К содержанию
РецензированоRU2024

Использование метафорических выражений с компонентом «Душа» в поэтическом тексте (на примере стихов Икбала Мирзо)

Gulbakhor KABULJONOVA · October Mirzo. (Andijan State University)

Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 152-156 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье рассматриваются стилистические поэт, особенности, связанные с образованием метафорических, стихотворение, окказиональных выражений с компонентом «Душа» в метафора, стихах любимого народом узбекского поэта Икбала Мирзо. фраза, окказиональная фраза, художественный стиль. Ma’lumki, shoirlar umumtildagi mavjud tayyor iboralardan shunchaki foydalanibgina qolmasdan, o’zlari ham xalq iboralari ta’sirida yangi iboralar yaratadilar. Bunda ular mavjud umumtil iborasining leksik tarkibini o’zgartirish orqali uning leksik- semantik, stilistik funksiyalarini kengaytirishga va iboraga yangicha uslubiy ma’no yuklashga harakat qiladilar. Ijodkorlar, odatda, tasvir maqsadiga muvofiq iboralarni tanlab qo‘llash bilangina kifoyalanib qolmaydilar. Balki ibora mazmunini qahramonlar tabiati, ruhiy holati, hayot tarzi, ruhiy kechinmalariga mos tarzda o‘zgartiradilar va qayta ishlaydilar. Shu tariqa xalq iboralari yangi ma’no nozikliklari bilan jilolanib, sayqallanib, taraqqiy etib boradi. Shuning uchun ham ijodkor tomonidan qayta ishlangan iboralar oxorliligi va badiiy bo’yoqdorligi jihatidan alohida ajralib turadi. Shu sabab tadqiqotchilar diqqatini o’ziga jalb qiladi. Xalq iboralarini qayta ishlashning usullari, ularga yangicha rang va tus, yangicha ma’no talqini berishning yo‘llari juda xilma-xildir. Ular orasida nibatan keng tarqalgan “umumtil iborasi zamiridagi ma’noning yangicha talqinini ochish, iboraning leksik tarkibini o‘zgartirish va uning semantik-stilistik funksiyalarini kengaytirish, iboraga yangicha majoziy va obrazli ma’nolar kiritish kabi usullar” ni qayd etish mumkin. Iboralarni qayta ishlashning turli usullari B.Yo‘ldoshev, Q.Хаlilovlar tomonidan tadqiq etilgan . Ko’ngil (asosan 3-sh. birl.- ko’ngli). Kishining his-tuyg’u va kechinmalari manbai; yurak, qalb, dil. “Ko’ngil” muqaddas bir koshonaki, uni kuylamagan shoirning o’zi topilmasa kerak. Ayniqsa, she’riyatda bu eng muhim fenomen sanaladi. Tilimiz “ko’ngil” komponentli iboralarga juda boy, ammo u har bir ijodkor asarida yangicha ifor, tarovat va uslubiy bo’yoqlarda sayqallanib boraberadi. Bu so’zning valentilik darajasi (ko’ngil – bermoq, olmoq, so’ramoq, qoldirmoq, sovimoq,o’tirmoq, bo’sh, yumshoq,oq,o’tkazmoq, xira va hokazo) juda yuqori. Shuninng uchun ham O’TIFL (Sh. Rahmatullayev) uning leksik-semantik jihatdan bir necha variantlari keltirib o’tilgan. S. G’aniyev she’riy matnda turg’un birikmalarning o’rni va ahamiyati haqida gapirib, bunday birliklarni qo’llashda har bir ijodkor ularga individual yondashishi, ularning yangi-yangi ma’no qirralarini, jozibador talqinini kashf etishini ta’kidlagani holda, T.A. Butunboyeva o’z tadqiqotida Minhojiddin Mirzoning “ko’nglim, yana mendan ko’ngling qoldimi?” tarzida ibora qo’llab, yangicha talqinlarni topa olganligini va betakror poetik ifodalar yaratishga erishganligini ta’kidlaganligini qayd etib o’tadi. Bunday holatni M.Yusufning “Go’zallar” she’rida ham ko’rish mumkin. 153 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701 Go’zal - ko’ngil qoldirmog’ingiz, Go’zal - ko’ngil olmog’ingiz ham Go’zal, yo’ldan urib ming bora, Go’zal, yo’lga solganingiz ham. (“Go’zallar”) Xususan, shoir Iqbol Mirzo she’riyati misolida ko’radigan bo’lsak, ijodkorning ibora qo’llashda ham o’ziga xos mohirlik bilan yondashganligi ma’lum bo’ladi. Muallif lirik qahramon ichki kechinlalari va his-tuyg’ularini ifodalashda xalq tilidan o’rinli saylab olingan iboralarni ustalik bilan qo’llashga erishgan. O’zbek tilida xalqning o’ziga xos tafakkur tarzi, kuzatuvchanligi va badiiy tasavvur qudratini o’zida namoyon etuvchi iboralarning ulkan zahirasi mavjud. Shoir qo’llagan iboralr she’r tizimiga shunday singdirilganki, qoyil qolmasdan iloj yo’q. Muallif she’riyatida xalq iboralari mohirlik va mahorat bilan san’at darajasida qo’llanganligini e’tirof etish mumkin. Masalan: Yo’l qursin-a, yo’l qursin-a, yo’lning firog’i qursin, Turna bo’yli, qil ko’ngilli qizning firog’i qursin. Shavqim toshib, tog’lar oshib kelgan edim sog’inib, Jigarimni xunob qilgan ishqning qiynog’i qursin. (247-bet) Yuqorida keltirilgan misolda ko’ngli nozik umumtil iborasi mazmuniga hamohang tarzda yangi, original qil ko’ngilli (mubolag’li) iborasi yaratilgan. Yurak bag’ri xun iborasining komponentlari o’zgartirilib jigari(mni) xun(ob qilgan ) okkozional iborasi hosil qilingan. Bu har ikki okkozional ibora mubolag’ali frazeologik birlik sanalib, uslubiy bo’yog’i va emotsionalligi jihatidan yuqori darajadagi ta’sir kuchiga ega. Ba’zan muallif misralarda ko’ngil komponentli bir iborani she’rda takror va takror qo’llash usulidan foydalanib, bu usul orqali muallif ibora vositasida yuzaga chiqayotgan pragmatik ma’noni yanada bo’ttirish, ta’kidlash va tasvirlashga harakat qiladi. Shuningdek, lirik qahramon kechinmlaridagi kontrastlik holatlarini ifodalshda shoirning beqiyos ijodiy mahoratining namoyon bo’lganligini ko’ramiz. Masalan,

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье рассматриваются стилистические поэт, особенности, связанные с образованием метафорических, стихотворение, окказиональных выражений с компонентом «Душа» в метафора, стихах любимого народ…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье рассматриваются стилистические поэт, особенности, связанные с образованием метафорических, стихотворение, окказиональных выражений с компонентом «Душа» в метафора, стихах любимого народ… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
poet, poem, стихотворение, художественный стиль, badiiy uslub, okkozional ibora, ibora, metafora, окклюзионная фраза, she’r, метафора, shoir, фраза, phrase, occosional phrase, artistic style, поэт, metaphora
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]ФилологияRUРецензированоОткрытый доступ
Контекстуальное согласование семантических образований и их эстетико-эмоциональное воздействие на описание языковой картины мира

Иностранная филология: язык, литература, образованиеЭМОЦИОНАЛ ТАЪСИРИ, Даниева М.Дж.2019

3