Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OʻTKIR HOSHIMOV QALAMIGA MANSUB INSON QIYOFALARI
Gulnur Kakisheva
Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada, xalqimizning suyukli yozuvchisi O'tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" asarida inson hayotini butkul o`zgartirib yuboradigan urush va tinchlik haqida so`z yuritilgan. Kalit so`zlar. O'tkir Hoshimov, "Ikki eshik orasi", urush va tinchlik, roman, Kimsan , Robiya. "Rost bilan yolg'onning o'rtasi-to'rt enlik ", degan gap bor, qiziq, nega endi oz emas, ko'p emas, to'rt enlik? Gap shundaki, ko'z bilan quloqning orasi -to'rt enlik ekan. Eshitganingga emas, ko'rganingga ishon...Maqsad –shu. "Ikki eshik orasi". Xo'sh, hammaga tushunarli. Umr demoqchidek yozuvchi. Aslida esa bunday emas. O'tkir Hoshimov shunday kuchli asarga bunday sodda va jo'n sarlavha tanlamaydi. Romanda tilga olingan asosiy ikkita tuyg'u bor: xiyonat va sadoqat. Asar ibtidosida tilga olinadi: sadoqat va xiyonat orasi to'rt enlik. U eshikdan bu eshikka o'tish juda osondek shu ma'noda. Lekin bu jarayon davomida inson qalbida qanchalik kurash va kechinmalar o'tishi yolg'iz o'ziga va O'ziga ayon bo'ladi. Xo'sh, asarning bir nechta qahramonlar tilidan bayon etilishi gruzin adabiyotidan olingan chiroyli usul bo'lib, u o'zbek tilida yanada sayqal topgan. E'tibor beradigan bo'lsak, roman voqealari asosan dala va Ajinako'prik atrofida sodir bo'ladi. Bunda ham bir ramziy ma'no bor. Sadoqat eshigidan xiyonat eshigini taqillatgan personajlar mana shu ko'prikdan "o'tadi". Qalami o'tkir yozuvchi O'tkir Hoshimov yozgan bu romanning hayotiy ekanligini anglab o'zbegimning irodasiga matonatiga tahsinlar o'qiyman. Ilk bor katta hajmli o'qigan asarim "Ikki eshik orasi" ekanligidan mamnunman. Badiiy adabiyotga yaqinlashtirgan ko'nglimga kurtak ochgan asar desam yanglishmayman.Har gal har sahifasini varaqlar ekanman ,o'sha tanish, ko'pdan beri taniydigan issiq chehralar nafasini tuygandek bo'laman.Asar oddiy maishiy hayotni emas,balki, o'sha vaqtlarni og'ir vaziyati yoritilgan.Yozuvchi har bir asar qahramonini nazardan chetda qoldirmaydi. Aynan qahramonlarning muallif tomonidan emas asar qahramonlarining tilidan hikoya qilinganligi asarni yanada ta'sirchan qilib ko'rsatgan. O'zbek adabiyotidagi eng sara javohirlardan biri bo'lgan bu asar yaratilganiga ancha yillar o'tgan bo'lsa-da hali hamon kitobxonlar qo'lidan tushgani yo'q.Bu asarda urushdan oldin, urush davri va undan keyingi davrda hayot tarzi, insonlarning chekkan g'am anduhlari tasvirlangan. Urush qanchadan 61 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference qancha mamlakatlar boshiga og'ir kunlar soldi.Shu jumladan o'zbeklarga ham. Agar urush bo'lmaganida Kimsan va Robiya baxtli bo'lar edi, qora amma balki yillar o'tib o'g'lining haykali bilan emas o'zi bilan suhbatlashgan, Husan duma qalbining bir chetida o'g'lining xoinligiga gumon qilgan xolda bu dunyoni tark etmagan , tog'day kelbatli oqsoqol ikki farzandidan ajralib qolmagan bo'lardi. Balki Ra'no ham o'z umr yo'ldoshiga xiyonat qilmasmidi, shunday bo'lganida Muzaffar va Munavvar ham baxtli bo'lardi. Bu asarni o'qib shuni anglash mumkinki, urushda hech qachon hech kim yutmaydi. Hamma birdek aziyat chekadi .To'g'ri yutgan davlat qandaydir hududga ,boylikka ega bo'lar .Lekin bu boyliklarning hech biri qanchadan qancha yigitlarning joniga, onalarning farzand dog'ida yonishiga ,hali yoshlik davrini sura olmagan farzandlarning yetim qolishiga arzimaydi. Urush tugaganiga ancha yillar o'tgan bo'lsa ham hali hanuzgacha insoniyatga azob berishda, ularning ko'z yoshlarini to'kishda davom etmoqda. "Yo'q" deyishga shoshilmang. Bu asrni o'qib turib qahramonlar bilan birga yig'lamagan, azoblanmagam, ilojsizlikdan qiynalmagan, ularning taqdiriga yonib kuymagan kitobxon bormikan? Ko'rayapsizmi urush haligacha insonlarni qiynaydi. Bu esa insoniyat uchun fojia. "Hayot bu ikki eshik orasi. Bir xil odamlar bor: u eshikdan kirib, bu eshikdan chiqayotganda qo'lidan kelgancha savobli ish qiladi. Hayot degan imoratga aqalli bitta g'isht qo'yib ketadi. Yana bir xillar bor: o'sha imoratdan bitta g'ishtni o'g'irlasam deydi. O'g'irlab-ku hech qayoqqa bormaydi, narigi eshikka borganda tashlab ketishga majbur bo'ladi. Ikki orada imoratni buzgani qoladi". Xulosa Oʻtkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romani inson hayoti, sadoqat va xiyonat, urushning achchiq oqibatlari kabi muhim mavzularni qamrab olgan. Asar sarlavhasi oddiy koʻrinsa-da, unda chuqur falsafiy maʼno mujassam: inson hayoti ikki eshik oraligʻi kabi oʻtkinchi, shu oraliqda qilgan ishlari esa uning kimligini belgilaydi. Romanning eng kuchli jihatlaridan biri – voqealar qahramonlarning oʻz tilidan hikoya qilinishi bo‘lib, bu usul asarni yanada taʼsirchan qiladi. Asardagi asosiy voqealar urush davriga va undan keyingi hayotga bog‘langan. Urush insoniyatga qanday dahshatli yo‘qotishlar olib kelishini yozuvchi aniq va ta’sirli misollar orqali ochib bergan. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O'tkir Hoshimov, "Ikki eshik orasi" roman, “Ilm-ziyo-zakovat” Toshkent- 2019 2. O'tkir Hoshimov, "Ikki eshik orasi" roman, “Sharq” Toshkent-2018 3. @mutolaa_sehri. Ne`matullayeva Ozo
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada, xalqimizning suyukli yozuvchisi O'tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" asarida inson hayotini butkul o`zgartirib yuboradigan urush va tinchlik haqida so`z yuritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada, xalqimizning suyukli yozuvchisi O'tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" asarida inson hayotini butkul o`zgartirib yuboradigan urush va tinchlik haqida so`z yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- O'tkir Hoshimov
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024