American Journal of Philological SciencesMardanova Zilola Fatxullo qizi2024
Социальная активность женщин в обществе
Mukhabbatkhоn BAKIYEVA
Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 81-85 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: В статье рассматривается социальная активность женщин общество, и девочек как показатель культурного уровня и духовного гендерное равенство, развития общества. Выражены взгляды на системные женщины, 1 Associate Professor, PhD, Head of the Department of Primary and Preschool Education, University of Economics and Pedagogy. Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 4 (2024) / ISSN 2181-3701 социальная активность, реформы и политику гендерного равенства, направленные внимание к женщинам, на поддержку женщин в стремлении занимать лидирующие образование, позиции в социальной и политической сферах. занятость, профессия. O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridayoq xotin-qizlarning jamiyatda ijtimoiy faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Shu sababli mamlakatimizda olib borilayotgan xotin-qizlarga oid islohotlar hamda ijtimoiy faol ayol va uning axloqiy xatti- harakatlarining jamiyat ravnaqidagi o‘rnini tahlil etish bugungi kunning dolzarb mavzularidan biri hisoblanadi. Davlat va jamiyat qurilishi, ishlab chiqarish, oila, mahalla, jamoat tashkilotlari, fuqarolik institutlari faoliyatida ayol-qizlarning ijtimoiy faolligi nihoyatda zarur bo‘lib, ulardagi ijtimoiy faollik sifatlarini shakllantirish va kuchaytirish muhim ahamiyatga ega. Barkamol avlod tarbiyasida xotin-qizlarning ijtimoiylashuv muammolari ijobiy hal etilishi nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy masalalarning yechimini topishda, balki yangi jamiyat quruvchilarni tarbiyalash ishlarini to‘g‘ri tashkillashtirish va amalga oshirish borasida ham ulkan ahamiyat kasb etmoqda. Shu sababli bugungi kunda inson, shaxs muammosi jamiyat miqyosida ham, ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida ham eng dolzarb masalalar darajasiga ko‘tarildi. Xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish ko‘p qirrali, murakkab hodisa bo‘lib, bu ularning ijtimoiylashuv jarayoni bilan bog‘liq boʻlgan muhim va o‘ziga xos jihatlardan biridir. Tabiiyki, muammoning nafaqat mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish konsepsiyasi orqali o‘rganilishi, balki yangi ma’naviy-axloqiy tamoyillar, yangi innovatsion texnologiyalar va jarayonlar orqali o‘rganilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Biz uchun muqaddas bo‘lgan oila asoslarini yanada mustahkamlash, xonadonlarda tinchlik-xotirjamlik, ahillik va o‘zaro hurmat muhitini yaratish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni aniq mazmun bilan to‘ldirishdan iborat bo‘lmog‘i zarur”, deb alohida ta’kidlagan. Buyuk ma’rifatparvar Abdurauf Fitrat: “Farzandlarimizni yaxshi xulq egalari qilib tarbiyalashimiz uchun, avvalo, millat onalari tarbiya va ilm olishlari lozim”, deb yozgan edi. “Biz Uchinchi Renessans poydevorini qurish, jamiyatda yangi ma’naviy makon yaratish haqida gapirar ekanmiz, bu ishlarni otalar, onalar, ustozlar ma’naviyati bilan uzviy amalga oshirishimiz zarur. Bugun biz ochiq jamiyatda yashayapmiz. Bu imkoniyatdan to‘g‘ri foydalanib, ilg‘or g‘oyalarni o‘zlashtirishimiz kerak. Lekin milliy qiyofamizga putur yetkazadigan illatlardan ehtiyot bo‘lishimiz, o‘zligimizni yo‘qotmasligimiz shart” . “Amerikada demokratiya” asarining muallifi, XIX asr fransuz gumanisti va faylasufi Aleksis de Tokvil bu xususda shunday fikr yuritadi: “Ba’zilar erkak va ayolni nafaqat tengligi, balki yaxlit ekanini ta’kidlaydilar. Ular erkak va ayolga bir xil huquqlarni beribgina qolmay, bir xil majburiyatlarni ham ularning zimmasiga yuklaydilar. Ular erkak va ayolni bir xil fikrlashi, mehnat qilishini istaydilar. Bu yaxshilikka olib kelmaydi, erkak va ayolning jins sifatida inqirozini keltirib chiqaradi, zaif erkaklarni va kuchli ayollarni paydo qiladi”. Sharq qadriyatlarida ayol doimo erkak kishiga do‘st, yor, oqila, mehribon, oilaviy tinchlikning rahnamosi sifatida ulug‘langan. Ayollarning oila va jamiyatdagi roli, xususan, farzand tarbiyasi va ijtimoiylashuvidagi ahamiyati mutafakkirlar tomonidan e’tirof etilgan. Abu Rayhon Beruniy o‘z qarashlarida oila tinchligi bevosita oqila, aqlli, farosatli, tarbiyali ayollar qo‘lida 82 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 4 (2024) / ISSN 2181-3701 ekanligiga alohida ahamiyat qaratgan. XIX asr oxiri va XX asr boshlarining yetakchi ma’rifatparvarlari M.Behbudiy, A.Fitrat va A.Avloniy xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni borasida keng fikrlar bildirganlar. Masalan, Fitratning “Oila yoki oila boshqarish tartiblari” asarida shunday fikrlar bor: “Ayollarning huquqlari, albatta, din va milliy qadriyatlar bilan ham bog‘liqdir. Islom dini kirib kelgunga qadar qizlar tug‘iliboq tiriklayin o‘ldirilgani ko‘pchilikka ma’lum. Muqaddas Islom dini hamisha ayollarni e’zozlashga buyuradi. “Jannat onalar oyog‘i ostidadir” degan naql asrlar osha o‘z mavqeyini yo‘qotmagan. Islom ta’limoti ayollarni ilm olish, mehnat qilish, meros huquqi, jamiyat tara
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В статье рассматривается социальная активность женщин общество, и девочек как показатель культурного уровня и духовного гендерное равенство, развития общества.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В статье рассматривается социальная активность женщин общество, и девочек как показатель культурного уровня и духовного гендерное равенство, развития общества. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- DOI: https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss4/S-pp81-85, женщины, гендерное равенство, attention to women, внимание к женщинам, education, общество, jamiyat, gender tenglik, xotin-qizlar, career, ayollarga e’tibor, образование, bandlik, профессия, social activism, women, gender equality, ta’lim, employment, социальная активность, занятость, kasb-hunar, ijtimoiy faollik, society
Смежные источники
American Journal of Philological SciencesShakhlo Kurbonova2024
Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языковScientific supervisor: B.M.Nematov, Student: K.A.Abdukhakimova2016
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021