К содержанию
РецензированоRU2024

Понятия инфинитива и видов глагола в узбекском и русском языках

Erkin MUSAEV · Keywords: -/© in Science LLC. (Navoi State University)

Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 36-39 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: В статье рассматривается, что в русском и узбекском инфинитив, языках глагол является самостоятельной частью речи, формальные показатели, которая занимает особое место в системе инфинитивных время, форм русского языка и отличается своими уникальными вид, видовая пара. характеристиками. В узбекском языке, несмотря на 1 Senior Lecturer, Navoi State University. Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 6 (2024) / ISSN 2181-3701 точность временных форм, отсутствуют ограничения, связанные с типами глаголов, которые присущи русскому языку. O‘zbek tilida ham, rus tilida ham fe’l mustaqil so‘z turkumi sifatida harakat yoki holatni bildiradi, ammo o‘zining morfologik xususiyati va sintaktik funktsiyalari bilan ular o‘zbek va rus tillarida bir-birdan ma’lum darajada farq qiladi. Masalan, o‘zbek tilida rus tiliga nisbatan zamon shakllari ko‘proq, ayni paytda rus tilidagi infinitiv bilan o‘zbek tilidagi harakat nomi o‘rtasida ham jiddiy tafovutlar mavjud. [ 1.15]. Harakat nomi va infinitiv (imya deystviya i infinitiv), o‘zbek tilida harakat nomi tub yoki yasama fe’lga -moq, -sh (ish), -v (-uv) affikslaridan birini qo‘shish bilan yasaladi: chiz +moq – chizmoq, chiz+ish – chizish, chiz+ uv – chizuv, qara + moq – qaramoq, qara + sh, turt + moq – turtmoq, turt + ish – turtish haydov kabi. Harakat nomining ham fe’llik, ham otlik xususiyatlari bor. Ma’no jihatidan u harakatni ham, predmetni ham bildiradi, Lekin otga o‘xshab turlanadi, ot kabi turli qo‘shimchalarni qabul qiladi: yozish, yozishim, yozishda, yozishga, yozuv, yozuvning kabi. O‘zbek tili lug‘atlarida fe’llar -moq affiksi bilan beriladi: yozmoq, ishlamoq, yozdirmoq, keltirmoq, ishlatilmoq kabi. Fe’llarning tub yoki yasama shaklidan mayl, zamon, shaxs son va boshqa fe’l shakllari yasaladi: yoz-a-man (напишу), ketsa (если он уйдет), o‘qi-yotir-man (я учусь), o‘ylagansan (ты думал) kabi. Rus tilidagi fe’lning infinitiv (noaniq) formasi -ть, -ти qo‘shimchalari bilan shakllanadi. Ularning ma’nosi o‘zbek tilida, asosan, -moq affiksi bilan yasalgan fe’l formasi orqali beriladi: работать – ishlamoq, приходить – kelmoq, пойти – bormoq kabi. O‘zbek tilida rus tilidagi infinitivga to‘liq mos keladigan fe’l shakli yo‘q. Rus tilida infinitiv fe’lning dastlabki shakli bo‘lib, fe’llar lug‘atda shu shaklda beriladi. Rus tilida fe’llarning infinitiv shakli shaxs-son va zamon affikslarini olmaydi; ulardan ть, -ти suffikslari olib tashlansa, infinitiv negizi qoladi: чита- ть, писа-ть, виде-ть, гуля-ть, нес-ти, пой-ти kabi. [1.132] Haqiqatan, rus tilida infinitiv- fe’l formalari tizimiga tegishli bo‘lib, o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Infinitiv (неопределенная форма) semantik jihatdan harakat ma’nosidagi bosh (именительный) kelishikdagi ot so‘z turkumiga analog hisoblanadi: ловить –ловля, купить –купля va h.k. «ловить, ловля» harakat ma’nosini anglatadi lekin, «ловля» ot so‘z turkumi predmet sifatida harakatni, «ловить» fe’lning noaniq formasi esa jarayon sifatida tushuniladi. Fe’l va noaniq shakli o‘rtasida morfologik va sintaktik chambarchas bog‘liqlik mavjud: bunga turlarning farqlari, (делать –сделать) переходность и непереходность (видеть – сидеть), возвратность и невозвратность (купать–купаться) va o‘timlilik-o‘timsizlik holatlari taaluqli bo‘ladi. Bu barcha kategoriyalar so‘z o‘zgartirmaydi, shuning uchun infinitiv fe’lning o‘zgarmaydigan formasi hisoblanadi. Infinitiv o‘zining formal ko‘rsatkichlari -affikslariga ega –ть, -ти, -сти, (-сть), -чь. Infinitiv ko‘rsatkichlari guruhlarga har xil ajratiladi: -ть, -ти suffikslar sifatida (xuddi infinitiv), va qo‘shimcha (окончание) sifatida ham aniqlanadi. (ya’ni fe’l formalari yasalishida tushib qoladi va asosga kirmaydi) bu kabi holatlar ilmiy va o‘quv adabiyotlarda o‘z aksini topgan. Masalan, Akademicheskaya grammatika (1980), V.A. Beloshapkova tahriri asosida darslikda «Современный русский язык» (1981), infinitiv ko‘rsatkichlari maktab darsliklarida ham qo‘shimcha sifatida qaraladi. N.I. Shanskiy, A.N. Tixonovlarning 37 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 6 (2024) / ISSN 2181-3701 (1981), «Современный русский язык» hamda P.A. Lekantning darsliklarida esa– shakl yasovchi qo‘shimcha sifatida qayd etilgan. Xuddi shunday –чь suffiksi buyicha ham olimlar orasida har xil qarashlar kuzatiladi. Ba’zi ilmiy adabiyotlarda –чь asosning bir bo‘lagi, ya’ni shakl yasovchi -нулевой affiks sifatida ta’kidlanadi: masalan, беречь, стечь. L. Yu. Maksimovaning «Русский язык» (1987) darsligida -чь o‘zakning bo‘lagi sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Infinitivning eng muhim morfologik belgilaridan biri bu–tur (vid) hisoblanadi. Tur– harakatning natijasiga bo‘lgan munosabatini ifodalovchi -fe’l kategoriyasidir. Bu kategoriya rus tilidagi barcha fe’llarga tegishli bo‘ladi. Ikkala turdagi fe’llar turlar juftligini paydo qiladi, ularning lek

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В статье рассматривается, что в русском и узбекском инфинитив, языках глагол является самостоятельной частью речи, формальные показатели, которая занимает особое место в системе инфинитивных время, фор…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В статье рассматривается, что в русском и узбекском инфинитив, языках глагол является самостоятельной частью речи, формальные показатели, которая занимает особое место в системе инфинитивных время, фор… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
2181-3701/© 2024 in Science LLC, tur, infinitiv, zamon, tense, вид, species, formal ko‘rsatkichlar, видовая пара, species pair, formal indicators, инфинитив, формальные показатели, turlar juftligi, время, infinitive
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники