Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Роль творчества Чингиза Айтматова в литературе тюркских народов
Nargiza TOIROVA · Chinghiz Aitmatov (Fergana State University)
Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 253-257 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: Творчество Чингиза Айтматова занимает особое место в Чингиз Айтматов, литературе тюркских народов. В его произведениях с литература тюркских высоким художественным мастерством поднимаются народов, вопросы гуманизма, нравственных ценностей, сохранения национальные ценности, гуманизм, национальной идентичности. Герои Айтматова, отражая художественное историю, культуру и традиции тюркских народов, мастерство, обращаются и к общечеловеческим проблемам. В статье литературное наследие, анализируется вклад писателя в литературу тюркских общечеловеческие идеи. народов, гармония национальных и общечеловеческих идей в его произведениях. Chingiz To‘raqulovich Aytmatov 1928 yil, 12 dekabrda Qirg‘izistonning Talas vodiysi Shakar ovulida ma’rifatli oilada tug‘ildi. Uning otasi To‘raqul Aytmatov ziyoli shaxs bo‘lib, davlat arbobi va olim edi. Onasi Nagima Xazievna mahalliy teatrda aktrisa bo‘lgan. Yosh Chingiz dastlab rus-tuzem maktabida, so‘ng qirg‘iz maktabida o‘qidi. 1937 yildagi qatag‘on ularning oilasini ham chetlab o‘tmadi.Otasi To‘raqul Aytmatovga “xalq dushmani” degan ayb qo‘yilib, qatag‘on qilindi. Xuddi shu vaqtlarda bo‘lg‘usi yozuvchi insoniy g‘urur o‘gitini oldi. “Kimning o‘g‘lisan?” degan savolga buvisi boshini quyi solmasdan, odamlarning ko‘ziga tik qarab otasining ismini aytishga undadi. Ushbu hayot darsi uning hayot yo‘riqnomasiga, keyinroq ijod tamoyiliga aylandi. Urush yillarida oltinchi sinfni tugatgach, u Shakar ovulida kotiblik qildi, soliq agenti, traktorchilar brigadasida hisobchi bo‘lib ishladi. Chingiz Aytmatov Jambuldagi zooveterinariya texnikumida o‘qidi, so‘ng qishloq xo‘jalik institutining zootexnika fakultetida tahsilni davom ettirdi. Talabalik yillarida respublika matbuotida kichik xabarlar, lavhalar, ocherk va maqolalar yozib chop ettirdi. Xuddi shu yillarda filologiya sohasi bo‘yicha ilmiy izlanishlarini boshladi. Uning “Asliyatdan uzoq tarjimalar”, “Qirg‘iz tilining atamashunosligi haqida” kabi ilmiy maqolalari yaratildi. U qishloq xo‘jaligi institutini bitirgach, shu soha bo‘yicha 1956 yilgacha ishladi. Badiiy adabiyotga bo‘lgan oshuftalik uni Moskvadagi ikki yillik adabiyot institutiga yetakladi. Chingiz Aytmatov “Pravda” gazetasining Qirg‘izistondagi muxbiri, “Literaturniy Kirgizistan” jurnalining redaktori, Qirg‘iziston yozuvchilar uyushmasining raisi, “Inostrannaya literatura” jurnalining muharriri, Rossiyaning Lyuksemburg davlatidagi elchisi, “Issiqko‘l forumi”ning boshlig‘i, Qirg‘iziston kinematografchilar uyushmasi boshqaruvining raisi, “Turkiston umumiy uyimiz” deb nomlangan Markaziy Osiyo ijodkorlari tashkilotining boshlig‘i kabi vazifalarda faoliyat olib bordi. 1990—1994 yillarda sobiq ittifoq va Rossiyaning Benilyuksdagi elchisi, 2008 yilning martiga qadar Qirg‘izistonning Fransiya, Belgiya, Lyuksemburg, Niderlandiyadagi elchisi bo‘lib ishladi. 2006 yilda “Asr dastxati” kitobining nashrida ishtirok etdi. Aytmatovning "Tog‘ va cho‘l qissalari" turkumiga kirgan asarlari yuksak baholandi. Aytmatovning "Oqkema" (1970) qissasida insoniy go‘zallik, ezgulik va hayot ziddiyatlari, ekologiya muammolari teran tadqiq etiladi. "Oq kema" kinofilmi ham asar kabi shuhrat qozondi."Dengiz yoqalab chopayotgan olapar" (1977) qissasida muhim ma’naviy 254 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Issue – 2 № 6 (2024) / ISSN 2181-3701 masalalar, sho‘ro davridagi hayotning mash’um manzaralari o‘z ifodasini topgan. "Asrga tatigulik kun" (1980), "Qiyomat" (1986), "Kassandra tamg‘asi" (1990) romanlarida zamonamizning umuminsoniy tomonlari, ona Sayyoramizning taqdiri, kuchli falsafiy, axloqiy va ijtimoiy muammolar ko‘tarilgan. O‘tmishini unutgan, hissiz, hamma narsaga loqayd, itoat-u, buyruqni bajarishdan boshqa narsani bilmaydigan, tuyg‘u, noziq hissiyotlari so‘ngan manqurt obrazi tasviri Aytmatov ijodining muhim qirralaridan biri bo‘ldi [1]. Asar qahramonlarining hayoti shu tarzda kechib borar edi. Sultonmurot, ukasi Ajimirot va onasi otasini urushdan qaytib kelishiga umid qilishar va qattiq ishonishar edi, oilaning yumushlari esa uning o'zida va onasida edi. U tengdoshlariga nisbatan ancha baquvvat va jasur edi. Yozuvchi ta'rifida esa " Agar otasi urushdan eson-omon qaytib kelsa, mayli, uniki, faqat Ajimurotniki boʻla qolsin. Mayli, u Ajimurotni qoʻllaridan, yelkasidan tushirmasin.Faqat kelsa boʻldi.Ishqilib, nima boʻlsa ham u bilan eson-omon yuz koʻrishsin.Unga, Sultonmurotga ana shu baxtning oʻzi yetarli. Otasi qaytsa boʻlgani".Afsuski, bu kutish o'z samarasini bermadi. Bundan yashqari kitobda " Birinchi muallim" qissasi ham mavjud bo'lib, bir insonning chekka bir qishloqda o'g'il bolalarning va qizlarning ta'lim olishi uchun qilgan fidoiyliklarini yoritib beradi. Quyida qissadan parcha, "Aytganiday, Duyshen bilganlarini ayamasdan, sabr-toqat bilan bizga ta’lim bera boshladi. Har birimizning yonimizga kelib qalam ushlashni o‘rgatib bo‘lgandan keyin, biz eshitmagan gaplarni zo‘r ishtiyoq bilan tushuntir
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: Творчество Чингиза Айтматова занимает особое место в Чингиз Айтматов, литературе тюркских народов.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: Творчество Чингиза Айтматова занимает особое место в Чингиз Айтматов, литературе тюркских народов. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Chinghiz Aitmatov, artistic skill, литературное наследие, badiiy mahorat, humanity, национальные ценности, insoniylik, umuminsoniy g‘oyalar, гуманизм, turkiy xalqlar adabiyoti, литература тюркских народов, художественное мастерство, national values, общечеловеческие идеи, literature of the Turkic peoples, milliy qadriyatlar, universal ideas, literary heritage, Чингиз Айтматов, Chingiz Aytmatov, adabiy meros
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026