Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
Виды значений каузативной реципрокции
Bobur SHARIPOV
Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 295-306 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье выделено выражение взаимности причинная, вместе с причинно-следственной связью, в которой реципрокная, анализируются конкретные виды этой ситуации. деривация, Парадигма значения причинной взаимности делится по причинно-реципрокная производная, типам причинной взаимосвязи. Следовательно, они причинно-реципрокная являются причинно-взаимными производными. Кроме ситуация. того, выражение обратного и причинного в сжатой форме со специальными дополнениями наблюдается только в области тюркских языков. Точнее, в тюркских языках, в том числе и в узбекском, эти операторы приобретают весьма активный характер. Kauzativlik tilshunoslikda sabab, ta’sir, qo‘zg‘ash ma’nolarini anglatar ekan, u, o‘z navbatida, retsiproklik bilan birgalikda ifodalanishi mumkin. Mazkur ifoda ma’nosini quyida tahlil qilib o‘tamiz: 1) kauzativ retsiproklik; 1. …Qo‘ng‘irot elining katta-kichik biylarini, oqsoqol, arboblarini yig‘dirib, to‘y qilamiz…(Alpomish) Pd/l=k=C+A → a ϵ A→V (CRq). 2 2. Uning endi tik turishga majoli ham qolmadi, ichkariga olib kirishdi, karavotga yotqizishdi (Dilbar Saidova. Yifi). Pd/l=a ϵ A→A →k=C+a ϵ A→V (CRq). 1 k–kauzatsiya konstantasi (kauzatsiyaning doimiy ko‘rsatkichi), C–kauzativ situatsiya, A–kauzatsiyalovchi shaxslar (kauzatorlar), vaziyatga qarab kauzant, aϵA – kauzatsiyalanuvchi individlar (kauzantlar), vaziyatga qarab kauzatorlar, CRq – kauzativ retsiprokli qurilma. Retsiproklikning mazkur turi bevosita kauzativlik bilan bog‘lanadi. Kauzativlik esa undash, ta’sir etish, qo‘zg‘ash kabi ma’nolarni ifodalaydi. Buning dalilini birinchi misoldagi yig‘dirib, to‘y qilamiz va ikkinchi misoldagi yotqizishdi kabi kauzaretsiprokemalarning strukturasida ko‘rishimiz mumkin. Ushbu retsiprokemalar struktur jihatidan analitik va affiksal maqomni egallaydi. Ular qatnashayotgan qurilmalarni kauzativ retsiprokli qurilma deb ataymiz. Bunda derivatsiyaning kauzativ retsiprokli holatini kuzatamiz. Boshqacha aytganda, ularning semantikasida birgalikda bajarilayotgan ish-harakatda undash, qo‘zg‘ash, ta’sir etish ma’nolarining ifodasi ham borligini ko‘ramiz. Bu hosila strukturalarda qatnashayotgan -dir, -qiz kabi kauzaoperatorlarning vazifasi orqali anglashiladi. Agar mazkur operatorlar qatnashmasa, hosila struktura faqat retsiprok bo‘lib qoladi. Qiyoslang: yig‘dirib to‘y qilamiz (yig‘ishga kimnidir undashi kerak) birgalikdagi kauzativ – yig‘ib to‘y qilamiz (subyektlartning o‘zi yig‘ishi kerak) retsiprok; yotqizishdi (yotishga ko‘maklashish, ta’sir etish kerak) birgalikdagi kauzativ – yotishdi (subyektlarning o‘zi yotishi kerak) retsiprok. Tahlil natijasidan bunday qurilmalar murakkab xarakterli bo‘lib, bir yo‘la ikki situatsiyani qamrab olganligiga amin bo‘lamiz. Zero, mazkur situatsiyaning boshqaruvchisi kauzator aktor maqomini ham egallaydi. Aktor tushunchasi faol individlar jamoasini anglatadi. Aktor tushunchasi semantik munosabatlarning rolini belgilashda tilshunoslikda R. Van Valin tomonidan qo‘llangan edi [1.69]. 296 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701 Shuni aytish kerakki, retsiprok va kauzativning ixcham tarzda maxsus qo‘shimchalar bilan ifodalanishi faqat turkiy tillar arealida (mo‘g‘ul, fin-ugor kabi tillarini hisobga olmaganda) kuzatiladi. Aniqrog‘i, turkiy tillarda, jumladan o‘zbek tilida mazkur operatorlar o‘ta faol xarakter kasb etadi. Turkiy tillarda aktiv, passiv, refleksiv, retsiprok, kauzativ affikslari mavjud ekanligini va bunday ixcham lingvistik ko‘rsatkich Yevropa tillarida mavjud emasligini V.P. Nedyalkov alohida ta’kidlab o‘tadi [2/Elektron manba]. XV asrlarda hazrat Alisher Navoiy ham turkiy tilda bu kabi holatni ifodalovchi o‘z ko‘rsatkichlari mavjudligini aytib o‘tadilar: “Yana arabiy sarf istilohda ikki maf’ulluq fe’llar borki, aning adosi dag‘i mo‘tabar va kulliydur. Andin dag‘i sortlar oriy qolibdurlar. Va atrok anga ham xo‘broq vajh bila mutobaat qilibdurlar. Arabiy andoqki, “A’taytu Zaydan dirhaman”, (Zaydning dirhamini berishimni buyurdilar) bu tarkibda uch lafz mazkur bo‘lur. Alar lafzg‘a bir harf ortturg‘on bila munga o‘xshash bir zamirni ortubdurlar, bag‘oyat muxtasar va mufid tushubdur. Andoqki, yugurt va qildurt va yashurt va chiqart” Ma’nosi: “Arabiy ikki maf‘ulluk fe’llar (vositali obyektli buyruq ma’nosi) ham sortlarda yo‘q, turkiylar bir harf qo‘shish orqali bu ma’noni juda qisqa va aniq ifodalaydilar” [3.9]. Shuni ta’kidlash joizki, kauzativ retsiproklikni anglatuvchi o‘ziga xos ma’nolari ham mavjud bo‘lib, mazkur ma’nolar paradigmasi kauzativning turlariga qarab bo‘linadi. Shu bois ular kauzaretsiprokal derivatlar hisoblanadi. Kauzativlik faktivlik va permissivlik xususiyatlariga ega bo‘lib, o‘z navbatida ular nutq vaziyatiga qarab yana ichki semalarga ajraladi. Buni B.N. Turniyazov quyidagicha izohlaydi: “Faktivlikda kauzativ situatsiyada biror harakat bajarilishi davomida o‘zgarish sodir bo‘lishining asosiy qo‘zg‘atuvchisi kauza
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье выделено выражение взаимности причинная, вместе с причинно-следственной связью, в которой реципрокная, анализируются конкретные виды этой ситуации.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье выделено выражение взаимности причинная, вместе с причинно-следственной связью, в которой реципрокная, анализируются конкретные виды этой ситуации. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- causative, languages, including Uzbek, реципрокная, kauzaretsiprokal derivat, kauzativ, причинно-реципрокная производная, causareciprocal situation, деривация, retsiprok, причинная, reciprocal, derivatsiya, причинно-реципрокная ситуация, kauzaretsiprokal situatsiya, causareciprocal derivative, derivation
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025