Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языковScientific supervisor: B.M.Nematov, Student: K.A.Abdukhakimova2016
Смысловая структура слов в медицинских текстах
Sayyora ISMAILOVA
Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 357-362 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: В статье исследуется смысловая структура медицинских текст, текстов, рассматриваются понятия слова и терминологии. слово, сема, 1 Teacher of Foreign Languages in Medicine, Central Asian Medical University. Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 4 (2024) / ISSN 2181-3701 термин, Также показано как выделяются и выражаются лексические лексическое значение, значения слов в медицинских текстах. семантический анализ, контекст, структура. Matn ma’nosini anglashda soʻzning semantik strukturasi muhim ahamiyatga ega. Meditsinaga oid matnlarda esa soʻzning ma’no strukturasi oʻziga xos tarzda namoyon boʻladi. Bu borada, ayniqsa, soʻz va terminologiyaning aniq, toʻgʻri qoʻllanishi muhim oʻrin tutadi. Chunki meditsinada aniq va tushunarli tildan foydalanish klinik xabarlar, ilm-fan axborotlarini toʻgʻri yetkazishga yordam beradi, bu esa oʻz navbatida bemorlarga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifatiga ijobiy ta’sir koʻrsatadi. Bularning bari leksik ma’no va uning qoʻllanishi bilan chambarchas bogʻliqdir. Leksik ma’noga sinxron planda qaralganda, ya’ni tiplarga ajratishda hozirgi tilga oid leksik ma’no koʻzda tutilganda, unga quyidagi jihatdan yondashish kerak boʻladi: 1) yasalish munosabatiga koʻra, 2) obyektni ifoda etishiga koʻra, 3) nutqda reallashish holatiga koʻra [1]. Soʻzning semantik strukturasi leksik ma’noning shu uch jihati bilan bogʻliq boʻladi. Chunki Sema (‹grek. Sema – belgi) leksik ma’no (sememani tashkil toptiruvchi komponentlar)dan iborat boʻladi [2]. Soʻzning lugʻaviy ma’nosi esa real narsalar, hodisalar va ularning obyektiv olamdagi aloqalarini, shuningdek, ona tilida soʻzlashuvchilarning malakaviy (baholovchi) axloqiy va aqliy sohalari haqidagi tushuncha hamda gʻoyalarni aks ettiruvchi ideal borliqdir [3]. Soʻz va uning ma’nosi hamda tushuncha bir biri bilan uzviy bogʻliq. Shuningdek, ular oʻzaro zidlanadi ham. Soʻz tashqi shakldan (tovush yoki grafik belgilar) iborat boʻlsa, ma’no soʻzning material qismi (leksema) bildiradigan ma’no: tovush kompleksini ma’lum obyektiv voqelikka bogʻlash bilan kishi ongida yuzaga keladigan mazmun-mundarija boʻlsa [4], tushuncha predmetlarni, hodisalarni muhim belgilari asosida boshqa barcha predmet yoki hodisalardan ajratadigan fikr formasidir [5]. Shuning uchun soʻz, ma’no va tushuncha boshqa-boshqa hodisa boʻlishi bilan birga ular oʻzaro bir-birini taqozo etadi. Tushunchani ta’riflashda tilshunoslikda soʻzning uch tomoni qarama-qarshi qoʻyiladi. Ya’ni uning tovush tomoni, leksik va grammatik jihatlari. Leksikada soʻz va iboralar tizimi nazarda tutilsa, u bilan birga tilning tovush tomoni va grammatik jihati barcha tillar uchun universal hisoblanadi [6]. Bunda soʻzning semantik strukturasi muhim oʻrin tutadi. Chunki semantika (‹frans. Semantiquye ‹grek. semantikos – ifodalovchi) til birliklarining mazmun, ma’no tomonidir [7]. Leksik ma’no sema deb ham yuritiladi. Leksik ma’no, ya’ni semema semalardan tarkib topadi. Sema leksik ma’no (semema)ni hosil qiluvchi ma’no boʻlaklaridir [8]. Bular oʻz navbatida soʻzning semantik strukturasini tashkil etadi, ya’ni soʻzning semantik tuzilishi soʻzning leksik ma’nosining tuzilishidir. Soʻzning semantik tuzilishi haqidagi gʻoya komponentli semantik tahlil, ya’ni ma’noni eng kichik boʻlinmas komponentlarga – semalarga boʻlish asosida ishlab chiqilgan. Aniq ma’noli soʻzning ma’nosi (semema) elementlar tizimi – ularning oʻzaro munosabatida sema sifatida namoyon boʻladi. Polisemantik soʻzning ma’nosi murakkab tizimdir. Bunday soʻzning har bir individual ma’nosi yoki uning leksik-semantik varianti (LSV) bir ma’noli soʻz, semantik tuzilma sifatida qaralishi mumkin [9]. Har qanday matnning leksik-semantik jihatini oʻrganishda soʻzning semantik strukturasini tibbiy terminologik kontekstida tahlil qilish va uning matn mazmuniga 358 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 4 (2024) / ISSN 2181-3701 ta’sirini koʻrib chiqish maqsadga muvofiq boʻladi. Soʻzlarning ma’no tuzilmasi, ularning murakkabliklari va terminlar orqali amalga oshiriladigan axborot uzatish, meditsinaga oid matnning tuzilishini belgilab beradi. Chunki meditsinaga oid matnlarda aniqlik va tushunarlilik oʻta muhim oʻrin tutadi. Shuningdek, meditsinaga oid matnlarda fanlararo bogʻliqlik juda kuchli namoyon boʻladi. Shuning uchun soʻz semantikasi faqat tibbiy tildagina emas, balki interdissiplinar tadqiqotlar kontekstida ham koʻrib chiqilishi zarur. Meditsinaga oid matnlarning semantik tahlili, biologiya, farmakologiya, psixologiya va boshqa sohalar bilan bogʻliq boʻladi. Bunda soʻz va terminlarning aniqligi ularning klinik amaliyotdagi ahamiyatini belgilab beradi. Shu tariqa, tibbiy matnlarda soʻz semantik strukturasi tadqiqi tibbiy sohada aniqlik va samaradorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Bu, ayniqsa, meditsinaga oid ilmiy va maxsus matnlarda kuchli namoyon bo
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В статье исследуется смысловая структура медицинских текст, текстов, рассматриваются понятия слова и терминологии.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В статье исследуется смысловая структура медицинских текст, текстов, рассматриваются понятия слова и терминологии. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- text, контекст, текст, слово, semantic analysis, лексическое значение, structure, сема, word, context, семантический анализ, leksik ma’no, term, seme, so‘z, semantik tahlil, struktura, термин, lexical meaning, kontekst, структура, sema, termin, matn
Смежные источники
American Journal of Philological SciencesMardanova Zilola Fatxullo qizi2024
American Journal of Philological SciencesShakhlo Kurbonova2024
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019