К содержанию
РецензированоRU2024

Совместное образование - ключевой фактор воспитания совершенного человека

Rustam ASTANOV

Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 383-388 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье представлена информация о совместном сотрудничество, образовании и его приоритетах. Совместное обучение методология, сосредоточено на том, чтобы учащиеся не только осваивали образование, науки, но и глубже понимали суть происходящих событий и обучение, школа, действительности, а также повышали интерес к научной коллектив, деятельности. преемственность, знания, информация, наука. Zamonaviy maktabning vazifasi o‘quvchilarga berilayotgan ta’lim sifatini zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish va rivojlantirish, oila, maktab va jamoatchilik hamkorligiga asoslangan va boshqaruvning jamoatchilik shakli tashkil qilingan ochiq ta’lim muhitini amalga oshirish hamda bolalarning huquqlarini ta’minlash, bolaning sha’ni, g‘ururini himoya qilish, bola uchun do‘stona muhitni yaratishdan iborat. Jamiyat, maktabdan ta’lim oluvchi shaxsni metodik shakllanishi, o‘quvchilarni uzluksiz bilim olishlarini ta’minlashini, ularning bilimga bo‘lgan ehtiyojlarini rivojlantirishni, hayotiy va mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishni, o‘quvchida yuqori darajadagi ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalashni kutmoqda. Maktabning faoliyati esa bolalar haqida g‘amxo‘rlik, ularning qiziqishlarini qo‘llab- quvvatlash va eng muhimi ta’limda sog‘lom muhitni tashkil etishdan iborat bo‘lishi kerak. Ta’limda sog‘lom muhit nafaqat moddiy jihatlarni ko‘zga tutadi, shu bilan birga maktabdagi o‘zaro munosabat, oiladagi va jamiyatdagi muhitni ham nazarda tutadi. Ta’limda sog‘lom muhitni qo‘llab-quvvatlash maktab ma’muriyatidan tortib, o‘qituvchi, ota-ona, mahalliy hokimiyat, maktab kichik xodimlari va o‘quvchilarning ham majburiyatiga kiradi. Hozirgi kunda maktabni qurib, uni barcha jihozlar bilan ta’minlash va barcha bolalarni maktab ta’limiga shunchaki jalb qilishini o‘zi kifoya qilmaydi. Bugungi kunda maktab har tomonlama rivojlangan hayotiy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, sog‘lom va himoyalangan, o‘z kuchiga ishongan hamda o‘z-o‘zini boshqara oladigan shaxsni shakllantirishi kerak. Bunday shaxsni tarbiyalashda yaxshi maktab ya’ni tez o‘zgaruvchan, iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarga moslashishga yordam beradigan, malakalarga ega bo‘lgan pedagoglar jamoasi muhim o‘rin egallaydi. Bu jamoada demokratik tamoyillar hukmronlik qiladigan ijodkorlik muhiti mavjud bo‘lib, tashabbuskorlik, moddiy va ma’naviy rag‘batlantiriladi. Bunday jamoani tashkil etishda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim. • O‘qitish jarayoni vaqtida bir-birini kuzatish yuli bilan bir-biridan o‘rganish. • Hamkorlikdagi rejalashtirilgan darslarni tashkil etish, butun faoliyatning barcha qirralaridan keng va samarali foydalanish. • O‘quvchilarning “bo‘sh” joylarini aniqlash va kelgusida bu kabi kamchiliklar bo‘lmasligi uchun yangi o‘qitish usullarini (interfaol) rejalashtirish maqsadida o‘quvchilar faoliyatini jamoa bo‘lib tashkillashtirish. 384 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 3 (2024) / ISSN 2181-3701 • Fikrlash va tushunish uchun boshqa professional maqolalar va resurslarga ega bo‘lish, o‘qitish va ta’lim berishda ulardan samarali foydalanish. • O‘zaro bir-birimiz bilan nimani va qanday o‘qitayotganimizni hamda o‘zimizning o‘qitish natijalari bilan o‘rtoqlashish. • Hamkasabani ma’nan qo‘llab-quvvatlash, muvaffaqiyatlaridan xursandligingizni namoyon etish, unga hasad emas havas qilish, unday bo‘lishga harakat qilish. • Muammolarni hamjihat bo‘lib aniqlash , o‘rganish va tahlil etish, bartaraf etish yo‘llarining tartibini belgilash. • Ta’lim-tarbiya sifatini oshirishdek uzluksiz faoliyatda “o‘zingiz”ning o‘rningiz bo‘lishiga erishish. • Jamoaviy faoliyatga yetaklovchi yechimlarga erishish uchun jamoaviy yechimlarni qabul qilish. • Yordamga muhtoj, shuningdek yordam beruvchilarni har tomonlama qo‘llab- quvvatlash (ilmiy, metodik, pedagogik, psixologik) • Metodik qo‘llanmalar, tavsiyalar, namunali dars ishlanmalari, test savollari va boshqa nazorat topshiriqlar to‘plami kabi metodik ishlarni tayyorlashda har bir pedagog va jamoaning javobgarligini oshirish. Yana bir jihat, jamoaning faoliyatini yaxshilash, ijodkorlik va sog‘lom muhitni tashkil etishda hamkorlikdagi ta’limga e’tiborni kuchaytirish zarur. Hamkorlikdagi ta’lim bu ishchi guruhlarda ishlashdir, lekin har qanday guruhlardagi ish hamkorlikdagi ta’lim emas. Hamkorlikdagi ta’limning 5 asosiy elementi mavjud. Bular: 1. O‘zaro ijodiy bog‘liklik 2. Shaxsiy mas’uliyat 3. “Yuzma-yuz” munosabatlar 4. Ijtimoiy malaka 5. Baholash Shuningdek, hamkorlikdagi ta’limda guruhdagi o‘quvchilar passiv tinglovchi emas, balki muzokaralar ishtirokchisi,o‘zining fikrini qisqa, lo‘nda va aniq bayon etuvchi guruh a’zosiga aylanadi. Guruhlardagi ochiqlik, o‘zaro hurmat va yordam o‘quvchilarni o‘ziga jalb etadi. Bu esa o‘quvchilarning davomatini yaxshilaydi, tirishqoqligini kuchaytiradi, o‘zaro hamkorlikda fanlarni o‘zlashtirish, hodisa va voqeiylikning mazmun- mohiyatini tushunish, ularning fanga bo‘

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье представлена информация о совместном сотрудничество, образовании и его приоритетах.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье представлена информация о совместном сотрудничество, образовании и его приоритетах. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
DOI: https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss3/S-pp383-388, education, information, science, обучение, uzluksiz, knowledge, training, сотрудничество, образование, преемственность, методология, maktab, metodik, methodology, информация, школа, jamoa, fan, cooperation, school, team, bilim, o‘qitish, знания, ma’lumot, continuity, hamkorlik, коллектив, ta’lim-tarbiya, наука
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники