К содержанию
РецензированоRU2024

Социальные и культурные аспекты раннего изучения иностранного языка у детей

Nilufar KADIROVA

Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 531-535 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: Данная статья посвящена важности изучения детство, иностранного языка в детском возрасте. Автор иностранный язык, подчеркивает, что детство является ключевым этапом в языковая компетенция, формировании личности человека, и обосновывает раннее обучение, когнитивное развитие, значимость раннего развития иноязычной компетенции. В эмоциональное развитие. статье анализируется влияние изучения иностранного языка на когнитивное и эмоциональное развитие ребенка, а также рассматриваются особенности освоения языка детьми разных возрастов. В работе представлены выводы, способствующие определению наиболее оптимального возраста для формирования иноязычной компетенции у детей. Bolalik inson shaxsining rivojlanishida juda muhim davr hisoblanadi. Shuning uchun maktabgacha ta’lim bosqichi turli soha mutaxassislarining e’tiborini tortmoqda. Agar zamonaviy ta’limning umumiy vazifalarini ko‘rib chiqsak, so‘nggi paytlarda ustuvorlik bilish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan ko‘ra turli xil kompetensiyalarni: ijtimoiy, ijtimoiy-madaniy, kommunikativ va boshqalarni hosil qilishga qaratilganligini ta’kidlash mumkin. [4, b. 25]. Bolalik davri – bu, shuningdek, tafakkurning faol rivojlanish davri, baholash va o‘zini baholash shakllanishi, tafakkur, irodaviy, emotsional o‘zini boshqarish rivojlanish davridir. Bolalik davrida shaxsning asosi, barqaror motivatsiya tuzilmasi shakllanadi, yangi ijtimoiy ehtiyojlar, tengdoshlar tomonidan tan olinishga bo‘lgan ehtiyoj, yangi turdagi, ixtiyoriy xatti-harakatning asosi paydo bo‘ladi [1, b. 37]. Hozirgi vaqtda eng talabgir kompetensiyalardan biri xorijiy tilda muloqot qilish kompetensiyasi hisoblanadi. Y.P. Abdurazakovaning fikricha, u ma’lum bir darajada muloqot qilish texnikasiga ega bo‘lish, tegishli norma va stereotiplarni o‘zlashtirish natijasidir. Shuningdek, ushbu kompetensiya o‘quvchining kognitiv va emotsional rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, o‘zida asosiy xorijiy til kompetensiyalarini (nutq, til, ijtimoiy-madaniy, kompensator va o‘quv-bildirish) birlashtiradi va ular uchun ma’lum bir bilim, ko‘nikma va malakalar majmui xosdir [5, b. 41]. Ushbu kompetensiyani shakllantirishni bola yaxshi o‘zlashtirishi mumkin bo‘lgan erta bosqichdan boshlash maqsadga muvofiqdir. Y.N. Protasovaning fikricha, taxminan 5 yoshga kelib bola ona tilini yaxshi o‘zlashtirib oladi va natijada yangi tilga bo‘lgan munosabati ongli bo‘ladi. Zamonaviy hayot tarzi xorijiy tilni erta o‘rganish bolalarda til va madaniy xilma-xillikka qiziqish uyg‘otish, boshqa xalqlar tili va madaniyatiga hurmat bilan qarashga yordam berishini ko‘rsatmoqda. I.A. Zimnyayaning qarashiga ko‘ra, xorijiy til, ona tili kabi insonning ijtimoiy, intellektual va shaxsiy funksiyalarini ta’minlaydi [2, b. 13]. Shu bilan birga, pedagoglar ingliz tilini o‘rganishni qaysi yoshdan boshlash kerakligi borasida bir fikrda emas. I.L. Sholponing fikricha, 5 yoshdan boshlab o‘qitishni boshlash samaraliroq, chunki to‘rt yoshli bolalar materialni sekinroq o‘zlashtiradi, hali ham emotsional jihatdan beqaror, diqqatni jamlash uchun ularga qiyinroq va ona tilini ham yetarli darajada bilmaydi. Uch yoshli bolalar ham 532 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701 xorijiy tilni ongli ravishda o‘rgana olmaydi, chunki ularda so‘z tuzish ko‘nikmalari hozirgina shakllana boshlagan va ona tilidagi so‘z boyligi shakllanayotgan bo‘ladi. Biz uch yoshli bolalar ota-onalari bilan yaqin aloqada bo‘lishi va ota-onaning yo‘qligi ko‘pincha bolalarda stress keltirib chiqarishini ta’kidlash muhim, bu esa tilni sifatli o‘rganishga to‘sqinlik qilishi mumkin. Ammo barchasi individual ekanligi va har doim ham bunday bo‘lmasligini ham inkor etib bo‘lmaydi [3, b. 5]. Masalan, inson hayotining birinchi 4 yilida bilim olish qobiliyatining 50% shakllanadi, 7-8 yoshga kelib asosiy ko‘nikmalar shakllanadi. 8–10 yoshdan boshlab har qanday qobiliyatni mashq qilish orqali rivojlantirish kerak. Yoshingiz qancha katta bo‘lsa, shuncha ko‘p vaqt va kuch sarflashingiz kerak bo‘ladi. Shuning uchun bolalarga ingliz tilini o‘rgatishni 4 yoshdan boshlash eng maqsadga muvofiq variant hisoblanadi. Erta yoshda til o‘rganishning muhim jihati shundaki, bolalar xato qilishdan qo‘rqmaydi va uyalishmaydi, buni kattalar haqida aytib bo‘lmaydi. Ular til to‘sig‘ini yengishda qiynaladi. Ko‘pchilik gapirmoqchi bo‘ladi va gapira oladi, lekin uyaladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga til o‘rgatishda eng muhimi – o‘quvchilarning qiziqishini uyg‘otishdir. 1. Ko‘rgazmali qurollar. Bolalar so‘zlarni nafaqat eshitishi, balki rasmlarini ham ko‘rishi kerak. Bu orqali ular yangi materialni tezroq va osonroq eslaydilar. Prezentatsiya va tarqatma materiallardan tortib kichik videoroliklargacha ishlatish mumkin. 2. Rag‘bat to‘plash usuli. Bu usul shundan iboratki, darslarda eng yaxshi ishlagan bolalar mukofot (stiker, nakleyka, muhr) oladilar. Ular ma’lum miqdordagi m

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: Данная статья посвящена важности изучения детство, иностранного языка в детском возрасте.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: Данная статья посвящена важности изучения детство, иностранного языка в детском возрасте. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
childhood, age groups. The paper presents conclusions that aid in, emotional development, xorijiy til, языковая компетенция, early learning, erta o‘rganish, cognitive development, foreign language, эмоциональное развитие, language competence, emotsional rivojlanish, til kompetensiyasi, bolalik davri, kognitiv rivojlanish, раннее обучение, когнитивное развитие, иностранный язык, детство
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]ФилологияRUРецензированоОткрытый доступ
Контекстуальное согласование семантических образований и их эстетико-эмоциональное воздействие на описание языковой картины мира

Иностранная филология: язык, литература, образованиеЭМОЦИОНАЛ ТАЪСИРИ, Даниева М.Дж.2019

3