Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PSIXOLOG KADRLAR TAYYORLASHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Jumanov Erdavlеt Sharifjon o‘g‘li
Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026
Аннотация
В данной научной работе рассматривается вопрос разработки методики совершенствования непрерывного профессионального развития школьных практических психологов. В исследовании подчеркивается важность эффективного использования педагогических технологий, направленных на повышение профессионального мастерства практических психологов в процессе оказания психологических услуг. Также показаны перспективы применения практических занятий и инновационных подходов в курсах повышения квалификации. Ключевые слова: непрерывное профессиональное развитие, практический психолог, педагогические технологии, повышение квалификации, психологическая служба Annotation: This research focuses on developing a methodology for improving the continuous professional development of school practical psychologists. The study emphasizes the importance of effectively utilizing pedagogical technologies aimed at enhancing the professional skills of practicing psychologists during the provision of psychological services. The prospects of using practical training and innovative approaches in qualification improvement courses are also highlighted. Keywords: continuous professional development, practical psychologist, pedagogical technologies, qualification improvement, psychological service 137 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Hozirgi kunda amaliy psixologiya tez rivojlanmoqda va jamiyatning turli sohalarida, xususan, ta'lim tizimida o'z o'rnini topgan. Maktablarda amaliy psixologlarning faoliyati tobora muhim rol o'ynamoqda. Psixologlar umumta'lim maktablari, litseylarda, maxsus maktablar va boshqa ta'lim muassasalarida bolalar va o'quvchilarning ruhiy holatini rivojlantirishda, ularning ijtimoiy moslashuvini qo'llab-quvvatlashda katta amaliy yordam ko'rsatmoqdalar. Amaliyotchi psixolog – bu yangi va jamoat uchun muhim mutaxassislik bo'lib, ta'lim tizimidagi ijtimoiy talablarni qondirish uchun tashkil etilgan. Yosh avlodning ijodiy va axloqiy salohiyatini rivojlantirishga bo'lgan talablar ortib borar ekan, amaliyotchi psixologlarning malakasini oshirish zaruriyati yuzaga kelmoqda. Maktab amaliyotchi psixologlari o'quvchilarning ruhiy va ijtimoiy rivojlanishini ta'minlash, ularning psixologik holatini tushunish va muammolarini hal qilishda muhim rol o'ynaydi. Biroq, amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda ko'plab muammolar mavjud. Bir tomondan, amaliyotchi psixologlarning malakasi doimiy ravishda oshirilishi zarur, chunki bu jarayon ularning o'z faoliyatlarida yangi ijtimoiy ehtiyojlarga samarali javob berish imkoniyatini yaratadi . Ayni paytda, qisqa muddatli kurslar va tayyorgarlik dasturlari psixologlarning amaliy faoliyatining sifatini oshirish uchun yetarli bo'lmayapti. Shu bois, oliy ta'lim muassasalarida amaliy psixologlarning malakasini oshirishga e'tibor qaratilishi, ularning kasbiy kompetensiyalarini doimiy ravishda yangilab borish zarur. Maktab amaliyotchi psixologlarining malakasini oshirishga qaratilgan samarali dasturlar o'quvchilarning psixologik rivojlanishini qo'llab- quvvatlashda, ularning o'zaro munosabatlarini yaxshilashda va psixologik yordam ko'rsatishda yanada samarali bo'lishiga olib keladi. Bu esa o'z navbatida, ta'lim tizimining umumiy sifatini oshirishga hissa qo'shadi. Maktab amaliyotchi psixologining kasbiy faoliyati zamonaviy ta’lim tizimida tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Biroq ushbu sohada kadrlar tayyorlash va ularning uzluksiz kasbiy rivojlanishini ta’minlash jarayonida qator muammolar mavjud. Avvalo, amaliyotchi psixolog kasbi va ushbu xizmat sohasi hali-hanuz to‘liq shakllanmaganligi sababli, maktab amaliyotchi psixologining huquqiy maqomi, funksional vazifalari, ta’lim muassasasining xususiyatlariga qarab faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va o‘ziga xos jihatlari aniq belgilab berilmagan. Shu bois, ularning kasbiy rivojlanishiga qaratilgan uzluksiz ta’lim tizimi ham hali to‘laqonli ishlab chiqilmagan. Ko‘pincha oliy ta’lim muassasalarida umumiy psixolog mutaxassislari tayyorlanadi, maktab amaliyotchi psixologini kasbiy faoliyatiga yo‘naltirilgan 138 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference maxsus tayyorgarlik esa yetarlicha e’tiborga olinmaydi. Ayni paytda, maktab amaliyotchi psixologining faoliyatiga xos jihatlar uning kasbiy rivojlanish dasturlarini ham o‘ziga xos tarzda shakllantirishni talab qiladi. O‘qituvchi va o‘quvchilar bilan bevosita ishlash, psixologik maslahat, profilaktika va rivojlantiruvchi ishlar olib borish maktab amaliyotchi psixologining asosiy vazifalaridandir. Ushbu jarayonlarda psixologdan nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy ko‘nikmalar va muloqot madaniyati ham talab qilinadi. Maktab amaliyotchi psixologini uzluksiz kasbiy rivojlantirishdagi yana bir jiddiy muammo amaliy psixologiyaning fan sifatida hali yetarli darajada ishlab chiqilmaganligidir. Amaliy psixologiya nazariyasi va uslubiyatining rivojlanish sur’ati amaliyot ehtiyojlaridan orqada qol
Доказательный фрагмент
«В данной научной работе рассматривается вопрос разработки методики совершенствования непрерывного профессионального развития школьных практических психологов.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной научной работе рассматривается вопрос разработки методики совершенствования непрерывного профессионального развития школьных практических психологов. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- continuous professional development, practical psychologist, malaka oshirish, psixologik xizmat, amaliyotchi psixolog, pedagogik texnologiyalar, uzluksiz kasbiy rivojlanish
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025