Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Международный опыт модернизации содержания начального образования: немецкая система образования и интегрированное образование
Gulrukh ISMOILOVA · November -/© in Science LLC. (University of economics and pedagogy) · Primary Education (University of economics and pedagogy) · Educational Technology (University of economics and pedagogy)
Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 313-317 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: Перед современными педагогами стоит чрезвычайно педагог, ответственная задача: организовать комплексное обучение компетентностный и воспитание школьников, используя компетентностные подход, подходы в учебном процессе. Этап начального обучения начальное образование, воспитание, играет ключевую роль в успешной реализации этих задач. общество, образовательная технология, ученик, образовательный процесс. Boshlang‘ich sinflarda biz olamning bir butun manzarasini tasavvur etamiz, astronomik, biologik, geografik, tarixiy va boshqa bilimlarning o‘zaro birligi va o‘zaro singuvchanlikdagi umumiy va global aloqalarini kashf etamiz. Boshlang‘ich ta’limda bilimning ikki sohasi 1-o‘rinni egallashi kerak: 1-tabiatshunoslik – bolani o‘rab turgan tabiat bilan tanishtirish; 2-jamiyatshunoslik – odamlar, jamiyat, muassasa va majburiyatlar bilan bolani tanishtirishdir. Shuningdek, gumanitar va tabiiy fanlar o‘rtasidagi “chuqur va keng” aloqalar tarix, geografiya va tabiatshunoslik bilan grammatika va arifmetikaning bilimning tegishli sohalaridan olingan materiallar orqali boshqa fanlar bilan birlashish imkoniyatlarini ta’minlaydi. Integratsiyalashgan ta’lim texnologiyasi Valdorf o‘qitish tizimini yodga soladi. Bu texnologiya olmon mutafakkiri Rudolf Shtayner tomonidan Germaniyada ishlab chiqilgan. Valdorf maktablaridagi ta’lim jarayonida o‘qituvchi bor yo‘g‘i uch marta o‘zgartiriladi. Ilk tarbiyachi bolani maktabgacha ta’lim muassasasida 6 yoshgacha tayyorlab beradi, 6 yoshdan esa boshqa muallim dars beradi va so‘ngi murabbiy o‘smirni 14 yoshdan qabul qilib, unga 18 yoshgacha ta’lim beradi. Mutaxassislarning aytishicha, bunday tizim o‘qituvchi bilan bola o‘rtasida ishonch va hurmatni shakllantiradi. O‘qituvchi o‘z o‘quvchisini yetuk ilmli bo‘lib yetishishiga astoydil harakat qiladi, chunki yillar davomida birgina bolalar guruhiga dars berib borish mobaynida unda o‘quvchilarga nisbatan mas’uliyat hissi yanada ortadi. Valdorf maktablarida qishning kirib kelishi, qorning erishi, daraxtlarning gullashi, mevalarning pisha boshlashi, birinchi gulning ochilishi kabi ba’zida e’tiborimizdan chetda qolgan tabiat hodisalari orqali o‘quvchi qalbiga mehr-muhabbat urug‘lari sochiladi. Bunga bag‘ishlab bayramlar o‘tkaziladi. Bunday bayramlar natijasida inson va tabiatning o‘zaro chambarchas bog‘liqligi haqida tushuncha bola ongida sekin- asta shakllanib boradi. Bunday tushunchalarni 1-sinfdan boshlab Atrofimizdagi olam fanidan quyidagi mavzular orqali: “Tabiat bizning do‘stimiz”, “O‘simliklar duyosi”, “Yovvoyi hayvonlar”, “Bizning o‘lkamiz – O‘zbekiston”, “Mening shahrim”, “Tabiat va biz”, “Tabiatni asrash” mavzularida faollashtirsa bo‘ladi. Bunda o‘quvchi olamdagi ekologik muhitni asrash, ona tabiatni e’zozlash, yer yuzida bo‘layotgan turli holatlarni she’r, nasriy bayon, og‘zaki bayon etishlari mumkin bo‘ladi. 314 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701 Valdorf maktablarida o‘quvchilarga bilim berish va uni qabul qilish uch bosqichda amalga oshiriladi: ko‘rish, boshdan kechirish, hayratlanish tamoyili asosida kechadi. Misol qilib, geometriya fanini olishimiz mumkin. 1-sinfda bolalar o‘z tana tuzilishlari, harakatlari orqali o‘rganib boradilar. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, kichkintoylar uchburchak, to‘rtburchak va barcha ko‘pburchaklarni yurish orqali taniydilar, doira, aylana ichida o‘ynaydilar, tana a’zolari orqali geometrik shakllar yasaydilar. Shunday yo‘l bilan o‘quvchilar “geometriya” so‘zini bilmasa – da bu fanning mag‘zi bilan amaliy tanishib boradilar. Yuqori sinfga o‘tganlaridan so‘ng fan nomi aniqlashtiriladi. Ilgari turli o‘yinlar yordamida yasalgan shakllarni qog‘ozga tushiradilar. Bunda tana a’zolari emas asosiy qurollar, qalam, sirkul, chizg‘ichdan foydalanadilar. O‘quvchilar bunday shakllarni oldin ham turli o‘yinlar yordamida tushunib yetadilar, albatta, bu jarayon ular uchun qiyinchilik tug‘dirmaydi. Ta’lim berishnig bu tarzda o‘tishi yuqorida keltirilgan “ko‘rish, boshdan kechirish, hayratlanish” tamoyiliga mos keladi. Ya’ni, geometrik shakl hisoblangan aylana, dastlab bolaga tanishtiriladi – ko‘radi; keyin bu shaklni o‘z tanasi orqali hosil qiladi – boshidan kechiradi; so‘ngi bosqichda geometriya fani dars jadvaliga kiritiladi. Shakllarga oid misollar va masalalar ishlanayotganda ilgari ham bu mashqlarni qilganlarini anglaydilar. Yillar davomida bu jarayon takrorlangani uchun o‘quvchilar ongida eng muhim geometrik tushunchalar: simmetriya, nuqtalar, kesmalar, ko‘pburchaklar, kvadrat to‘g‘ri burchak, o‘tmas burchak, o‘tkir burchak, aylana va doira radiusi, diyametri vahokazo... tushunchalar mustahkamlanib boradi. Bu jarayon bugungi kundagi kompetensiyaviy ta’lim mazmuniga ham to‘la mos keladi. Masalan, matematika fani mazmuniga oid umumiy kompetensiya elementlari: 1-sinfda o‘quvchilar narsalarning rangi, o‘lchami, shakli vazifasi bo‘yicha taqqoslay oladi; narsalarni xossasiga qa
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: Перед современными педагогами стоит чрезвычайно педагог, ответственная задача: организовать комплексное обучение компетентностный и воспитание школьников, используя компетентностные подход, подходы в у…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: Перед современными педагогами стоит чрезвычайно педагог, ответственная задача: организовать комплексное обучение компетентностный и воспитание школьников, используя компетентностные подход, подходы в у… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- This is an open-access article under the Attribution 4.0 International, общество, Education, jamiyat, educational process, boshlang‘ich ta’lim, educator, ta’lim texnologiyasi, воспитание, kompetensiyaviy yondashuv, pedagog, ta’lim jarayoni, образовательная технология, компетентностный подход, ученик, Primary Education, Educational Technology, student, педагог, o‘quvchi, начальное образование, образовательный процесс, competency approach, ta’lim-tarbiya, Society
Смежные источники
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024