К содержанию
РецензированоRU2024

Социальные дейктики как социальные индикаторы

Gulnoza SHERMATOVA · January -/© in Science LLC. (Andijan State University)

Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 3 · 140-144 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: Статья посвящена изучению социального дейксиса, его социальный дейксис, выражения в языке, роли и значимости социальных социальный статус, дейктических элементов в речевом общении. В работе коммуникативный акт, произведена классификация социальных дейктических обмен информацией, социальные признаки, единиц, а также рассмотрены указательные свойства имплицитное выражение, некоторых слов, относящихся к глагольной категории. субъективное отношение, уровень социального общения. Til hamisha insoniyat hayoti, ijtimoiy faoliyatining ajralmas qismi hisoblangan va shundayligicha qoladi. “Lison ham hayot manbayi, shu sababli uning hayotdagi o‘rnini, undan odamlar qanday foydalanayotganligini hamda uning hayot darajasi, sifatiga qanday ta’siri borligini bilmoq kerak. Bularning barchasi biz foydalanayotgan hodisa – tilning tabiati va ijtimoiy mohiyatini bilish imkonini yaratadi”. Til murakkab va ko‘p qirrali hodisadir. Chunki u nafaqat tashqi olamni, balki bir vaqtning o‘zida undan foydalanuvchiga xos xususiyatlar (uning yoshi, ba’zan jinsi, saviyasi, dunyoqarashi, kayfiyati kabilar)ni ham namoyon qiladi. Aytish mumkinki, til obyektiv borliqni subyektiv munosabatlar bilan birga aks ettiradi. Tilning xuddi shu xususiyati uning murakkablik va serqirralik mohiyatini yuzaga chiqaradi. Til bevosita jamiyatga xizmat qilgani sabab jamiyat a’zolari o‘rtasidagi murakkab munosabatlar, ijtimoiy me’yorlar, o‘zgarishlar tilda aks etadi. Til va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni, ijtimoiy munosabatlarning tilda qay yo‘sinda aks etishini o‘rganadigan qoidalar tilning ijtimoiy strukturasini tashkil qiladi. Jamiyat o‘z a’zolari xatti- harakatlariga ijtimoiy-axloqiy meʼyorlar orqali muayyan talablar qoʼyadi. Mana shu talablardan biri nutqiy muloqot odobi hisoblanadi. Nutq uning ishtirokchilari ijtimoiy holati haqida maʼlumot beruvchi asosiy vositadir. Nutq orqali maqsadi axborot almashinuvi bo‘lgan muloqot jarayoni yuzaga keladi, muloqotning tabiiyligi esa nutq ishtirokchilarining ijtimoiy holatiga e’tibor orqali ta’minlanadi. Tilshunoslikda sotsial deyksis termini mavjud bo‘lib, mazkur atama nutq ishtirokchilarining ijtimoiy holatiga ishora qilish tushunchasini anglatadi. Jahon tilshunosligida ilk marta Ch.Fillmor deyksisning anʼanaviy turlari: shaxs, zamon va makon deyksisi qatorida sotsial deyksis (ijtimoiy deyksis)ni farqladi. Mazkur tasnif Rauch, Levinson, Renkema, Yulelar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va sotsial deyksis nutq ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlariga ishora qiluvchi, ular o‘rtasidagi ijtimoiy aloqa darajasini belgilovchi, deyksisning anʼanaviy uchligini to‘ldiruvchi tarkibiy qism sifatida ko‘rsatildi. Sh. Safarov suhbatdoshga nisbatan bildirilayotgan munosabat yashirin yoki ochiq, ijobiy yoki salbiy, bevosita yoki bilvosita va boshqa ko‘rinishlarga ega bo‘lishi, bu turdagi munosabatlarning barchasi sotsial deyksis hodisasi mundarijasini tashkil qilishini qayd etgan. Shuningdek, deyktik birliklarning semantik xususiyatlari sifatida ularning uzatilayotgan axborotning muayyan qismlarini ta’kidlash, aniqlashtirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi hamda deyktik markazni tarkib toptiruvchi qismlar sifatida quyidagilarni ko‘rsatadi: 1. Markaziy shaxs – so‘zlovchi. 2. Markaziy vaqt (zamon) – nutqiy harakat ijro etilayotgan vaqt. 3. Markaziy makon – so‘zlovchining nutqiy harakat 141 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 1 (2025) / ISSN 2181-3701 bajarilayotgan paytdagi o‘rni. 4. Ijtimoiy markaz – so‘zlovchining ijtimoiy mavqeyi. Olim deyksis hodisasining ijtimoiy belgilari, ya’ni “muloqot ishtirokchilarining roli, ularning ijtimoiy tabaqalanish darajalari ham so‘zlovchi – adresat munosabatida aniqlanishi”ni ta’kidlaydi. Q. Rasulov o‘zining “O‘zbek muloqot nutqining funksional xoslanishi” nomli nomzodlik dissertatsiya ishida o‘zbek tilida dialektal so‘zlar, jargonlar, argolar, qarindoshlik atamalari, kasb-kor bilan bog‘liq so‘zlar “individning kasb-kori, lavozimi, mavqeyi ta’sirida shakllangan xarakteri (huquqi), shu shaxsning majburiyati (burchi) bilan birga uning kommunikativ aktda egallaydigan pozitsiyasini belgilab beradi” degan fikrni ilgari suradi. R. Davlatova o‘zining doktorlik ishida sotsial deyksis atamasi o‘rnida ijtimoiy deyksis atamasini qo‘llaydi. Mazkur atama muloqot ishtirokchilarining ijtimoiy mavqeyiga havola qilishini ta’kidlab, tilda sotsial deyksisni ifodalovchi vositalar sifatida kishilik, so‘roq olmoshlari, ayrim grammatik vositalar, murojaat birliklari, argo va jargonlar, qarindoshlik atamalari, kasb-korni bildiruvchi so‘zlar hamda “faqat ma’lum bir kontekstda ishora qiluvchi birliklar”ni ko‘rsatadi. Ijtimoiy deyksisni shakllantiruvchi birliklar shaxsga ishora qiluvchi deyktik birliklar bilan umumiylik kasb etadi. Negaki nutq ishtirokchilarining ijtimoiy mavqeidan avval uning o‘ziga ishora qilinadi deya ta’kidlaydi. Ijtimoiy deyksisni ifodalovchi til birliklari tilning asosiy kommun

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: Статья посвящена изучению социального дейксиса, его социальный дейксис, выражения в языке, роли и значимости социальных социальный статус, дейктических элементов в речевом общении.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: Статья посвящена изучению социального дейксиса, его социальный дейксис, выражения в языке, роли и значимости социальных социальный статус, дейктических элементов в речевом общении. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International, implicit expression, коммуникативный акт, обмен информацией, sotsial mavqe, social markers, социальные признаки, level of social interaction, kommunikativ akt, социальный дейксис, субъективное отношение, subyektiv munosabat, ijtimoiy aloqa darajasi, subjective attitude, уровень социального общения, social deixis, information exchange, communicative act, ijtimoiy deyksis, implitsit ifoda, axborot almashinuvi, имплицитное выражение, sotsial belgilar, social status, социальный статус
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]ФилологияRUРецензированоОткрытый доступ
Контекстуальное согласование семантических образований и их эстетико-эмоциональное воздействие на описание языковой картины мира

Иностранная филология: язык, литература, образованиеЭМОЦИОНАЛ ТАЪСИРИ, Даниева М.Дж.2019

3