Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
Использование окказиональных фразеологизмов в поэме “Лейли и Меджнун”
Durdona YUNUSOVA
Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 262-267 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье рассматриваются фразеологические фразеологизм, единицы, использованные в поэме Алишера Навои «Лейли и общеязыковые Меджнун», а также анализируются функционально- фразеологизмы, семантические особенности окказионального характера окказиональные фразеологизмы, фразеологизмов. переносное значение, свободное словосочетание, изофетное сочетание. Ma’lumki, tilning boshqa vositalari singari frazeologizmlarni ham oddiy, odatdagi umumtil qo‘llanishida uning shakli ham, mazmuni ham o‘zgarmaydi. Lekin taniqli so‘z san’atkorlari frazeologizmlarni ijodiy talab nuqtayi nazaridan qo‘llab, ularni “yoshartiradilar”, uslubiy samaradorligini, ta’sirchanlik darajasini oshiradilar. Ana shunday hollarda frazeologizmning uslubiy imkoniyatlari bir necha baravar ortadi. Frazeologizmlar ustida bunday san’atkorlik bilan ish tutish uslubshunoslikda “frazeologik novatorlik” deb yuritiladi. O‘zbek tilshunosligida bu atama haqida tilshunos olim I.Qo‘chqortoyev “Yozuvchining til vositalaridan ijodiy-individual foydalanishi o‘rganish faqat nazariy jihatdagina emas, balki amaliy jihatdan ham katta ahamiyatga egadir. Yozuvchining tildan foydalanish mahoratini o‘rganish bir tomondan, uning individual uslublarini badiiy mahoratini chuqurroq imkon bersa, ikkinchi tomondan, adabiy til taraqqiyotining ko‘pgina nazariy masalalarini to‘g‘ri hal etishga yordam beradi”, – degan fikrlarni keltiradi. I.Qo‘chqortoyevning ana shu fikrlariga asoslanib, ulug‘ shoir Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostonida yangi, okkazional xarakter kasb etgan frazeologizmlardan foydalanishdagi mahoratini, shunday frazeologizmlarni hosil qilish usullarini tahlil qilishga harakat qildik. Alisher Navoiy oddiy so‘z birikmalarini ko‘chma ma’noda qo‘llab, frazeologizmga aylantirish usullaridan keng foydalangan. Masalan, tilimizda “qasr quqmoq, qasr tuzmoq” erkin birikmalari juda qadimdan qo‘llanadi. Shoir “Layli va Majnun” dostonida ana shu erkin birikma oldidan mavhum “adl/adolat” so‘zini qo‘shib, “adl qasrini tuzmoq” frazeologizmini hosil qilgan. Bu frazeologizm “adolat o‘rnatmoq, adolat qo‘rg‘onini mustahkam qilmoq” ma’nolarini bildirishga xizmat qilgan: Zinhorki zulm rishtasin uz, Insof ila adl qasrin tuz. (L.M., 96 a13) Keltirilgan baytning dastlabki misralarida qo‘llangan “zulm rishtasini uzmoq” frazeologizmi “adl qasrini tuzmoq” frazeologizmi bilan o‘zaro zid ma’nodoshlik hosil qilgan. Xuddi shuningdek, “dars bermoq//dars aytmoq” erkin birikmalari ham ta’lim-tarbiya jarayonida faol qo‘llanadi (O‘TIL-5, 1, 569). Shoir ana shu erkin birikmani “himmat” so‘zi yordamida kengaytirib, “darsi himmat aytmoq” frazeologizmini shakllantirishga muvaffaq bo‘lgan. Bu frazeologizm doston matnidan “himmat ko‘rsatmoq, himmatli bo‘lmoq, himmatdan dars (saboq) bermoq” ma’nolarini bildiradi. Chalib falak uzra ko‘si rif’at, Aytib malak ichra darsi himmat. (L.M., 57 a4) 263 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701 Shoir arabcha “alif” va “dol” harflarining shakllanishiga asoslanib, “alif qaddini dol qilmoq” frazeologizmini ham hosil qilgan, bu frazeologizm dostonda “tik qomatini bukmoq, azob bermoq” ma’nolarini bildiradi: Etgach, alif qaddin qilib dol, Majnunni ayog‘in o‘pdi filhol. (L.M., 56 b8) “Ashk” so‘zi eskirgan, kitobiy forscha bo‘lib, “ko‘z yoshi” ma’nosini bildiradi (O‘TIL-5, 1, 123). Xuddi ana shu so‘z yordamida shakllangan “ashk suvini oqizmoq”, “ashki gulrang to‘komoq”, “ashkidek yugurmoq”, “ashi nishot yog‘ilmoq” frazeologizmlari dostonda o‘rinli qo‘llanib, personajlarning qayg‘u-alamini, ichki kechinmalarini ifodalash vositasiga aylangan: Ey kimni parig‘a majnun, Ashk suyin oqizib jigargun. (L.M., 246 b2) Majnunki uy ichra qoldi diltang, Ko‘zdin to‘kar erdi ashki gulrang. (L.M., 84 b7) Motam zadalar kabi o‘kurdi, Navfal sari ashkidek yugurdi. (L.M., 76 b15) Ham ashki nishon yog‘indek, Ham po‘yada sekridi choqindek. (L.M., 94 a6) Laylidin o‘lub tarab gurezon, Tong sham’idek o‘ldi ashkrezon. (L.M., 310 a2) Shuningdek, dostonda “ashk” (ko‘z yoshi) so‘zining semantik doirasi ta’sirida uch komponentli “gadolik ashkin sochmoq” frazeologizmi hosil qilingan, bu frazeologizm “muhtojlik yig‘isi, tilanchilik ko‘z yoshini to‘kmoq” ma’nolarini ifodalashga xizmat qilgan: Gadolig‘ ashkin sochmoq va shay’anlillah ovuchin ochmoq. (L.M., 55 b6) Alisher Navoiy “o‘q urmoq” erkin birikmasini “gardun ko‘zi” (osmon, falak ko‘zi) bilan munosabatga kiritib, “gardun ko‘ziga o‘q urmoq” okkazional frazeologizmni hosil qilgan: Bu yoshga chun qurar edi o‘q Gardun ko‘ziga urar edi o‘q (L.M., 84 b9) “Layli va Majnun” dostonila “gul” so‘zining juft va takror qo‘llanishi asosida ham yangi, okkazional xarakterdagi frazeologizmlar hosil kilingan. Masalan, dostonda qo‘llangan “gul-gul etmoq” frazeologizmi “chaman-chaman qilmoq, qip-qizil qilmoq” ma’nolarini biliradi, “gul boshi uza ochilmoq” frazeologizmi esa “davlat, baxt egasi bo‘lmoq” ma’nolarini ifolala
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье рассматриваются фразеологические фразеологизм, единицы, использованные в поэме Алишера Навои «Лейли и общеязыковые Меджнун», а также анализируются функционально- фразеологизмы, семантич…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье рассматриваются фразеологические фразеологизм, единицы, использованные в поэме Алишера Навои «Лейли и общеязыковые Меджнун», а также анализируются функционально- фразеологизмы, семантич… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- phraseological unit, фразеологизм, occasional phraseological expressions, ko‘chma ma’no, izafet construction, окказиональные фразеологизмы, свободное словосочетание, frazeologizm, okkazional frazeologizmlar, free combination, изофетное сочетание, общеязыковые фразеологизмы, umumtil frazeologizmlar, переносное значение, erkin birikma, figurative meaning, common phraseological expressions, izofali birikma
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025