К содержанию
РецензированоRU2024

Явление многозначности в системе терминов, относящихся к военной технике на немецком и узбекском языках

Laylo KAZAKOVA

Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 324-328 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: Оказалось, что термины, относящиеся к военной технике термины, в немецком и узбекском языках, могут иметь более одного система терминов, значения. Фактически, существование этого процесса в явление многозначности, терминологических системах рассматривается как относящиеся к военной технике. отрицательное и в то же время положительное явление. Анализ некоторых военных терминов в немецком и узбекском языках показал, что часто некоторые военные термины, относящиеся к категории существительных, могут выражать более одного значения. В этой статье рассматриваются взгляды ученых на явление многозначности в сочетании с анализом семантики терминов. Tilning tarkibida bo‘lgan bironta ham so‘zning ma’nosi o‘ta turg‘un holatda bo‘lishining imkoni yo‘q. Yagona ma’noga ega bo‘lgan lug‘aviy birlikni topish juda ham qiyin masala bo‘lib, ushbu holat, ya’ni ma’no siljishi terminlarga ham xos deb qaraladi. Ma’lum bir lug‘aviy birlikning turli ma’nolari o‘rtasidagi umumiy masofa unchalik uzoq bo‘lmaydi va ba’zan ushbu masofa shu darajada sezilmas ko‘rinishga ega bo‘lishiga ko‘ra, ushbu holatni hatto leksikograflar ilg‘ashi mushkul [5, b.239]. Shunday ekan, ko‘p ma’nolilik har qanday tilda salmoqli o‘rin egallab, tillarning harbiy terminlar tizimiga ham taalluqli bo‘lib, tilning boyligi faqatgina so‘z va iboralar bilan emas, ular anglatgan leksik ma’nolar orqali ham o‘lchanadi [3, b.3]. Ushbu fikrlardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, til qatlami sanalgan terminologik tizimda ham polisemiya o‘z o‘rni va ahamiyatiga ega. Tilshunoslikda termin va so‘zning farqli jihatlari xususida ayrim mulohazalar yuritilib, terminlar monosemantik xarakterga ega bo‘lishi bilan birga turli bo‘yoqlardan xoli ekanligi to‘g‘risidagi nuqtai nazarlarni ma’qullashgan bo‘lsa, R.N. Infantyeva terminlarning polisemantik yoki omonimlikni namoyon qila olishini ta’kidlaydi [2, b.23]. Ilk terminolog olimlardan biri sifatida D.S. Lotte har bir termin bir ma’noni ifodalab, bir ma’noli bo‘lishi lozimligini aytib o‘tgan bo‘lsada, nemis va o‘zbek tillari harbiy texnikaga oid terminlar tizimini tahlil qilish jarayonida mazkur soha terminlari uchun polisemiya bilan birga omonimiya hodisasi xosligi aniqlandi. Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, nemis va o‘zbek tillarida ko‘p ma’nolilik hodisasi juda keng tarqalgan. Shu kabi terminologik sistemalarda ham polisemantik terminlar qo‘llanilib kelinayotgani aytiladi [6, b.35]. Polisemiyada tushuncha anglatgan ma’nolar bir- biriga bog‘liqligi uning asosiy xususiyati sifatida aytiladi. Omonimlarda bo‘lsa tushunchalar anglatgan ma’nolar bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmasdan, faqat fonetik jihatdan o‘xshashligi ko‘zga tashlanadi. Lekin tan olish kerakki, ko‘pchilik holatda leksik birlik va shu bilan birgalikda terminlar masalasida ularni bir-biridan ajratish mushkul deb qaraladi. Ko‘p ma’nolilik leksik birliklarining birdan ziyod ma’noga ega bo‘lishi bo‘lib, hodisaga tilshunoslik nuqtai nazardan yondashish fransuz semasiologi M. Breald 325 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 4 (2024) / ISSN 2181-3701 tomonidan amalga oshirilgan va keyinchalik hodisa haqida turfa xil nuqtai nazarlar va bahsli munozaralar ifodalana boshlangan [4, b.159]. Polisemiyaga umumleksikada ijobiy qaralsa, terminlarda uning aksi bo‘lib, turli chalkashliklarga olib keladi. Garchi termin bir ma’nolilikka intilsada, ular orasida birdan ortiq ma’noga ega terminlar ham kam miqdorda bo‘lsada uchraydi. Ba’zi tilshunoslar terminlar ham adabiy til leksikasi ega bo‘lgan barcha xususiyatlarga xususan, ular sirasiga ko‘p ma’nolilik ham tegishliligini e’tirof qilgan bo‘lsalarda, lekin tilshunoslikda termin faqat bir ma’noli bo‘lishi kerakligi tarafdorlari ham bo‘lib, misol tariqasida A. Abduazizovning terminlarning bir ma’noliligi, o‘z-o‘zidan, monosemantik bo‘lishi haqidagi qarashlarini [1, b.77] keltirish mumkin. Polisemiyada so‘zlar anglatgan ma’nolar o‘rtasida zanjirsimon bog‘lanish bo‘ladi va bunda gap bitta so‘z yoki termin haqida boradi. Keyingi o‘rinlarda hodisalarni misollar yordamida ochib berishga harakat qilamiz. Harbiy texnika sohasi amaliyotida ko‘p qo‘llaniladigan Pistole die termini quyidagicha izohlangan: Pistole, die kleinere Faustfeuerwaffe mit kurzem Lauf. Pistole, die frühere.ursp.spanische Goldmünze [13, b.977]. Yuqorida keltirilgan tushunchaning o‘zbek tilidagi ekvivalenti pistolet bo‘lib, quyidagi ma’nolarni ifodalashi bilan izohlanadi: Pistolet [fr. Pistolet-to‘pponcha] Yaqindagi nishonga o‘q uzish uchun mo‘ljallangan, yonda olib yuriladigan qurol, to‘pponcha. Yetti o‘qli avtomatik pistolet [8, b.266]. Tushuncha sohaga oid terminologik lug‘atda esa quyidagicha izohlangan: Pistolet 1) shaxsiy o‘q otar qurol; 2) yarim avtomatik ko‘chma payvandlash moslamasi; muqim (ko‘chmas) qurilmalarda payvandlab bo‘lmaydigan detallarni payvandlashda ishlatiladi. Pistolet termini tahlili shuni ko‘rsatadiki, nemis tili izohli lug‘atidagi ma’lumot

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: Оказалось, что термины, относящиеся к военной технике термины, в немецком и узбекском языках, могут иметь более одного система терминов, значения.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: Оказалось, что термины, относящиеся к военной технике термины, в немецком и узбекском языках, могут иметь более одного система терминов, значения. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
terminlar tizimi, harbiy texnikaga oid terminlar, термины, system of terms, polisemiya hodisasi, явление многозначности, система терминов, относящиеся к военной технике, terminology related to military equipment, phenomenon of polysemy
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники