К содержанию
РецензированоRU2024

Подача загадок в «Кодексе Куманикус»

Mukhlisaxon OTAKUZIYEVA · November -/© in Science LLC. (Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher Navoi)

Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 100-105 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: Статья посвящена куманскому манускрипту «Кодекс половцы, Куманикус». В ней рассматриваются турецкие загадки, Куманы, представленные в рукописи, а также их современные «Кодекс Куманикус», аналоги. Особое внимание уделено роли загадок в загадка, ребус. фольклоре и их культурному значению. 1 Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher Navoi. E-mail: muxlisamuhammadaliyeva70@gmail.com Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701 “Dashti Qipchoq” va “kumanlar” so‘zlarining kelib chiqishi, bu hudud va unda yashagan etnosning qanday ekanligi ko‘pchilik olimlarni qiziqtirgan. “Tatarshunoslik” jurnalida “Desht-i-Qipchoq. Oltin O‘rda” nomli maqola chop etilgan: “Fors tilidan tarjima qilinganda, “Dasht-i-Qipchoq” “Polovetslar dashti” degan ma’noni anglatadi. Turkiyzabon qipchoqlar, Xitoy manbalariga ko‘ra, mil. avv. III–II asrlardan ma’lum... G‘arbiy Yevropa manbalarida qipchoqlar “kumanlar” deb ataladi (kumanlar qipchoqlarning g‘arbiy guruhi degan fikr bor).” Dashti Qipchoq aholisining asosini qipchoqlar tashkil etgan hamda ular tatarlar va mo‘g‘ullar bilan aralash-quralash bo‘lib ketishgan bo‘lishlariga qaramasdan mazkur o‘lkada yashovchi aholi “O‘zbeklar” nomi bilan atalgani bir qancha manbada keltirilgan. Poloves, qipchoq, quman, qun (xun) terminlarining paydo bo‘lishi va ularning qanday ma’no kasb etishi haqida I. Dobrodomov tomonidan e’lon qilingan maqolada juda qiziqarli va qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Rus solnomalarida uchraydigan “qumanlar” termini lotin manbalarida cuman, coman shaklida namoyon bo‘ladi. “Kodeks kumanikus” obidasi yuqorida tilgan olingan qumanlar yashagan muhitda yozilgan noyob qo‘lyozma asardir. Ushbu asarni filologiya fanlari doktori B.Jafarov o‘zining doktorlik ishida “Tarjimon turkiy va ajamiy va mo‘g‘liy va forsiy” qo‘lyozmasi bilan qiyosiy jihatdan tadqiq qilgan: “Ushbu nodir obida XIV asr boshida yozilgan bo‘lib, u lotincha-forscha-qumancha va qumancha- nemischa, qumancha-lotincha so‘zlarni o‘zida mujassam etgan lug‘at hamda xristian monaxlari tomonidan quman tiliga tarjima qilingan diniy madhiya va duolar, eng qadimgi turkiy topishmoqlardan tarkib topgan qo‘lyozma sifatida yuzaga kelgan”. “Kodeks kumanikus” qo‘lyozmasi til va tarkib jihatidan ikkita qismga ajratiladi. Ularning birinchisi: lotincha-forscha-qumancha lug‘atdan tashkil topgan bo‘lsa, ikkinchi qismi “Injil”dan tarjima qilingan quman tilidagi xristian diniy duo va madhiyalar, nemischa-qumancha, qumancha- nemischa va ba’zi hollarda nemischa-lotincha- qumancha qorishiq holdagi lug‘atlardan tashkil topgan. Obidaning bu ikki qismi tarkibiga mos va muvofiq ravishda “Tarjimonlar kitobi” hamda “Targ‘ibot kitobi” deb yuritiladi. “Kodeks kumanikus” bo‘yicha ko‘plab olimlar ilmiy izlanishlar olib borganlar. Ingliz olimi Piter Golden ham ushbu noyob qo‘lyozma ustida bir qancha chop ettirgan. U o‘z ilmiy ishlarida avval turklarva ularning urug‘lari haqida ma’lumotlar bergan, keyin esa asarni sharhlagan, til xususiyatlari bo‘yicha tavsiflagan. Obida qadimgi turkiy qo‘lyozmalar ichida bugungacha yagona lotin yozuvida yozilgan asardir. Bundan tashqari, unda 47 ta eng qadimiy turkiy topishmoqlarning yozib qoldirilgani obidani nafaqat lug‘atshunoslik, balki xalq og‘zaki ijodi nazariyasi va amaliyotini yangi fakt va manbalar bilan boyitishga xizmat qiladi. Muhimi, ular hali hech bir manbada uchramagan topishmoqlardir. 101 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701 Topishmoq – bu narsaning nima ekanligini bilishni tinglovchi yoki o‘quvchining ixtiyoriga qoldiradigan o‘yin bo‘lib, uning xususiyatlarini ismini tilga olmay, bilvosita aytib beradi. Topishmoqlar xalq donoligining mahsulidir. Ular kichik yoshdagi bolalarni ham, yoshi ulug‘ insonni ham fikrlashga undaydi, hozirjavoblikka o‘rgatadi. Folklorning ushbu turiga barcha birdek qiziqadi. O‘zbek xalq topishmoqlari xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy janrlaridan biri bo‘lib, xalq badiiy tafakkurining nodir durdonasi sifatida uzoq yillardan buyon avloddan avlodga o‘tib, o‘zining ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyatini saqlab kelmoqda. Keng qamrovli, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan topishmoqlar kishida mulohazakorlik, zukkolik fazilatlarini shakllantirishga xizmat qiladi. O‘zbek xalq topishmoqlari xalqimiz xalq sifatida shakllanishidan beri, ya’ni hali “o‘zbek” degan nomni olmasdanoq paydo bo‘lgan va bugungi kungacha saqlanib, sayqallanib bormoqda. Ayonki, topishmoqning ilk shakllari hozirgacha xuddi o‘zidek yetib kelmagan, chunki asrlar mobaynida tilimizga mustamlakachilik va boshqa sabablar bilan boshqa tillarning ta’siri kuchli bo‘lgan. So‘zlar o‘zgargan bo‘lsa-da, ma’no bir xil. Ularning ba’zilari haligacha tom ma’noda jumboq. O‘zbekistonda ham “Kodeks kumanikus” yodgorligi ustida ilmiy tadqiqotlar olib

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: Статья посвящена куманскому манускрипту «Кодекс половцы, Куманикус».»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: Статья посвящена куманскому манускрипту «Кодекс половцы, Куманикус». Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International, riddle, “Codex Cumanicus”, половцы, cumans, «Кодекс Куманикус», jumboq, topishmoq, ребус., Куманы, загадка, polovtsians, kumanlar, poloveslar, “Kodeks kumanikus”
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники