К содержанию
РецензированоRU2024

Художественно-психологическая интерпретация психики героя в произведениях Назара Эшонкула

Sitora TOSHMAMATOVA · Nazar Eshonkul (Fergana State University)

Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 394-397 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье рассматриваются особенности человеческая психика, человеческой психики и внутренних переживаний в внутренние переживания, рассказах Назара Эшонкула, с акцентом на такие чувства, как мстительная женщина, терпение, ненависть и месть в женских характерах. На основе ненависть, персонаж, анализа рассказа автора «Ветер не поймать» описывается мотив, мстительный женский персонаж, раскрывая глубину его национализм, психики и эмоциональных переживаний. Назар Эшонкул, история, модернизм, психологизм. Inson tafakkurining yangilanishida, insonlarga go‘zallik ulashishda, hayotni badiiy bo‘yoqlarda ask ettirishda, uning ongiga ma`lum bir g‘oyani singdirishda hech qaysi soha adabiyotchalik imkoniyatga ega emas. Ijodkor o‘z ongida tafakkur qilgan dunyosini, o‘y- xayollarini o‘quvchi ko‘z o‘ngida qayta voqealantirishga intiladi. O‘zbek adabiyotining o‘ziga xos uslubga, yo‘nalishga ega bo‘lgan ijodkorlardan biri Nazar Eshonquldir. Ushbu adib modernistik ijodkor sifatida tilga olinadi. Adibning ko‘plab asarlarida inson va jamiyat munosabatlaridagi ziddiyat, ichki ruhiy konflikt, qahramon qalbidagi kurashlar, hissiyotlar to‘qnashuvlar badiiy yoritib berilgan. Ma’lumki, har qanday badiiy asarning tasvir obyektida inson shaxsi turadi. Insonga psixologik jihatdan yondashuv nihoyatda muhim sanaladi. Nazar Eshonqul adabiyot olamida nafaqat modernistik yo‘nalishdagi asarlari bilan, shuningdek, badiiy ijod haqidagi qarashlari bilan ham alohida ahamiyatga ega adibdir. “Olam butun edi, keyin parchalandi, zarralarga bo‘linib ketdi. Zarralarga bo‘linish hamma fojeaning asosi bo‘ldi. Dunyo ana shu parchalanishning uqubat va buhronlarini boshdan kechiryapti. Ijod esa zarralarni butunlikka tomon undaydi, yaxshilikka, birikishga boradigan yo‘llarni ko‘rsatadi, tahlil qiladi. Ana shu yaxlitlikka undashi bilan u yaratgan mahsulotlarning hammasi tarbiyaviydir” . Adib ta’kidlaganidek, komil inson bo‘lish uchun, inson eng avvalo, o‘z ruhini tarbiyalamoq darkor, ruhni tarbiyalagan inson esa komil insondir. Tanqidchi, tarjimashunos Ibrohim Gʻafurov adib haqida shunday fikr bildirdi: “Nazar Eshonqul mening nazarimda bizning oʻzbek adabiyotida dunyo adabiyotlarining eng ilgʻor oqimlari va usullarini chuqur oʻrgangan va oʻz asarlarida targʻib qilgan” . Olimning aytgan gaplaridan ko‘rinib turibdiki, Nazar Eshonqul o‘zining ko‘plab asarlarida eng zamonaviy usullardan foydalangan, shuning uchun bu asarlar kitobxonning yuragidan joy olgan. Xususan, professor Bahodir Xoliqov adib haqida shunday fikrlarni bildirgan: “Nazar Eshonqul asarlari orqali Yevropa, shuningdek, Lotin Amerikasi yozuvchilarining asarlarini ham toʻgʻri tushunish, ularning asarlarini anglash, his etish imkoniyatiga ham ega boʻlamiz” . Ushbu berilgan fikrlardan anglashiladiki, Nazar Eshonqulning asarlarida jahon va o‘zbek adabiyoti va san’ati namoyandalarining asarlari va shaxsiyatidagi mushtarakliklar, tahlillar, adabiy etyudlar jamlangan. Nazar Eshonqulning ijodiga nazar soladigan bo‘lsak “Maymun yetaklagan odam”, “Shamolni tutib bo‘lmaydi”, “Tobut” kabi hikoyalari va “Go‘ro‘g‘li yoxud hayot suvi” romani 395 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 3 (2024) / ISSN 2181-3701 zamonaviy jahon adabiyoti hikoyalarini eslatadi. Nazar Eshonqulning asarlarida shunday umumiylik borki, bu larning nomlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Adibning asarlari haqida turli xil yondashuvlar mavjud. Xususan, adabiyotshunos olima Nargiza Toirova adibning “Tobut” hikoyasi haqida shunday fikr bildirgan; “Tobut hikoyasi singari 90-yillarda o‘zbek adabiyotida yaratilgan bir qator asarlarda mavhum bir jamiyat, tuzum, mafkuraning ramziy tasviriga duch kelamiz. Ulardagi qahramonlar ko‘pincha notabiiy sharoitlarda, mavhum, sirli muhitda tasvirlanadi. Mana shu absurd olamni aks ettirish ortida, asosan, sobiq Ittifoq yoxud kommunistik tuzum davridagi insonlar va ularning ruhiy, ma’naviy olami nazarda tutilayotgani ilg‘ab olish qiyin emas.”[1] Ushbu berilgan fikrlardan xulosa qiladigan bo‘lsak, “Tobut” hikoyasida insonlarning ruhiy kechinmalari va ichki hissiyotlari rang- barang so‘zlar orqali o‘quvchiga yetkazib berilgan. Ko‘plab o‘quvchilar Nazar Eshonqul asarlarini o‘qigach, juda uzoq o‘ylanishadi. Mohir adibning ijodida psixologizm ustunlik qilgani uchun ham u har bir kitobxonni o‘zining sirli dunyosiga osongina asir qilib qo‘ya oladi. Bu yo‘sinda xotiraga singan taassurotlar esa tabiiyki, mutolaa qiluvchining shuuridan hech qachon butkul o‘chib ketmaydi. Aksincha, vaqt o‘tgani sari yurak-yurakka chuqurroq ildiz ota boradi va butun hayotimiz davomida bizga hamrohlik qilib, yo‘limizni yoritadi. Bu ruhiyat satrlari orqali dard-u muhabbatlarimizni bir-birimizga yuqtirib, odam-u olamni yanada kengroq anglay boshlaymiz. Nazar Eshonqulning inson ruhiyatini ochib bergan dastlabki ijodi “Shamolni tutib bo‘lmaydi” hikoyasi edi. Adibning mazkur asari o‘zbek hikoyachiligida muhim yangilik bo‘ldi. U ja

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье рассматриваются особенности человеческая психика, человеческой психики и внутренних переживаний в внутренние переживания, рассказах Назара Эшонкула, с акцентом на такие чувства, как мст…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье рассматриваются особенности человеческая психика, человеческой психики и внутренних переживаний в внутренние переживания, рассказах Назара Эшонкула, с акцентом на такие чувства, как мст… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
DOI: https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss3/S-pp394-397, vengeful woman, qasoskor ayol, национализм, hatred, inson ruhiyati, human psyche, мстительная женщина, история, Nazar Eshonkul, персонаж, motiv, story, xarakter, modernism, nationalism, Nazar Eshonqul, motive, ichki kechinmalar, psixologizm, psychologism, inner experiences, модернизм, человеческая психика, nafrat, ненависть, психологизм, Назар Эшонкул, modernizm, hikoya, milliylik, character, внутренние переживания, мотив
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники