Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INSON KAMOLOTIDA TARBIYANING O‘RNI VA AHAMIYATI
Raupov Ulug‘bek Rustamovich
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
This article directly discusses the role and importance of education in human development, and the role of family and parents in this. It also provides examples of wise words of our ancestors on education in human development. Keywords: national education, perfect person, child image, values, thinking, spirituality. РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ОБРАЗОВАНИЯ В РАЗВИТИИ ЧЕЛОВЕКА Аннотация. В данной статье непосредственно обсуждается роль и значение образования в развитии человека, а также роль семьи и родителей в этом. Приведены также примеры мудрых высказываний наших предков о развитии человечества. Ключевые слова: национальное воспитание, совершенный человек, образ ребенка, ценности, мышление, духовность. Har bir xalqning tanazzuli yoki yuksalishi shu yurtda voyaga yetayotgan farzandlarning ilmi, bilimi, ma’naviy dunyoqarashi, urf-odat va milliy qadriyatlarga bo’lgan sadoqatiga bog’liqdir. Ushbu ma’naiy sifatlar esa, albatta, tarbiya orqali shakillanadi. Tarbiya o’zligini anglagan har qanday jamiyat va har qanday davr uchun ustuvor masala deb qaralgan. Bugungi kunda jamiyatimizdagi yosh avlodni tarbiyalash har qachongidan ham dolzarb hamda muhim hisoblanadi. Negaki, hayotning tobora raqmlashgan, internet tarmoqlariga asoslanib borishi ushbu dolzarblikni talab etadi. “Milliy va zamonaviy o‘zbek bolasining siymosi qanday bo‘lishi kerak?” degan savolga javob talab qilmoqda. Bugungi bola o‘tgan asr bolasidan keskin farq qiladi, o‘zbek o‘g‘il-qizlari zamonaviy komil inson siymosiga ega bo‘lmog‘i lozim. Tabiiyki, bu jarayonda oilaviy tarbiyaning o‘rni beqiyos. Bola, asosan, oilada tarbiyalanadi. Oila muhiti bolaning dunyoqarashiga va xulqiga doimo o‘z ta’sirini o‘tkazib turadi. Ibn Sino ta’biricha, “ota-ona bola tarbiyasini unga ism qo‘yishdek oliyjanob vazifadan boshlaydi”. 642 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2 Lekin bugungi kunda hayotimizda va oilada tarbiyaga berilayotga e’tibor susaygandek. Oilaning boshi bo‘lgan erlarning ba’zilari ko‘chadagi ulfatchilikdan, ish yuzasidagi safarlardan ortib, o‘z farzandlarini moddiy tomondan ta’minlashlari mumkin, ularning ma’naviy jihatdan tarbiyalashga, ruhiy madad bo‘lishga qiziqish va intilishlarini, ularni qiynayotgan muammolar nimalardan iborat ekanligini bilishga, o‘rganishga vaqt ajrata olmaydilar, vaqt topsalar ular bilan gaplashishga hafsala qilmaydilar. Bolaning jamiyatda mustaqil fikrga ega bo’lishi, mushkul vaziyatlardan kuchli iroda bilan chiqa olishi, hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi yoshlikda olgan tarbiyasiga bog‘liq va muhim hisoblanadi. Yoshlikda bolani kitobga qiziqtirish ham bevosita uning tarbiyasiga ta’sir qiladi1. XI asrda yashab ijod etgan mutafakkir Yusuf Xos Xojib o‘zining “Qutadg‘u bilig” asarida tarbiyaning o‘rni haqida alohida to‘xtalib o‘tadi va uning ahamiyati muhim ekanligini ta’kidlaydi. Bola tarbiyasi haqida shunday yozadi: “Farzand qanchalik bilimli, aqlli-xushli bo‘lsa ota- onasining yuzi shunchalik yorug‘ bo‘ladi”. U bola tarbiyasida otaning ma’suliyatiga alohida e’tibor beradi. “Kimning o‘g‘il-qizi erka bo‘lsa, deb yozadi u, unga shu kishining o‘zi mungli bo‘lib yig‘laydi. Ota bolani kichikligida bebosh qilib qo‘ysa bolada gunoh yo‘q barcha jafo otaning o‘zida; o‘g‘il-qizning xulq-atvori yaramas bo‘lsa, bu yaramas ishni ota qilgan bo‘ladi2. Ota bolalarini nazorat qilib, turli xunarlarni o‘rgatsa, ular ulg‘aygach, o‘g‘il-qizim bor deb sevinadi; o‘g‘il-qizga hunar va bilim o‘rgatish kerak, toki bu hunar bilan ularning fe’l-atvorlari go‘zal bo‘lsin1”. Ushbu so‘zlarning ma’nosini, mag‘zini chaqadigan bo‘lsak, demak ota-ona farzandini faqatgina moddiy ta’minlamash bilan cheklanib qolmay, balki uning tarbiyasiga ham alohida to‘xtalib o‘tishi kerak. Buyuk ajdodimiz bobokolonimiz Abu Ali ibn Sino 980-yil Buxoroning Afshona qishlog‘ida tavallud topgan. Ibn Sino o‘zining tibbiyotga doir qo‘llanmalari bilan birga, o‘zining tarbiyaga oid ham bir qacha qo‘llanmalarini yaratgan. Inson kamolot sari harakat qilar ekan ibn Sino hayotga, undagi borliqdagi savollarga o‘z ma’naviyati bilan javob berar ekan – “Insonning kamoloti, tarbiyasidadir deydi, ya’ni uning fikricha, tarbiya odamda narsa va hodisaga ongli munosabatda bo`lishni rivoj toptirishi kerak. Abu Ali ibn Sino bolaning o‘smirligidan uning manaviy olami, ruhiyati, tarbiyasiga, uning kelajak uchun foydali, yetuk inson bo‘lishini inobatga olar ekan”, buning uchun, avvalo bolaning ta’lim tarbiya nazariyasiga alohida e’tibor beradi. Uning nazarida “onglilik inson baxtining asosidir. Har bir inson kuchli, aqlli, jismoniy jihatdan yetuk bo‘lmog‘i lozim. Agarda kishida bu hislatlar bo‘lmasa tom ma’noda inson jamiyat a’zosi bo‘la olmaydi’’ deydi. Shuningdek, Ibn Sino bola tarbiyasiga alohida e’tibor berilish lozimligini, buning uchun esa u bilan alohida suhbat uyushtirish va ertaklar, hikoyalar o‘qish ham juda foydali ekanligi haqida yozadi. 643 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2 Abu Ali Ibn Sino o‘zining bola tarbiyasida oilaning o‘rni alohida ekanligini ta’kidlab, bev
Доказательный фрагмент
«This article directly discusses the role and importance of education in human development, and the role of family and parents in this.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article directly discusses the role and importance of education in human development, and the role of family and parents in this. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- national education, perfect person, child image, values, thinking, spirituality
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025