American Journal of Philological SciencesMardanova Zilola Fatxullo qizi2024
Дейктические единицы в узбекских литературных произведениях и их роль в грамматике узбекского языка
Nargiza MUSLIMANOVA
Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 88-92 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: Дейксис в литературных произведениях и дейксис, лингвопоэтический анализ языковых единиц и дейктические единицы, грамматических средств являются важными аспектами явление дейксиса, современной лингвистики. Явление дейксиса понимается пространство и время, дейктические единицы по как языковая единица или совокупность единиц, описанию личности, выраженная с помощью лексических и грамматических прагматический анализ средств. Изучение языка художественных произведений в литературного социопрагматическом аспекте часто направлено на произведения. исследование особенностей грамматики, включая использование дейктических единиц и грамматических форм. В связи с этим в данной статье представлен анализ дейксиса в рассказах Кучкара Норкобила, основанный на их пространственно-временных характеристиках. Zamonaviy o‘zbek tilshunosligida tadqiq etilayotgan ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlarida antropotsentrizm masalasi keng o‘rin olmoqda. Xususan, lingvopoetikaga oid ko‘plab ishlarda badiiy asarlar nutqini o‘rganish, ularni lingvistik nuqtai nazardan tadqiq qilish, tadqiqot natijalarining o‘zbek tili grammatikasiga tadbiq etilishi pragmalingvistikaning yanada rivojlanishiga zarur omil bo‘lib qolmoqda. Badiiy asar tilining sotsiopragmatik aspektda o‘rganilishi ko‘p jihatdan til grammatikasining ayrim xususiyatlarini tadqiq qilishga olib keladi. Jumladan, badiiy asarlardagi deyktik birliklar va grammatik vositalar shular jumlasidandir. Deyksis hodisasi (grekcha “deixis” so‘zidan olingan bo‘lib, ko‘rsatish, ishora ma’nosini anglatadi) – leksik va grammatik vositalar orqali ifodalanadigan til birligi yoki majmui sifatidagi ishora. Til birliklarining kontekst, nutq vaziyati bilan bog‘liq pragmatik jihatini o‘rganishga e’tibor kuchaygach, deyksis muammosi pragmatikaning tadqiq obyekti sifatida kun tartibiga qo‘yildi. Deyksis nutq jarayonidagi komponentlarni va ifoda mazmunidagi denotativ komponentlarni faollashtirish uchun xizmat qiladi. Deyksis ko‘lami nutq akti ishtirokchilarini (rolli deyksis), ya'ni so‘zlovchi va adresat, kishilik (1- va 2-shaxs – men, sen) va ayrim ko‘rsatish olmoshlarini, xususan, predmet va shaxslarning uzoqda yoki yaqinda joylashganligiga ko‘ra ishora qilinishi va h.k.larni o‘z ichiga oladi. Tadqiqotlardan ma'lumki, deyktik birliklar (leksemalar) faqat matnda aniq bo‘ladi. Ular nutqdan olib chiqilganda mavhumlik kasb etadi. Nemis tilshunosi K.Brugmann birinchilardan bo‘lib deyksis muammosini o‘rganishni boshlab bergan. Uning ishlari keyinchalik K.Byuler tomonidan rivojlantirildi. K.Byuler “Til nazariyasi” nomli kitobida deyksisning mohiyati, turlari, deyktik birliklarning vazifasi haqida o‘z qarashlarini bayon qildi. Uzoq vaqt tilshunoslikda deyktik birliklar sifatida asosan, ko‘rsatish, kishilik olmoshlari, o‘rin va payt ravishlari ajratildi. Ammo matnning pragmatik tahlili yuzasidan olib borilgan kuzatishlar asosida deyktik birliklarning ifoda vositalari orqali ham muloqot jarayonida ishora vazifalari amalga oshirilishi aniqlandi. Xususan, G.Ye.Kreydlin deyktik xususiyatli paralingvistik vositalarni 89 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Issue – 2 № 6 (2024) / ISSN 2181-3701 ishoraga xoslangan va tavsiflovchi guruhlarga ajratib o‘rgandi. Olimning fikricha, xoslangan deyktik xatti-harakat va imo-ishoralar faqat ko‘rsatish vazifasini bajaradi. Tavsiflovchi xatti-harakat va imo-ishoralar esa ko‘rsatish bilan birga so‘zlovchining baho munosabati va ishora obyektining muayyan belgi-xususiyatini ifodalashga ham xizmat qiladi. Ma’lumki, har qanday nutq jarayoni o‘zaro muloqot egalarisiz, shuningdek, muloqot o‘rni va u olib borilayotgan vaqtsiz amalga oshmaydi. Shuningdek, har qanday voqelik haqidagi axborot, albatta, u amalga oshgan makon va zamon, voqelik ishtirokchilari haqidagi ma’lumotni o‘zida jamlaydi, hech bo‘lmaganda, ularga ishora qiladi. Har qanday muloqot matnida nutq egalari, bayon etilayotgan voqelikning amalga oshish o‘rni va vaqtiga ishoraning kuzatilishi deyksisning barcha tillarda eng umumiy jihatlarga ega ekanligidan dalolat beradi. Har qanday muloqot makon va zamonga bog‘liq ekan, unda ishtirok etayotganlar ma'lum bir fikrni ifoda etishda deyktik birliklar va vositalardan faol foydalanishadi. M.S.Ishanjanovaning “Makon deyksisi” nomli monografiyasida ular quyidagicha tasniflangan: 1) bu yer, shu yer, mana bu yer, bu yoq kabi ravishlar semantik jihatdan so‘zlovchiga yaqin masofadagi makonni; 2) u yer, ana u yer, u yoq ravishlari so‘zlovchiga nisbatan uzoq masofadagi makonni; 3) o‘sha yer, ana o‘sha yer ravishlari matnda avval tilga olingan makonni anglatadi. Bularni biz Qo‘chqor Norqobilning “Hamyon” asari asosida tahlil qilishga harakat qildik. “Bu yerda hamma o‘z bilganicha mashq bajarayapti. Yer yuzining turli burchiga sochilib ketgan, turli-tuman zabonli qavmni ayni shu yerda – tog‘da tongni tetik qarshilash tuyg‘usi birlashtirib turganga o‘xshaydi.” Xuddi shunday zamon deyksisi ham asarlard
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: Дейксис в литературных произведениях и дейксис, лингвопоэтический анализ языковых единиц и дейктические единицы, грамматических средств являются важными аспектами явление дейксиса, современной лингвист…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: Дейксис в литературных произведениях и дейксис, лингвопоэтический анализ языковых единиц и дейктические единицы, грамматических средств являются важными аспектами явление дейксиса, современной лингвист… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- deixis, analysis of the stories of Kuchkar Norkobil in accordance with, deyksis hodisasi, badiiy asar prаgmatik tahlili, дейксис, makon va zamon, дейктические единицы, явление дейксиса, space and time, дейктические единицы по описанию личности, deyksis, Deixis phenomenon, прагматический анализ литературного произведения, pragmatic analysis of a literary work, пространство и время, deictic units for the description of personality, deictic units, deyktik birliklar, shaxs tavsifiga ko‘ra deyktik birliklar
Смежные источники
American Journal of Philological SciencesShakhlo Kurbonova2024
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025