Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
Семантическое развитие глаголов “feorrian, fyrsian, feorsian” и глаголов направления, которые включаются в 4 категории древнеанглийского языка
Sitora MARDONOVA · Keywords: -/© in Science LLC. (Samarkand State Institute of Foreign Languages)
Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 411-420 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье анализируется семантическая структура диахроника, некоторых глаголов движения в английском языке, на типология, основе которой определяются конкретные определенные симема, структуры и разграничения семантического поля глаголов, значение, семантика, принадлежащих к этой группе, и семантической форма, классификации лексем данной группы глаголов для пространство, выявления их общей, объединяющей, дифференцирующей семема, семантики. глаголы действия, дифференциация, глаголы направления. KIRISH QISMI. Holat hamda neytral harakat fe’llariga qaraganda yo‘nalish harakat fe’llari kamchilikni tashkil etadi. Ammo yo‘nalish harakat fe’llari kamchilikni tashkil etsada, qadimgi ingliz tilida tez-tez qo‘llanilgan. Shuning uchun yo‘nalish harakat fe’llari semantik taraqqiyotiga hech qanday chegara qo‘yilmagan. Qadimgi ingliz tilida yo‘nalish harakat fe’llari kodlangan ma’noga ega bo‘lib ularning sof ma’nosi kamdan kam hollarda uchragan. Masalan qadimgi “scipian” “to take ship” ya’ni “kemaga chiqish” ma’nosidagi yo‘nalish harakat fe’li “kemaning ichiga qarab harakatlanish” aniqrog‘i “ichkariga harakat” kabi ma’noga asoslangan ya’ni faqatgina kemaga nisbatan bajarilayotgan harakat ma’nosini ifodalagan (Talmi 1975, 1985 – 85 b). Qadimgi ingliz tilida yo‘nalish harakat ma’nosida kelgan fe’llar ko‘plab qo‘shimcha tushunchalarga ega bo‘lgan va ushbu fe’llar sof yo‘nalish harakat sifatida ishlatilmagan. Ushbu qarashlar juda ko‘p tortishuvlarga sabab bo‘lgan va natijada qadimgi ingliz tilidagi sof yo‘nalish harakat fe’llari inventarizasiyaga uchragan va qadimgi Lotin tili yoki Fransuz tilidan o‘zlashtirilgan (Herbst & Klotz 2003: 107– 23; Svensén 2009: 253–79). Yuqorida keltirilgan fikrlarning isbotini maqolaning asosiy qismida keltirilgan misollar bilan ko‘rsatib berishga harakat qilamiz. ASOSIY QISM. Masalan: 1 misol: gif hi hwylcne man on ðam landum ongitað oððe him hwylc folligende bið, þonne feorriað hi & fleoð. Yuqorida keltirilgan 1-misolda qadimgi ingliz tilidagi “feorrian” yo‘nalish harakat fe’li “uzoqlarga ketish, ketish” ma’nosida ishlatilgan. Ushbu fe’l o‘zi bilan albatta qo‘shimcha ya’ni “uzoqlarga” ma’nosini ifodalab kelgan. Qadimgi lotin tilidan tarjima qilinganda “longe fugiunt” ya’ni “uzoqlarga ketmoq va qochib ketmoq” ma’nolarini ifodalab kelgan. Shunday qilib ushbu fe’l o‘zida “uzoqlarga” kabi ma’noni mujassamlashtirgan. “Uzoq” ma’nosidagi qo‘shimcha komponent dan tashqari “feorrian” fe’li sof yo‘nalish harakat fe’liga mos keladi. Qadimgi ingliz tilida “feorrian” fe’li “jilo, jilolanish” kabi ma’nolarni ham ifodalab kelgan. Qadimgi lotin tilining “elongare” fe’lidan kelib chiqgan. Demak bundan ko‘rinib turibdiki, qadimgi lotin tilidan kelib chiqgan “elongare” fe’li 412 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701 qadimgi ingliz tili “feorrian” fe’li bilan morfologik jihatdan o‘xshash bo‘lib bunda “longus” “long, far” va qadimgi ingliz tili “feor” “far” ma’nolarini ifodalagan. Fanegoning ta’kidlashicha yuqorida keltirilgan misollar morfologik tahlilar hamda har bir bo‘g‘inning ma’nosini yetkazib berish uchun tadbiq etilgan (Fanego, 2012; 40-44). Qadimgi “(for)lǣtan” fe’lining semantik taraqqiyoti. Qadimgi “(for)lǣtan” fe’li ko‘pincha “to leave” “tark etish” ma’nosida ishlatilgan. “Fæder va modor, þæt child, hine” fe’llari kabi nafaqat joylarni balki insonlarni tark etish ma’nolarida ham ishlatilgan (2 misol a-c). 2 misol: a) for ðan forlæt se man fæder & modor, & geðeot hine to his wife. b) þa cyrdon heo ham mid þam & þæt child forlæten æt þam temple mid þam oðre femnen. c) he wearð þa gebunden and to ðam lande gelæd, and forleton hine þær to anum treowe huxlice gebundenne. Yuqorida keltirilgan 2 (a) misolida qadimgi ingliz tilida ishlatilgan “(for)lǣtan” fe’li insonlarni tark etish ma’nosida ishlatigan. Bunda “insonlardan uzoqlarga ketish yoki ulardan yiroqlashish” ma’nosi sifatida ishlatilgan. 2 (b) misolida ushbu fe’l “tashlab ketmoq” ma’nosida ishlatilgan. 2 (c) misolida ushbu fe’l “majburlab tashlab ketmoq” ma’nosida ishlatilgan. Narsa yoki shaxsga nisbatan “forlǣtan” fe’lining ma’nolari orasida “orqada qoldirish”, “yaqinda qoldirish, e’tiborsizlik, qarovsiz qoldirmoq”, “tashlab ketmoq, butunlay tark etmoq, aloqani uzmoq” ma’nolari ham ishlatilgan. Semantik ta’sirlanishda “manba va maqsad” yoki “devor va shahar” ma’nolarida keltirilgan (3 misol a,b,c). 3 misol: a) hig þa forlættan þone wall & heora burh, & flugan onwæg (Fanego, 2012: 30). b) ðes ilces geares com se abbot Heanri of Angeli æfter Æsterne to Burch & seide þet he hæfde forlæten þone mynstre mid ealle. c) ac ic wille nu þurh Godes wissunge þa forlætenan mynstru on minum anwealde gehwær mid munecum gesettan & eac mid mynecenum & Godes lof geedniwian ðe ær wæs forlæten (Fanego, 2012: 50). Yuqorida keltirilgan misollardan kelib chiqib, “(for)lǣtan” fe’li qaratqich kelishigida bironbir insonni tark et
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье анализируется семантическая структура диахроника, некоторых глаголов движения в английском языке, на типология, основе которой определяются конкретные определенные симема, структуры и р…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье анализируется семантическая структура диахроника, некоторых глаголов движения в английском языке, на типология, основе которой определяются конкретные определенные симема, структуры и р… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- 2181-3701/© 2024 in Science LLC, семантика, differentiation, space, глаголы направления, Diaxronik, shakl, типология, дифференциация, makon, path verbs, differensiya, tipologiya, пространство, semantika, form, ma’no, значение, typology, meaning, simema, semantics, симема, diachronic, форма, семема, глаголы действия, yo‘nalish harakat fe’llari, hаrakat fe’llari, verbs of action, диахроника
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025