosini keng tadqiq etish yuzasidan nafaqat yurtimizda, balki butun musulmonlar olamida keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Imom Buxoriyning hayoti va faoliyati, u meros qoldirgan shoh asarlar davrlar osha axloqiy va huquqiy hikmatlari ilmiy asosda har tomonlama chuqur o‘rganilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev ta’kidlab o‘tganlaridek, “Markaziy Osiyo uyg‘onish davrining ko‘plab yorqin namoyondalarining islom va jahon svilizatsiyasiga qo‘shgan bebaho hissasini alohida qayd etmoqchiman. Ana shunday buyuk allomalardan biri Imom Buxoriy o‘z ahamiyatiga ko‘ra islom dinida Qur’on karimdan keying muqaddas kitob hisoblangan “Sahih ul-Buxoriy” ning muallifi sifatida butun dunyoda tan olingan.” Islom dinining asl mazmun-mohiyatini teran anglashda ijtimoiy axloqiy masalalarga targ‘ib etishda, yoshlar tarbiyasini milliy va diniy qadriyatlar asosida olib borilishida Imom Buxoriy merosining ahamiyati katta. Islom dinining tom ma’noda komilikka chorlaydigan, insoniy fazilatlarga targ‘ib qiladigan, botil mafkuralardan saqlaydigan din to‘g‘risida Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev shunday fikrni keltirib o‘tdilar: “Biz butun jahon jamoatchiligiga islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini yetkazishni eng muhim vazifa deb hisoblaymiz. Bu muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz… Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da’vat etadi. Ma’lumki, Payg‘ambarimiz hadislarini to‘plash, ularning sahihlarini (to‘g‘rilarini, ishonchlilarini) ajratib, Qur’oni Karim oyatlari bilan isbotlash borasida Movarounnahr va Xuroson olimlarining hissalari benihoyat katta bo‘lgan. Imom Buxoriyning “Al-Jome’ as-Sahih” asari (“Sahih al-Buxoriy” deb ham ataladi) jumlai jahonda mashhur bo‘lgan bebaho yozma yodgorlikdir. Chunonchi, bu mo‘tabar asar haqli ravishda Islom dini ta’limotida Allohning kalomi Qur’oni Karimdan keying asosiy manba hisoblanadi. Imom al-Buxoriyning hadis ilmini bugungi kunda tadbiq etish juda ham ahamiyatlidir. Bugungi kundan arab tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan hadislar orqali barcha yurtdoshlarimiz hadis ilmidan bahramand bo‘lmoqdalar. 473 Fevral, 2025-Yil Imom Buxoriyning ma’naviy me’rosini butunlay yangi yo‘nalishga burish, uning boy ma’naviy xazinasidagi insonparvarlik, bag‘rikenglik, millatlararo do‘stlik va ittifoqchilik, insof va diyonat, mehr va muruvvat, insoniy sha’n va oriyat, adolat va haqqoniyat, xolislik va samimiyat singari umuminsoniy g‘oyalarini keng jamoatchilikka tanishtirish, hamda jahonning turli tillariga tarjima qilinib, butun insoniyat uchun xizmat qildirishga keng yo‘l ochish eng dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Imom Buxoriy butun umri davomida islom dinining ma’rifiy mohiyatini ochishga, undagi bag‘rikenglik, insonparvarlik va adolatparvarlik g‘oyalarini targ‘ib va tashviq qilish bilan shug‘ullangan. Imom Buxoriyning ibratli hayot yo‘li ham kishilarni jaholat yo‘lidan qaytarishda ibrat timsoli bo‘lishi mumkin. Uning ilmiy haqiqatlar yo‘lida chekkan mashaqqatlari nafaqat musulmonlar uchun, balki har bir sog‘lom aql egasi uchun insoniyatning farovon kelajagini bunyod etishda katta tajriba manbai bo‘lishga arziydi. Imom al-Buxoriyning eng mashhur asari, shubhasiz, “Al-Jome’ as-Sahih” asaridir. “Al- Jome’ as-Sahih” deb nomlangan 4 jilddan iborat hadislar to‘plami islom olamidagi boshqa muhaddislar tuzgan to‘plamlar orasida eng ishonarli va mukammalidir. Bu asar “Sahih al-Buxoriy” nomi bilan ham mashhur bo‘lib, uning
Доказательный фрагмент
«This article discusses the views of ideas of Imam al-Bukhari in the book “Al- Jome’ as-Sahih” and its importance for today.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the views of ideas of Imam al-Bukhari in the book “Al- Jome’ as-Sahih” and its importance for today. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Hadith, spiritual heritage, Islam, religion, muhaddith, Koran, Sahih al-, muhaddis, Qur’oni Karim, ma’naviy me’ros, Hadis, odob-axloq., islom dini, Sahih al-Buxoriy
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014