К содержанию
РецензированоRU2024

О романе Яшара Кемаля «Инжа Мамад» и его переводе на мировые языки

Dilfuza SHODMONOVA

Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 212-218 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: В статье рассматривается богатство творчества перевод, известного турецкого писателя Яшара Кемаля, включая его мировая литература, роман «Инжа Мамад», который открыл писателя мировой литературное мастерство, литературе. Также освещаются переводы этого бестселлер, художественная произведения на разные языки, работа переводчиков и литература. публикации. Молодым специалистам и исследователям предлагается информация о международном изучении творчества Яшара Кемаля и значении его переводов. Özet. Bu makalede, ünlü Türk yazarı Yaşar Kemal'in yaratıcılık zenginliğinden, yazarı dünya edebiyatına tanıtan "İnce Memed" adlı romanından, eserin dünya dillerine çevirileri, mütercimleri ve yayınlarından bahsedilmektedir. Bu makale, genç profesyonellere ve araştırmacılara, Yaşar Kamal'ın eserlerinin dünya çapındaki çalışmaları ve çevirilerinin başarıları hakkında bilgi vermektedir. Anahtar kelimeler ve ifadeler. Çeviri, dünya edebiyatı, edebi mükemmellik, çok satanlar, kurgu. Ma’lumki har qanday tarjima muayyan darajada ijodiy ish hisoblanadi. Badiiy asarlar tarjimasi esa alohida yondashuvni talab etishi, mahorat va san’atkorlikni taqozo qilishi jihatidan san’at iqlimidir. Bu masalani o‘zbek olimi G‘. Salomov shunday asoslaydi: “Tarjima jarayoning mohiyatini asl nusxada aks etgan shakl bilan mazmuning birligini, yaxlitligini saqlash uchun bo‘lak tildan muqobil vositalar qidirib topishdan iborat. Bundan tashqari, asl nusxa mazmunini boshqa tilda berishning mavjud bir nechta imkoniyatlari orasida eng muqobil va muvofiq variantini tanlash ham adekvat tarjimaning asosiy talablaridan biri hisoblanadi. Ana shu muqobil til vositalarini qidirib topish va muvofiq variant tanlash ijodiy xarakterga ega bo‘lib, tarjima qiluvchi kishi, ya’ni tarjimondan ongli mehnatni talab etadi. Tilning ifodaviyligi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy- siyosiy adabiyotlar tarjimasida ham muayyan badiiy-ijodiy masalalarini yechishga to‘g‘ri keladi. Bu tarjimadan adabiy mahoratni talab qildi. Bunday tarjima san’at jumlasiga kiradi” [1,21]. Haqiqiy so‘z ustasi, o‘z ijodini Onado‘lu xalq og‘zaki ijodi namunalari bilan omixta asarlar yozish bilan boshlagan Yashar Kamol turk tilining badiiy ifoda qudrati, nafosati, xalq og‘zaki ijodining yagona qahramoni bo‘lgan turk xalqining boy madaniyatidan ilhomlanadi. Yevropada Yashar Kamolning ushbu asarlaridan Shahrizoda hikoyalari, Tolstoy romanlari kabi keng miqyosli, Dikkens romanlari kabi jonli ekani, kitobning go‘zallikka boy nazm uslubi, afsona tuyg‘usiga tayanishi ta’kidlanadi [2,5]. Adibning “Inja Mamad”, “Tayanch ustuni”, “Osmon olis, yer qattiq”, “Og‘chasoz og‘alari”, “Ilonni o‘ldirsalar”, “Tunuka” “Og‘ritog‘i nolasi”, “Temirchilar bozori” singari asarlarida jahon adabiyotida ilgari surilgan insonparvarlik g‘oyalari ulug‘lanadi, Sharq va G‘arb adabiyotiga xos ilg‘or jihatlar yorqin aks ettiriladi. Taniqli turk yozuvchisi Yashar Kamolni dunyo adabiyotiga tanitgan asari bu “Inja Mamad” romanidir. Ushbu roman birinchi marta 1953- va 1954-yillarda “Respublika” gazetasida nashr etilgan. Keyinchalik Yashar Kamol romanning davomi sifatida yana uchta roman yozdi. Asar hozirgi shaklini olishi uchun jami 32 yil sarflangan. 213 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 3 (2024) / ISSN 2181-3701 Yashar Kamolning birinchi romani “Inja Mamad” ni yozilish va dunyo tillariga tarjima qilinishi tarixini yozuvchining o‘zi quyidagicha izohlaydi: “Men 1946–47-yillarda romanlar yozishni sinab ko‘ra boshladim. Ular orasida Inja Mamad ham bor edi. Men yozishni boshladim. Yillar davomida o‘yladim, xayolan romanni yoddan bilardim. O‘sha yili juda qattiq qish bo‘lgandi va qo‘limda qo‘lqop bilan “Inja Mamad” ni uch oyda yozib tugatdim va 1956-yilda nashr etildi. “Eng yaxshi roman” mukofotini oldi. 1957-yilda Sovet Ittifoqi va Bolgariyada nashr etildi. Uning nashr etilishini Nozim Hikmat ta’minladi. 1961-yilda Angliyada nashr etilgan “Inja Mamad” uzoq vaqt davomida eng ko‘p sotilgan kitoblar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi. Keyinchalik Skandinaviyada, undan keyin Fransiyada, keyin Amerikada mashhurlikka -erishdi” [3,70- 71]. “Inja Mamad” – 40 dan ortiq dunyo tillarga tarjima qilingan “Inja Mamad” ning qayg‘uli va dramatik hikoyasi ko‘plab o‘quvchilarning qalbini zabt etishga muvaffaq bo‘ldi va jahon adabiyoti durdonalari ro‘yxatiga o‘rin egalladi [3,12]. Dastlab nashr etilgandayoq barchaning e’tiborini tortgan ushbu roman bugungi kunda ham eng ko‘p sotilganlar kitoblardan biridir. “Inja Mamad” romani jami 4 jilddan iborat va unda jumhuriyat davrining ilk yillarida sodir boʻlgan voqealar, roman qahramoning qishloq xo‘jayini tomonidan koʻrgan taʼqiblari orqali qishloq odamlarining umumiy ahvoli tasvirlangan [3,8]. Roman “Turk adabiyotining 100 ta eng yaxshi romani” ro‘yxatida 1-oʻrinni egallagan. Ushbu turkumning birinchi jildi 1955 yilda, Yashar Kamol yozuvchilik faoliyatini boshlagan paytda nashr etilgan hamd

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В статье рассматривается богатство творчества перевод, известного турецкого писателя Яшара Кемаля, включая его мировая литература, роман «Инжа Мамад», который открыл писателя мировой литературное масте…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В статье рассматривается богатство творчества перевод, известного турецкого писателя Яшара Кемаля, включая его мировая литература, роман «Инжа Мамад», который открыл писателя мировой литературное масте… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
translation, badiiy asar, world literature, мировая литература, adabiy mahorat, fiction, bestseller, перевод, бестселлер, jahon adabiyoti, literary excellence, литературное мастерство, tarjima, художественная литература
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники