Иностранная филология: язык, литература, образованиеШамахмудова Азиза2019
Выражение нежелания в категории желания
Kamoldin UMAROV
Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 29-32 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: В статье рассматривается лингвистическое описание категория, категории желания и ее основных свойств. В рамках данной категория желания, категории подчеркивается, что важную роль играют желательность- противопоставление желательности и нежелательности и нежелательность. характер градации. Также для формирования желания как 1 PhD, Department of Uzbek linguistics, Andijan State University. Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 6 (2024) / ISSN 2181-3701 языковой категории в качестве теоретической основы показано наличие определенной смысловой основы, средств и способов выражения нежелания. Tilshunoslikda kategoriya tushunchasi muayyan maʼno va shakllar tizimidan iborat bo‘lib, keng maʼnoda fonetik, leksik yoki semantik hodisalar tizimidan ham tashkil topishi mumkin. Xususan, istak kategoriyasi – o‘z ifodalanish vosita va usullariga, voqelanish omil va imkoniyatlariga, intralingvistik va ekstralingvistik xususiyatlariga ega bo‘lgan psixolingvistik hodisa sifatida semantik, leksik, grammatik va uslubiy aspektlar nuqtai nazaridan o‘rganish obyekti bo‘la oladi [1]. Shuningdek, istak maʼnosining mavjud bo‘lishida istalganlik/istalmaganlik tarzidagi zidlik oppozitsiyasi hamda darajalanish xossasi mazkur kategoriyani voqelantiruvchi omillar hisoblanadi[2]. Kategoriya doirasida umumlashganlik borliqning har qanday unsuri uchun, xususan, til birligi uchun ham yashash shartidir. O‘ziga xos mazmuniy doirasi, ifoda vositalari va ifoda usullarining mavjudligi xohish-istakning lisoniy kategoriya sifatida belgilanishi uchun nazariy asos bo‘la oladi[3]. O‘zbek tilida istamaslik ma’nosining kommunikativ-semiotik hamda formal jihatdan tadqiq qilish zarurati mavjud. Mantiqiy mazmun nuqtai nazaridan istamaslik tushunchasini ikki xil talqin qilish mumkin: 1) biror narsaga, harakatga istak yo‘qligi; 2) noxush, qiyin yoki o‘ziga yoqmagan narsani qilmaslik, (ya’ni, qadriyatlarga qarshi bormaslik istagi). 1) Qishloq guzariga yetmay, u o‘ngga – tor ko‘chaga burildi; odamlarga ko‘rinishni istamadi. Eski tegirmon tomondan yurib, deyarli hech kimni uchratmadi. (O‘. Usmonov, “Qismat”) 2) Uch yil davomida u deyarli uyidan chiqmadi, hech kimni ko‘rishni xohlamadi, faqat tinmay yig‘ladi. 16 yil o‘tgachgina nihoyat o‘ziga keldi va hayotdan zavqlana boshladi. (Internetdan) Birinchi va ikkinchi misolda shaxsning kayfiyati yo‘q edi, shuning uchun odamlarga ko‘rinishni istamadi. Ya’ni, bizningcha, istamaslikning tub mohiyatida istak turadi – bunda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatga qarshilik, shu holatning (birinchi misolda odamlarga ko‘rinish, ikkinchi misolda birovni ko‘rish) yuz bermasligini istash aks etadi. Demak, yuqoridagi misollarda harakatga istak yo‘qligi, istamaslik kayfiyati ifodalanmoqda. Quyidagi misollarga e’tibor bering: 3) Axir sizning oilangiz bor. Ulardan kecholmaysiz. Men esa, nikohsiz birovga turmushga chiqolmayman. Shuning uchun, taklifim munosabatlarimiz avvalgidek, do‘stona qolaversin. Men birovga zararim tegishini istamayman. Birovning baxtsizligi evaziga baxtli bo‘lolmasligimni yaxshi bilaman. (Dilbar Barotova, “Buni hayot deydilar”) Ushbu misolda ayolning o‘z istagiga qarshi borib, birovning baxtsizligi evaziga oila qurishni istamasligi uning qadriyatlarni aziz bilishini, olijanobligini ko‘rsatadi. 4) Muxbir so‘ramish, kotib aytmish o‘sha bandai mo‘minlar ko‘z o‘ngidan bir-bir o‘tdi: Xolliev, Saidov, To‘raeva... Bu bandayi mo‘minlar... bu bandayi mo‘minlar bundan besh-olti yil muqaddam... rahmatlik bo‘lib edi... Shu-shu, Qoplon kotib yuzini ko‘rmadi. Ko‘rishni-da xohlamadi. Kotibni esladi – seskandi, eti jimirladi. Kotibni esladi – bosh chayqadi, yoqasiga tufladi. Ko‘rmish- kechirmishlarini elga joriy etmoqchi-da bo‘ldi. Yana tag‘in shashtidan qaytdi. (Tog‘ay Murod, “Oydinda yurgan odamlar”). 30 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 6 (2024) / ISSN 2181-3701 Yuqoridagi misolda kotibning jirkanch qilmishi – vafot etib ketgan kishilarning nafaqalarini olib yurganligiga beixtiyor guvoh bo‘lib qolgani sababli uni ko‘rishni ham, u bilan gaplashishni ham mutlaqo istamaydi, undan qattiq jirkanadi, iztirob chekadi. O‘zbek tilida istamaslik mazmuni istamadi, xohlamaydi kabi bo‘lishsiz fe’llar, shuningdek, xushi yo‘q, tobi yo‘q, tobi toqati yo‘q (tobu toqati yo‘q), rayi bo‘lmadi kabi birikmalar bilan ifodalanadi. Ushbu so‘zlarning “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dagi izohlari quyidagicha: Xushi yo‘q – Xohlamaslik, yoqtirmaslik; xohishi yo‘q. (O‘TIL, 4-jild, 430-b.). Kuyib ketdi bag‘ir, ammo, yo‘q taskin, Xushim yo‘q yig‘i-yu azalarga. (Muslimbek Musallam) Ustaning ovqatga unchalik xushi yo‘q ekan. Orastaxon olib kelgan jarkopga qayrilib ham qaramadi. (Said Ahmad, “G‘ildirak”). So‘nggi misoldagi “…qayrilib ham qaramadi” birikmasida ham xohish-istakning yo‘qligini kuzatish mumkin. O‘g‘li xushiga kelsa ikki enlik x
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В статье рассматривается лингвистическое описание категория, категории желания и ее основных свойств.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В статье рассматривается лингвистическое описание категория, категории желания и ее основных свойств. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- category, category of desire, категория, istalganlik-istalmaganlik, желательность-нежелательность, kategoriya, desirability-undesirability, xohish-istak kategoriyasi, категория желания
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025