Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языковScientific supervisor: B.M.Nematov, Student: K.A.Abdukhakimova2016
Американская постмодернистская литература и её развитие
Dildora SADIKOVA
Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 3 · 28-33 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье рассматривается постмодернизм как постмодернизм, культурное и интеллектуальное течение, акцентируя его модернизм, критику традиционных великих нарративов и интертекстуальность, сопротивление категоризации. Микро-нарративы, фрагментация. фрагментация и эксперименты в философии, искусстве и литературе являются характерными чертами постмодернизма. В статье рассматриваются несколько важных аспектов постмодернизма, таких как акцент на относительности в социальных, политических и культурных контекстах, отрицание абсолютных истин и использование интертекстуальности. Обсуждается влияние постмодернизма на критические идеи, включая теорию восприятия читателя, деконструкцию и слияние высокой и массовой культуры. XX–XXI asr adabiyotshunosligi tarixiga nazar tashlasak, adabiyot taraqqiyotini ilmiy kuzatish jarayonida modernizm,syurrealizm,magik realizm, absurdizm, postmodernizm kabi oqimlarga; metaproza, intertekst, allyuziya, pastish, sarkazm, kinoya kabi terminlarga; eklektik, skeptik,ekssentrizm, kosmopolitizm, metafikshn kabi konseptlarga duch kelinadi. Ushbu termin va konseptlar postmodernizm yo‘nalishida yaratilgan romanlar xususiyatlarini yoritib berishda, uning badiiy xususiyat va uslubiga oid muammolarga oydinlik kiritishda ko‘mak beruvchi tarkibiy qism bo‘lib xizmat qiladi. “Modernizm” XX asrning birinchi yarmida san’at va madaniyatga hukmronlik qilgan harakatga berilgan nomdir. Modernizm san’atdagi katta to‘lqin bo‘lib, XX asrdan oldingi musiqa, rassomlik, adabiyot va me’morchilikdagi an’anaviy amaliyotlarini o‘rnini bosgan. Bu o‘zgarishlarning umumiy natijasi tajriba va yangilikka sodiq bo‘lgan adabiyotni yuzaga keltirib chiqargan. Modernizmning eng yuqori nuqtasi o‘tganidan keyin, u 1930-yillarda ancha chekinishga uchradi. Ikkinchi jahon urushidan keyin paydo bo‘lgan, modernistik adabiyotning qabul qilingan normalariga qarshi chiqqan g‘oya va uslublar seriyasi sifatida yuzaga kelgan adabiyot “Postmodern adabiyoti” deb nomlanadi. Uni Ikkinchi jahon urushidan to hozirgi kungacha bo‘lgan davrning adabiyoti sifatida ham tasvirlash mumkin. U modernizmning ilgarigi shakllaridagi tajribalardan ajralib turadigan voqealar ketma-ketligining uzilishi va ong osti g‘oyalaridan kelib chiqqan doimiy ong oqimi bilan mashhurdir. Bu adabiyotning nomutanosib uslubidir. “Postmodern adabiyoti – bu asosan, lekin faqatgina emas, Ikkinchi jahon urushi davridan keyin rivojlangan uslub yoki tendensiya sifatida belgilanadigan, fragmentasiya, paradoks va shubhali rivoyatchilar kabi usullardan keng foydalanish bilan xarakterlanadigan adabiyotdir” [1] Postmodern asarlari ma’rifatparvarlik tafakkuriga va modernistik adabiyot yondashuvlariga qarshi munosabat sifatida ko‘riladi. Ular badiiy asarlarda kollaj kabi fragmentasiyalangan shakllar va adabiyotda ataylab uzluksiz rivoyatlar orqali ilgari qabul qilingan tafakkur va ishonch tizimlarining parchalanishini ko‘rsatish uchun ideologik ilhomlangan. Postmodernizm 29 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 1 (2025) / ISSN 2181-3701 modernizm nazmi bilan amaliyoti bir xil biroq , ammo bu uslubda xotirlash yo‘li bilan amalga oshiriladi, afsuslanish emas. Shuning uchun o‘tmishning yo‘qolishi, mavjudlikning parchalanishi va shaxsiylikning yemirilishi uchun afsus qilish o‘rniga, postmodernizm ushbu xususiyatlarni ijtimoiy mavjudlikning yangi shakli sifatida qabul qiladi. 1960-yillar o‘rtalariga kelib, S’yuzan Sontag va Ihab Hassan kabi tanqidchilar postmodernizmning xususiyatlarini ajratishni boshlashdi. Ular “postmodernistlarning ishlari ataylab birlashmagan, ko‘proq aniq ‘ustalikli’ bo‘lmagan, ko‘proq o‘yinchan yoki anarxik, badiiy tugallik yoki birlikdan ko‘ra tushunish jarayonlari bilan ko‘proq qiziqadi”, deb ta’kidlashdi. Shunday qilib, modernizm va postmodernizm o‘rtasidagi farq tarixiy farq yoki badiiy amaliyotlar to‘plami emas, balki kayfiyat yoki munosabatdagi farq sifatida ko‘riladi. Postmodern nasri o‘zining aralashgan va birlashgan uslublari bilan realistik estetik ideologiyaning muammolashtirilishi yoki buzilishi jarayoni sifatida davom etuvchi jarayondir.[2] Postmodern-metafiksiya (metafiction), ishonchsiz hikoyachi (unbelievable narration), o‘z-o‘zini aks ettiruvchilik (self-reflection), intertekstuallik (intertextuality), kinoya kabi xususiyatlarni o‘z ichiga qamrab oladi va ko‘pincha tarixiy va siyosiy masalalarni mavzular sifatida ko‘taradi. Bu eksperimental adabiyot uslubi 1960-yillarda Amerika Qo‘shma Shtatlarida Kurt Vonnegut, Tomas Pinchon, Uil’yam Geddis, Filip K. Dik, Keti Aker va Jon Bart kabi yozuvchilar asarlari orqali paydo bo‘ldi. Postmodern nazmi modern nazmiga butunlay teskari bo‘lib ma’rifatparvarlik g‘oyalariga aks munosabatda bo‘lib bunda yozuvchilar ko‘pincha hukumatga qarshi chiqish g‘oyalarini olg‘a suradi. Kanadalik adabiyotshunos Linda Xatcheonning fikriga ko‘ra bu qarashlar natijasida, 1960- yillardagi siyosiy tamoyillar kontek
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье рассматривается постмодернизм как постмодернизм, культурное и интеллектуальное течение, акцентируя его модернизм, критику традиционных великих нарративов и интертекстуальность, сопротив…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье рассматривается постмодернизм как постмодернизм, культурное и интеллектуальное течение, акцентируя его модернизм, критику традиционных великих нарративов и интертекстуальность, сопротив… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- postmodernism, intertextuality. It discusses how postmodernism has influenced, modernism, модернизм, fragmentation, metafiction, intertekstuallik, fragmentatsiya, metafikshn, фрагментация, postmodernizm, интертекстуальность, intertextuality, постмодернизм
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025