Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языковScientific supervisor: B.M.Nematov, Student: K.A.Abdukhakimova2016
Понятие "Гость" в узбекском языке и его этимология
Zilolakhon UMAROVA
Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 477-480 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: Данная статья посвящена изучению этимологии, понятие гостя, культурных и исторических корней понятия «гость» на этимология, узбекском языке. Рассматривается роль понятия «гость» в гостеприимство, социальной жизни, ценностях и обычаях узбекского народа. узбекские ценности, восточная культура, Научно обосновано происхождение слова «гость». Также социальные ценности. освещены ценности гостеприимства в национальных обычаях узбекского народа. В статье подчёркивается значение гостеприимства в национальной идентичности нашего народа и его роль в современной культурной жизни. Mehmon tushunchasi o‘zbek tili va madaniyatida chuqur ildizga ega bo‘lib, xalqimizning ijtimoiy hayoti, qadriyatlari va urf-odatlarida alohida ahamiyat kasb etadi. Mehmonni kutib olish va unga hurmat ko‘rsatish o‘zbeklar uchun nafaqat ijtimoiy vazifa, balki milliy o‘zligini mustahkamlash, xushmuomalalik va mehnatsevarlikni namoyon etishning muhim ko‘rinishi hisoblanadi. Ushbu konsept asrlar davomida shakllanib, o‘ziga xos madaniy va diniy jihatlarni qamrab olgan. O‘zbek xalqining mehmondo‘stlik an’analari tarixiy va madaniy ildizlar bilan bog‘liq bo‘lib, har bir oila, jamiyat va millatning ijtimoiy munosabatlarini tartibga solishda va jamiyatning barqaror rivojlanishini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Mehmon so‘zining etimologiyasi asli fors tilidagi “ulug‘” ma’nosini anglatuvchi “meh” sifatiga borib taqaladi. Ushbu sifatga “o‘xsha-” ma’nosini anglatuvchi “manestan” fe’lining hozirgi zamon shakli “man” qo‘shilib, “mehman” yoki “muhman” shakllari hosil bo‘lgan.[3] Bu shakllar aslida “ulug‘sifat kishi”ni bildirgan (O‘TEL, III, 136). Sh. Rahmatullayev “mezbon” so‘zini “miz” (dasturxon yoziladigan kursi) va “qara-” ma’nosini anglatuvchi “-bon” qo‘shimchasidan hosil bo‘lganini ta’kidlaydi (O‘TEL, III, 136).[1] D. Edelman fikricha, “mehman” so‘zi dastlab “qurbonlik mahsulotlari iste’mol qilinadigan taomlanish”, “ziyofat” yoki “yoyilgan mato” ma’nolaridagi “mēz” / “myz” so‘ziga “qo‘riqlash, himoya qilish, g‘amxo‘rlik qilish” ma’nosini anglatuvchi *pā komponenti qo‘shilishidan hosil bo‘lgan.[2] Mehmon so‘zining shakllanishi va madaniy semantikasi ko‘plab xalqlarning ijtimoiy hayoti va urf-odatlari bilan uzviy bog‘liqdir. Mehmon tushunchasining tarixiy ildizlari qadimgi Sharq madaniyatlariga, xususan, Bobil va Misr sivilizatsiyalariga borib taqaladi. Bu madaniyatlarda mehmonni kutish va unga hurmat ko‘rsatish maxsus diniy marosimlar va ijtimoiy me’yorlar bilan bog‘langan edi. Bobil madaniyatida mehmon kutish jarayoni diniy va ijtimoiy ahamiyat kasb etgan. Mehmon kelishi nafaqat mehmondo‘stlikni namoyish etish, balki diniy ibodatlar bilan ham birga olib borilgan. Mehmon uchun farovonlik va baraka tilash an’analari mavjud bo‘lib, uning kelishi oilaning ijtimoiy mavqeini va barakani oshiruvchi voqea sifatida qabul qilingan. Shu bilan birga, mehmonning salomatligi va xavfsizligi uchun maxsus ibodatlar o‘tkazilgan. Mehmonning xonadonga kirishi jamiyatda o‘sha oilaning obro‘si va farovonlikka intilish belgisini aks ettirgan. Misr madaniyatida esa mehmon kutish an’anasi diniy va ijtimoiy kontekstda amalga oshirilgan. Mehmon kelganida, uning xavfsizligini ta’minlash va farovonlikni oshirish 478 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701 maqsadida ibodatlar o‘tkazilgan. Mehmonni xursand qilish uchun turli marosimlar uyushtirilgan va sovg‘alar taqdim etilgan. Mehmon kelishi oila yoki jamiyatga baraka va farovonlik olib keluvchi voqea sifatida qaralgan. Bu an’ana jamiyatdagi diniy va ijtimoiy tartib-qoidalarga bo‘ysunishni ham ifodalagan.[7] Umuman olganda, Bobil va Misr madaniyatlarida mehmonni kutish diniy va ijtimoiy hayotning ajralmas qismi bo‘lgan. Mehmon kelishi baraka, farovonlik va hurmatning belgisi sifatida qaralib, mehmondo‘stlik faqat shaxsiy ehtirom emas, balki jamiyatning umumiy ahvolini mustahkamlash vositasi sifatida qadrlangan. Bu madaniyatlarda mehmonni ifodalovchi leksemalar “mehman” yoki “mähmän” shaklida ishlatilgan bo‘lib, ular mehmon kutishning diniy va ijtimoiy ahamiyatini aks ettirgan.[5] Qadimgi Eron va O‘rta Osiyo xalqlarining diniy-ma’naviy hayotiga oid muhim yozma manba bo’lmish Avestoda ham mehmon tushunchasi insonlar o‘rtasidagi ijtimoiy aloqalar, hurmat va mehmondo‘stlik qadriyatlari bilan bog‘liq holda talqin etilgan. Mehmonni qabul qilish va unga ehtirom ko‘rsatish oliy burch sifatida tasvirlangan: “Ahura Mazda insonlarga mehmonni kutib olish va unga g‘amxo‘rlik qilishni buyuradi, chunki mehmon – farovonlik va baraka timsolidir. Mehmonlarni e’zozlagan uylarga xudoning rahmati yog‘ilur” (Yasna 16.3). Shuningdek, mehmondo‘stlikni rad etish yoki mehmonni hurmatsizlik bilan qabul qilish yomonlik sifatida baholangan: “Kimki mehmonni rad etsa yoki unga zarar yetkazsa, u Ahura Mazda ko‘z o‘ngida jinoyatchidir va o‘z gunohining jazosini olgay” (Vendidad 3.2).[6] Bu ma’lumotlar mehmon tushunchasinin
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: Данная статья посвящена изучению этимологии, понятие гостя, культурных и исторических корней понятия «гость» на этимология, узбекском языке.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: Данная статья посвящена изучению этимологии, понятие гостя, культурных и исторических корней понятия «гость» на этимология, узбекском языке. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- concept of a guest, its place in today's cultural life, узбекские ценности, etymology, этимология, Uzbek values, гостеприимство, sharq madaniyati, ijtimoiy qadriyatlar, hospitality, социальные ценности, o‘zbek qadriyatlari, social values, mehmondo‘stlik, восточная культура, Mehmon tushunchasi, Eastern culture, понятие гостя, etimologiya
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025