К содержанию
РецензированоRU2024

Лексико-семантическая реализация синонимов в публицистике Хуршида

of Khurshid Davron · Khurshida SULTANOVA

Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 253-261 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье анализируются статьи писателя, публицистика, публициста Хуршида Даврона и выделяются лексико- публицистический стиль, семантические особенности используемых в статьях художественный стиль, синонимов. В частности, генеалогически исследованы синоним, лексическая единица, синонимы в статьях и интервью под названием «Самая лексико-семантический, жизненная сказка», «Удовольствие от наполнения жизни генеалогический анализ. смыслом», «Белые краски детства». Также изучена соответствующая литература по теме статьи и представлены результаты анализа. В результате на примерах проанализирована художественно-эстетическая сила и влияние публицистики Хуршида Даврона. Publitsistik uslub tilining asosiy xususiyatlaridan biri unda badiiy uslub elementlarining mavjudligidir, ya’ni xuddi badiiy uslub singari undagi tasvirlash vositalarining estetik vazifa bajarishidir. Mana shu jihati bilan u badiiy uslubga juda yaqinlashadi. Ushbu uslubda muallif hayotiy masalalarni mantiqiy mulohaza, hozirjavoblik, dalil va asoslar bilan tushuntirishda, isbotlashda, o‘quvchini bunga ishontirishda, his-tuyg‘ularga ta’sir etishda tarixiy va arxaik so‘zlarga, ko‘chma ma’noli so‘zlarga, emotsional bo‘yoqdor so‘zlarga, ma’nodosh, shakldosh va zid ma’noli so‘zlarga, shuningdek, ibora, maqol va matal kabi birliklarga murojaat qiladi. Sinonimlar fikrni ta’sirchan, bo‘yoqdor va aniq ifodalash nuqtai nazaridan publitsistik uslub tilining ham boy va rang-barangligini belgilaydi. Shu boisdan publitsistlar ham ulardan mohirlik bilan foydalanish uchun harakat qiladilar. Shaklan har xil, ammo bir tushunchani turli ma’no nozikligi bilan ifodalaydigan leksemalarga sinonim (gr.synonymos-“bir nomli”) deyiladi. Sinonim leksemalar orasidagi munosabat sinonimiya yoki sinonimik munosabat deb yuritiladi [1, b.131]. Sinonim so‘zlarning ma’nolari, hosil bo‘lish yo‘llari, uslubiy qo‘llanishlari bir qator tadqiqotlarda o‘rganilgan [2]. Publitsistik asarlarda qo‘llangan sinonimlarning leksik-semantik tabiati Behbudiy, Cho‘lpon va Ozod Sharofiddinov maqolalari misolida o‘rganilgan [5, 6, 7]. Xurshid Davron publitsistikasida tilning maxsus vositasi hisoblangan leksik- semantik munosabatlarning voqelanishi o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘lgan, leksemalararo sinonimlik, antonimlik, graduonimlik, o‘xshatish vositalaridan o‘rinli va unumli foydalanilgan. Jumladan, ma’nodosh so‘zlar, ya’ni sinonim so‘zlarning qo‘llanishi ham publitsistik uslub rang-barangligini ta’minlashga xizmat qilganligini ko‘rishimiz mumkin. Maqolalar matnida qo‘llangan ma’nodosh so‘zlarni semantik tabiati nuqtayi nazaridan quyidagicha guruhlashtirish mumkin: 1. O‘zlashma qatlamga oid leksik sinonimlar: Ma’lumki, o‘zbek tiliga turli davrlarda, turli tillardan o‘zlashgan so‘zlar bir qator tadqiqotlarda o‘rganilgan. Ko‘pchilik tilshunoslarning ishlarida o‘zlashgan so‘zlarning genetik tarkibi, ma’no xususiyatlari hamda ularning lug‘aviy-ma’noviy guruhlari yoritilgan. 254 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701 Tadqiqotlardan ma’lumki, o‘zbek tiliga o‘zlashgan so‘zlarning asosiy qismini arabcha, fors-tojikcha, ruscha so‘zlar tashkil qiladi. Xurshid Davron maqolalari tahlili shuni ko‘rsatdiki, yozuvchi publitsistikasi tilida sinonim leksemalarning asosan gibrid (qorishiq) ko‘rinishi ko‘p uchraydi. a) arabcha o‘zlashmalar asosidagi sinonimlar. Tilimiz tarixidan ma’lumki, o‘zbek tiliga arab tilidan kirgan hamda uzoq davrlar mobaynida mumtoz adabiyotimiz va tarixiy manbalarda qo‘llanib kelinayotgan arabcha o‘zlashmalar miqdori ko‘pchilikni tashkil qiladi. Xurshid Davron ham o‘z maqolalarida arabcha o‘zlashma so‘zlardan unumli foydalangan: “Kichkina Shahzoda” asari mazmunan va mohiyatan jahon adabiyotidagi biron bir asarga o‘xshamaydi.” Muallifning “Eng hayotiy ertak” nomli maqolasidan olingan mazkur parchada mazmunan, mohiyatan leksemalari sinonim tarzida qo‘llangan. Bu ikki leksemaning ma’no xususiyati lug‘atlarda qiyidagicha ifodalangan: MAZMUNAN. Bu so‘z arabcha madmūn(un) shakliga ega; asli ko‘p ma’noli damina fe’lining “tarkibida bor bo’ldi” ma’nosi bilan hosil qilingan I bob majhul nisbat sifatdoshi bo‘lib, aslida “ma’no anglatuvchi” ma’nosini anglatgan, keyinchalik “ma’no”, “ma’no mundarijasi” kabi ma’noni anglatishga xizmat qilgan, o‘zbek tiliga keyingi ma’nosi bilan qabul qilingan. Mazmunan so‘zi esa mazmun (“ma’no anglatuvchi, ma’no mundarijasi”) so‘zining tushum kelishigi shakli bo‘lib, ma’no taraqqiyoti natijasida “mazmun jihatidan” kabi ma’noni anglatuvchi ravishga aylangan [9, II, b. 225] MOHIYATAN. Bu arabcha ot so‘z māhiyat(un) shakliga ega bo‘lib, o‘zbek tiliga cho‘ziq ā unlisini â unlisiga almashtirib qabul qilingan: māhiyat mâhiyat (mohiyat). Mohiyatan so‘zi mohiyat (“haqiqat, har narsaning tub-negizi”) so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “narsa, voqea-hodisalar asosida yotuvchi eng muhim ma’no, ichki mazmun” ma’nosini anglatadi [9, II, b. 227]. “O

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье анализируются статьи писателя, публицистика, публициста Хуршида Даврона и выделяются лексико- публицистический стиль, семантические особенности используемых в статьях художественный сти…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье анализируются статьи писателя, публицистика, публициста Хуршида Даврона и выделяются лексико- публицистический стиль, семантические особенности используемых в статьях художественный сти… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
journalism, and aesthetic power and effectiveness of Khurshid Davron's, художественный стиль, journalistic style, lexical unit, sinonim, genealogik tahlil, лексическая единица, lexical-semantic, artistic style, publitsistika, генеалогический анализ, genealogical analysis, лексико-семантический, leksik birlik, publitsistik uslub, badiiy uslub, synonyms, leksik- semantik, синоним, публицистический стиль, публицистика
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники