Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Роль фразеологии и ее развитие в мировой лингвистике
Mokhigul URAIMOVA · November -/© in Science LLC. (Fergana State University)
Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 268-271 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: Эта статья фокусируется на изучении фразеологии и фразеология, фразеологизмов, подчеркивая вклад мировых лингвистов фразеологизм, в развитие этой области. В ней освещается, как именно фразеологизмы, 1 PhD student, Fergana State University. E-mail: mohigulqobulovna@gmail.com Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701 лингвокультурологический, ученые-лингвисты способствовали прогрессу в понимании номинативный, и систематизации фразеологических выражений. стационарный состав. ADABIYOTLAR TARIXI Ilmiy tadqiqotlarda frazeologiyaning hajmini keng va tor doirada tushunish kuzatiladi. Keng doirada tushunishda frazeologiya o‘z ichiga so‘zlarning turg‘un birikmalaridan tashqari, maqol, matal, aforizmni mujassam qiladi, deb qaraladi. Frazeologiya sifatida so‘zlarning semantik bog‘lanishlarini tushunish ham mavjud. Bu hodisalardan faqat bir turini – so‘zlarning turg‘un birikmalarini – til birligi, deb baholash mumkin. Bugungi kunga qadar, frazeologiya sohasida ko‘plab izlanishlar olib borilgan. Shu jumladan, U. Vaynrih, V. Cheyf, L.Smiz, F. Kulmas, A.P. Kovilar ingliz frazeologiyasi rivojiga ulkan hissa qo‘shganlar. METODLAR VA NATIJALAR Frazeologik birliklarda inson omili katta rol o‘ynaydi, chunki frazeologik birliklarning aksariyati inson bilan, uning faoliyatidagi turli sohalar bilan bog‘liq. Bundan tashqari, inson tashqi dunyo obektlariga, shu jumladan jonsiz narsalarga insoniy xususiyatlarni berishga intiladi. Fransuz tilshunosi Sh. Balli ta’kidlaganidek: “Inson ongining abadiy nomukammalligi, insonning har doim uni o‘rab turgan hamma narsani ma’naviylashtirishga intilishi bilan ham namoyon bo‘ladi. U tabiatning o‘lik va ruhsizligini tasavvur qila olmaydi; uning tasavvuri doimo jonsiz narsalarga hayot bag‘ishlaydi, ammo bu hammasi emas: inson doimo tashqi dunyoning barcha obyektlariga o‘zining shaxsiyatiga xos xususiyatlar va intilishlarni bog‘laydi”. Ushbu maqolada materiallarni tahlil qilishda deskriptiv, statistik hamda komparativ metodlardan foydalanildi. Frazeologik birliklarni tashkil qiluvchi elementlar to‘g‘risida turlicha munozaralar haligacha mavjud hisoblanadi. Birinchi qarash egalari frazeologizmlarni tashkil qiluvchi qismlar o‘zining semantik jihatdan o‘z ma’nosini yo‘qotgan so‘zlardan tashkil topgan degan fikrni ilgari surishadi. Boshqalari esa frazeologik birlikning tarkibiy qismlari obektiv korrelyatsiyani ilgari o‘ziga xos bo‘lgan leksik ma’no va nominativ funksiyasini yo‘qotgan birliklardan tashkil topadi deb hisoblashadi. Shu bilan birga, frazeologik birliklarning tarkibi haqida ham ikki xil qarash mavjud. Xususan, turk tilshunoslaridan Umar Osim Oqsoy, Ali Puskuo‘g‘li hamda Subashi Uzun frazeologik birliklar minimum ikki so‘zdan tashkil topishi kerakligini ta’kidlashadi. Sabohat Emir, Dogan Aksan, Metin Yurtboshilar esa frazeologik birliklar bir so‘zdan ham iborat bo‘lishi mumkinligini aytib o‘tishadi. Xususan, o‘zbek tilida ham oldin ibora sanalgan qo‘shma so‘zlar hozirda ibora safiga kiritilmaydi va iboralar tarkibi asosan, ikki va undan ortiq so‘zlardan tashkil topadi. V. Maslova frazeologizmlarga lingvokulturologik jihatdan yondashgan holda quyidagicha ta’rif beradi: “Frazeologizmlar o‘z semantikasida xalq madaniyatining uzoq rivojlanish jarayonini aks ettiradigan va madaniy munosabat va stereotiplarni avloddan- avlodga o‘tishi va takomillashishiga xizmat qiladigan vositalardir.” Y.P. Solodubning ta’kidlashicha, “frazeologik tasvirning milliy o‘ziga xosligi shundaki, frazeologik birliklarning leksik tarkibini shakllantirishda o‘sha xalqning turmush fe’l-atvori, uning tarixi, ma’naviy hayoti, o‘ziga xos urf-odatlari va etnik hayoti aks ettiriladi.” Amerikalik 269 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701 tilshunos olimlardan biri B. Freyzer esa iboralarga quyidagicha ta’rif beradi: “Iboralar lingvomadaniyat sohasida muhim o‘rin tutadi va oddiy birikmalardan farqli ravishda ular qotib qolgan birikma bo‘lib, shakli va ma’nosi o‘zgarishiga yo‘l qo‘yilmaydi.” Shuningdek, rus tilshunosi F.I. Buslayev frazeologizmlarni o‘ziga xos mikro olam deb ataydi. Ya’ni, ularda o‘zlari tegishli bo‘lgan xalqning urf-odatlari, an’analari, yillar davomida shakllangan qarashlari aks etgan bo‘ladi. V.N. Teliya esa frazeologizm atamasiga quyidagicha izoh beradi: “Frazeologizmlar yoki frazeologik birliklar – til va nutqda o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan va maxsus funksiyani bajaruvchi barqaror iboralar, til belgilaridir”. A.V. Kunin o‘zining “Kurs frazeologii sovremennogo angliyskogo yazыka” kitobida frazeologik birliklar, frazeologiya haqida juda qimmatli ma’lumotlarni keltirib o‘tadi. Xususan, u frazeologiyaga quyidagicha ta’rif beradi: “Frazeologiya – bu frazeologik birliklar (frazemalar) haqidagi fan, ya’ni, o‘zgaruvchan birikmalarning tarkibiy va se
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: Эта статья фокусируется на изучении фразеологии и фразеология, фразеологизмов, подчеркивая вклад мировых лингвистов фразеологизм, в развитие этой области.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: Эта статья фокусируется на изучении фразеологии и фразеология, фразеологизмов, подчеркивая вклад мировых лингвистов фразеологизм, в развитие этой области. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- This is an open-access article under the Attribution 4.0 International, фразеологизм, phraseology, lingvokulturologik, фразеология, nominmativ, фразеологизмы, номинативный, phraseologism, frazeologizm, stationary compound, frazeologiya, turg‘un birikma, linguoculturological, стационарный состав, nominative, лингвокультурологический, fraza
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026