American Journal of Philological SciencesMardanova Zilola Fatxullo qizi2024
Паранормальная природа рассказа "Черная книга"
Sanobar SAYDAZIMOVA
Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 348-352 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье проводится научный анализ паранормальные эпизоды, паранормальных эпизодов в повести Назара Эшонкула дьявол, «Чёрная книга» и их художественной функции. поэтика, Рассматривается значение паранормальных элементов в норма, миф, духовных исканиях и внутренних переживаниях героев телепатия. произведения. Сверхъестественные явления в художественном мышлении анализируются как часть процесса духовного упадка человека и осознания им своей сущности. Также обсуждаются эстетические функции и символические значения паранормальных эпизодов, связанных с религиозными, мифологическими и фольклорными источниками. Jahon va o‘zbek adabiyotshunosligida azal-azaldan shakllanib, takomillashib kelayotgan poetik obrazlar va epizodlar mohiyatan o‘z tarixiy va haqqoniy ildizlariga ega. Dunyo yaralibdiki, olam va odam, zamon va makon, yer-u osmon aro cheksiz tasavvurlar va sodir bo‘ladigan barcha hodisotlar badiiy adabiyotga ko‘chgan. Adabiy-tarixiy jarayonda an’anaviy va epizodik obrazlar poetik takomilning asosini tashkil etadi. Ammo poetik tafakkurning muhim bir komponenti sifatida uchraydigan – “paranormal epizodlar” o‘z genezisi bilan adabiy janrlar taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Shunga ko‘ra badiiy adabiyotdagi “paranormal epizodlar”ning asosi va ilk omillarini belgilashda ilohiy manbalar, mif va folklor namunalari genetik asos bo‘lib xizmat qiladi. Avvalo, “paranormal” so‘zining lug‘aviy ma’nosiga to‘xtalib o‘tamiz. “Paranormal” ikki “para” va “normal” so‘zlarining birikuvidan paydo bo‘lgan. “Para”-yonida, yaqinida, tashqarida ma’nolarini bildirib, baynalmilal, o‘zlashma qo‘shma so‘zlarning birinchi qismi bo‘lib, biror narsaning yaqinida, yoki undan chetlashish, uzoqlashish, o‘zgarish kabi ma’nolarni bildiradi. “Normal” - umum tomonidan qabul qilingan va tan olingan, hamma uchun majburiy deb hisoblangan, qonun hukmiga kirgan tartib-qoidalardir. “Paranormal” mana shu umumiy tartib-qoidadan chetga chiqish, barcha uchun odatiy hayot tarzidan tashqarida bo‘lish, g‘aroyib va mahvum hodisotlarning tasviridir. Andrey Yuryevich Dolgix va Anna Pavlovna Koryakinaning hammualliflikda yozilgan “Три взгляда на проблему паранормального” nomli maqolasida paranormal hodisaga quyidagicha izoh beradi. “Paranormal hodisalar misoli sifatida odatda quyidagi “hodisalar” keltiriladi: sezgi organlaridan tashqari qabul qilish (extrasensorik idrok), NLO (noaniq uchuvchi jismlar), Loch-Ness ko‘li maxluqi, astrologiya, deja-vu, farishtalar, sharpali uylar, sehrgarlik, levitatsiya, fikrlarni o‘qish (telepatiya), narsalarga teginmasdan ta’sir ko‘rsatish (telekinez), narsalarning o‘z-o‘zidan harakatlanishi (poltergeyst), kaft chiziqlaridan fol ochish (hiromantiya), qora sehr (ayniqsa vudu), ruhlarning ko‘chishi, ruhlar ta’siri, o‘simliklar bilan muloqot qilish va hokazolar”.[4:27-bet] Yuqoridagi misollar asosan turli tahliliy kuzatishlar va hayotiy asosga ega. Ushbu maqolada paranormal epizodlarning zamonaviy o‘zbek adabiyotidagi talqini va badiiy vazifasiga ahamiyat qaratiladi. Zamonaviy o‘zbek nasrida, xususan qissa janrida diniy, mifologik, folklor motivlari bilan realizm sinkretik tarzda gavdalanadi. “Paranormal epizod” badiiy asarlarda qo‘llangan uchinchi olam bilan bog‘liq bo‘lgan noodatiy obrazlar, an’anaviy bo‘lib kelgan 349 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 3 (2024) / ISSN 2181-3701 voqelikning buzilishi, tutash olamda sodir bo‘ladigan hodisa va jarayonlardir. “Paranormal epizodlar”ga jin, ajina dev, alvasti, qorabosti, qora soya, iblis, shayton, oziqchi, ilon-qiz, it- odam, Xizr kabi asarlarda qisman qatnashib, o‘ziga xos badiiy vazifa bajaradigan diniy- mifologik obrazlar va g‘ayrioddiy hodisotlar kiradi. Aslida barchasining tub ildizlari ilohiy haqiqatlar, mifologik va folklor manbalariga borib taqaladi. Yuqorida sanab o‘tilgan obrazlar folklorshunoslik va mifologiyada demonologik personajlar deb yuritilgan. Biz tadqiqot ishimizda faqat obrazlarni emas, balki sujet va noodatiy, mavhum va sirli hodisalar, karomatlarni tahlilga tortamiz va umumiy ma’noda “paranormal epizodlar” istilohini ilmiy atama sifatida ilk bora qo‘llaymiz. O‘zbek va jahon adabiyotida har bir badiiy komponentning o‘ziga xos ta’rif-u tavsifi, kanonlari, spetsifikasi, genezisi bor. Adabiyotshunos olim Uzoq Jo‘raqulov fikri bilan aytganda “Mohiyatan har qanday badiiy-estetik hodisa an’anaviy ya’ni tarixiydir” [1:6- бет]. “Paranormal epizodlar”ning turli talqinlari, sujet liniyalari ilohiy kitoblarda, mifologik-folklor manbalarida, maishiy turmush tarzida poetikaning muhim bo‘lagi sifatida uchraydi. Shuningdek, paranormal epizodlar poetik tafakkurning muhim komponenti hisoblanadi, chunki ular adabiy asarlarning sirli, mistik yoki chuqur ramziy ma’nolarini, g‘ayriodatiy karomatlarni yaratishga yordam beradi. Paranormal hodisalar, ya’ni ilmiy yoki mantiqiy tushuntirishga ega bo‘lmagan, g‘ayritabiiy ko‘rinadigan voqealar, adabiyotda ko‘pincha in
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье проводится научный анализ паранормальные эпизоды, паранормальных эпизодов в повести Назара Эшонкула дьявол, «Чёрная книга» и их художественной функции.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье проводится научный анализ паранормальные эпизоды, паранормальных эпизодов в повести Назара Эшонкула дьявол, «Чёрная книга» и их художественной функции. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- paranormal episodes, particularly in relation to religious, mythological, and folkloric, телепатия, поэтика, mif, poetics, iblis, норма, паранормальные эпизоды, миф, paranormal epizodlar, normal, myth, poetika, telepathy, telepatiya, дьявол, devil
Смежные источники
American Journal of Philological SciencesShakhlo Kurbonova2024
Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языковScientific supervisor: B.M.Nematov, Student: K.A.Abdukhakimova2016
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021