К содержанию
РецензированоRU2024

Выражение энантиосемии в процессе перевода как пример современной корейской литературы

Feruza ALIKULOVA

Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 435-443 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье рассматривается использование текст, энантиосемических единиц в современной корейской литературе и их перевод. Автор размышляет над аспектами, 1 Teacher, Uzbekistan State World Languages University. Tashkent, Uzbekistan. E-mail: aliqulovaf1307@gmail.com Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701 культурные различия, которые переводчику следует учитывать при переводе семантические явления энантиосемии, и исследует примеры переводов в эквиваленты, ироническая рамках современной корейской литературы. энантиосемия, синтаксическая структура. Murakkab antroposentrik jarayon bo‘lgan muloqotda inson omili yetakchilik qiladi. Muloqot jarayoniga inson nutqiy vaziyat va sharoitni, makon va zamonni, tinglovchining xususiyatlari va holati kabi omillarni hisobga olgan holda kirishadi. Enantiosemik so‘zlar o‘zining qarma-qarshi ma’nolari bilan tilni nozik farqlar, ikki ma’nolilik va ko‘p qirralilik bilan boyitadi. Ular semantik evolyutsiya, kontekstual o‘zgaruvchanlik va madaniy ahamiyatga ega bo‘lib, muloqot jarayonini, badiiy ifodani va kognitiv muammolarni kuchaytiradi. Enantiosemiyani tushunish tilning chuqurligi va murakkabligini tushunish, samarali muloqot va tilda so‘zlashuvchi xalqlarning madaniyati bilan tanishishda madaniy savodxonlikni rivojlantirish uchun juda muhimdir. Demak, tilning ushbu hodisasi to‘g‘risida chuqur o‘rganish til o‘rganayotgan har bir o‘quvchi uchun muloqot jarayonini qiyinchiliksiz olib borishda, tinglayotgan va o‘qiyotgan ma’lumotlarini oson tushunishga, tarjima jarayonida g‘alizlik va tushunmovchiliklar bo‘lmasligiga yordam beradi. Enantiosemiya, shuningdek, amfiboliya yoki semantik noaniqlik deb ham izohlanadi, so‘z yoki ibora ikki yoki undan ortiq zid ma’noga ega bo‘lgan lingvistik hodisani anglatadi. Tarjima jarayonida enantiosemiya qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin, chunki tarjimon matnning mo‘ljallangan ma’nosini nihoyatda sinchkovlik bilan to‘g‘ri yetkazishi, va tarjima qilingan tilda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tushunmovchilik yoki chalkashliklar ehtimolini hisobga olishi kerak. Tarjima qilinayotgan matn ko‘zda tutilgan mazmunni aniq, samarali yetkazishini ta’minlash uchun kontekst, madaniy farqlar, lingvistik ekvivalentlarni diqqat bilan ko‘rib chiqish talab qilinadi. Enantiosemiyani tarjima qilish jarayonida tajimon diqqat bilan ko‘rib chiqishi va e’tiborga olishi kerak bo‘lgan quyidagi jihatlar mavjud: 1. Matnni tushunish. Enantiosemiyani ma’nosini ochish uchun ko‘pincha berilayotgan matnga tayaniladi. Tarjimonlar noaniq atamalar yoki iboralarning mo‘ljallangan ma’nosini aniqlash uchun dastlab matndagi kontekstual ishoralar orqali so‘zning qanday ma’noda kelayotganini taxmin qilib olishi kerak. Enantiosemik ma’nolarning nutqda namoyon bo‘lishida eng bosh omil bu matn hisoblanadi. Keng ma’noda, matn enantiosemiya hodisasining mavjudligi sababi sifatida ko‘riladi: “Ba’zi holatlarda matn bir so‘zning turli ma’nolarini yanada keskinroq birlashtirib beradi” [4, b. 20]. 나는 과연 피로를 이 이상 견디기가 어려웠다. 나는 가까스로 내 집을 찾았다. 나는 내 방을 가 려면 아내 방을 통과하지 않으면 안 될 것을 알고, 아내에게 내객이 있나 없나를 걱정하면서 미 닫이 앞에서 좀 거북살스럽게 기침을 한 번 했더니, 이것은 참 또 너무도 암상스럽게 미닫이가 열리면서 아내의 얼굴과 그 등 뒤에 낯설은 남자의 얼굴이 이쪽을 내다보는 것이다. 나는 별안 간 내어 쏟아지는 불빛에 눈이 부셔서 좀 머뭇머뭇했다 [7]. Obdon toliqqach, men o‘z uyimni zo‘rga qidirib topdim. Xonamga faqat xotinimning xonasi orqali kirish mumkin edi. Men xotinimning oldida mehmonlari bo‘lmasa edi, deb tashvishga tushdim. Eshik oldiga kelganda men ohista yo‘talib qo‘ydim. Eshik o‘z-o‘zidan ochildi va men o‘z qarshimda xotinimning menga qaragan yuzini, uning orqasida esa notanish erkakning basharasini ko‘rdim. Men qo‘qqisdan tushgan yorug‘likdan ko‘zlarim qamashib, esankirab qoldim [2]. 436 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701 XX asr birinchi yarmida koreys adabiyotining ko‘zga ko‘ringan namoyondalaridan biri bo‘lgan Li Sanning “Qanotlar” hikoyasida 과연 so‘zi berilgan holatning darajasiga urg‘u berib kelmoqda. So‘zning dastlabki ma’nosi fikrning tasdig‘ini bildiruvchi “rostdan ham, haqiqatdan ham” ma’nosini beradi. Ammo, so‘roq gaplarda kelganda ushbu ravish ikkilanish, shubha ma’nolariga ega bo‘ladi. Shim Xunning “Sang Nok Su” asaridan keltirilgan parchaga diqqat qiling: 한편으로 교인들은 예배당에 모여서 밤늦도록 기도를 올린다. “저희들을 창조하시고 길러 주시는 아버지시여, 당신이 모처럼 이 땅에 내려 보내신 귀한따님을 왜 어느새 부르려 하십니까? 이것이 과연 당신의 뜻이오니까?... [10]” Bir tomondan cherkov a’zolari ibodatxonalarda yig‘ilib, kechgacha ibodat qilishadi. – Bizni yaratgan, voyaga yetkazgan Xudo, uzoq vaqtdan keyin bu yerga tushirgan aziz qizingni nega endi chaqiryapsan? Bu rostdan ham sening xohishingmi? 2. Madaniy farqlar. Mavjud bo‘lgan madaniy o‘ziga xoslik va farqlar tilning tarjima qilinishida sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunda tarjimon til va madaniyatning bog‘liqligi, tilda so‘zlashuvchi xalqnin

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье рассматривается использование текст, энантиосемических единиц в современной корейской литературе и их перевод.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье рассматривается использование текст, энантиосемических единиц в современной корейской литературе и их перевод. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
DOI: https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss5/S-pp435-443, madaniy farqlar, semantik ekvivalentlar, текст, ironik enantiosemiya, ироническая энантиосемия, cultural differences, культурные различия, syntactic structure, text, semantic equivalents, ironic enantiosemy, sintaktik tuzilish., семантические эквиваленты, синтаксическая структура, matn
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники