К содержанию
РецензированоUZ2026

ESHITISHIDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALARNI BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASH BO‘YICHA BO‘YICHA METODIK TAVSIYALAR

MANAGEMENT AND ECONOMY · Muhammadjonova Dilafruz Farhodjon qizi

Решение социальных проблем в управлении и экономике · 11 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada maxsus maktabgacha tarbiya muassalaridagi ish tizimi, eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarni maktab ta’limiga tayyorlov masalalari, usullari va vositalari yoritib berilgan. Bundan tashqari kar va zaif eshituvchi bolalar bog’chalarida ta’lim berish dasturining o’ziga xosligi, bolalar nutqini o‘stirish bo‘yicha korreksion faoliyat yo’nalishlari, metodik tavsiyalar keltirilgan. Kalit so’zlar: Eshitishida nuqsoni bo’lgan bola, maktab ta’limi, maktabgacha ta’lim muassasalari, nutq, imo-ishorali nutq, daktilologiya, nutq o’stirish. Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalar bolalarni kamol toptirish, maktab ta’limiga tayyorlash, ularda mavjud bo‘lgan kamchiliklarni korreksiya va kompensatsiyalash vazifalarini amalga oshiradi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun kar bolalarning so‘li nutqini fikrlash va muloqot qilish vositasi sifatida shakllantirish va rivojlantirish kerak. Shunday qilib, kar bolalarning nutkiy va umumiy rivojlanish jarayonlari uzviy bog‘likdir, zero bolaning umumiy kamol topishi zaminida ularning nutqiy rivojlanishi amalga oshiriladi. O‘z navbatida rivojlangan so‘zlashuv nutq, bolaning umumiy chegaralanib qolishi mumkin. Masalan, rasm chizish, qurish-yasash, applikatsiya mashrulotlarida nutq o‘stirishga me’yordan ortiq e’tibor berish oqibatida aynan tasviriy faolyat bilan shugullanishga vaqt yetmasligi mumkin. Ta’limning 1-2- yillarida turli faoliyatlarni tashkil etish jarayonida bolalar o‘rtasida to‘laqonli nutqiy muloqot o‘rnatilmasligi, ya’ni rasm chizish, loy va plastilin bilan ishlash mashg‘ulotlarida ular «dumalat, «yelimla» «yopishtir, «qirqib ol», «kvadrat» kabi so‘zlarni tushunsa ham ulardan foydalana olmasligi mumkin. Turli faoliyat jarayonida bolalar «ber», «ushla, «ol» kabi so‘zlar yordamida o‘zaro muloqotda bo‘la oladilar. To‘gri va samarali tashkil etilgan turli xil faoliyatlar bolalar tafakkuri va nutqining shakllanishini ta’minlaydi. Bolalar faoliyatining rivojlanishi bilan ularning bilishga doir qiziqishlari va muloqotda bo‘lish ishtiyoqi o‘sib boradi va nutqning o‘sishiga yordam beradi. Turli faoliyatlar jarayonida o‘zlashtirilgan so‘z va iboralar bevosita lug‘atni kengayishiga, gramatik jihatdan shakllanishiga xizmat qiladi. Bevosita jonli muloqotda qo‘llaniladigan nutq, maxsus 124 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference mashgulotlarda o‘zlashtirilgan nutqqa nisbatan puxtarok o‘zlashtiriladi. (B.D.Korsunskaya). Maktabgacha yeshidagi kar bolalar ta’limida ogzaki, yozma, daktil nutq turlaridan foydalaniladi. Ta’limning dastlabki bosqichlarida, og‘zaki nutq endigina shakllanib kelayotgan davrda bolalar imo- ishorali muloqotga to‘liq o‘tib ketishi havfi tugiladi. Imo-ishorali nutq bolalarning muloqotda bo‘lish ehtiyojini qondirgani uchun, so‘zlashuv nutqining o‘sishiga to‘sqinlik qiladi, ularda yangi so‘zlarni o‘zlashtirish, lugatni boyitish ishtiyoq so‘nib boradi. Daktil nutqning qo‘llanishi bu ziddiyatlarga barham beradi. B.D.Korsunskaya, L.P.Noskova, L.A.Golovchislar tomonidan daktil nutq yordamidagi muloqotni o‘rganish yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar, maxsus bolalar bog‘chasiga kelgan kar bolalar yil davomida 150-200 ta so‘zni o‘zlashtirib, ta’limning ikkinchi yilida bu lugat ularning nutqida faol ishlatila olishini ko‘rsatdi. Yilning ohiriga kelib bolalar bir-ikki takrorlashdan so‘ng so‘zlarni eslab koladi. So‘zlashuv nutqdan o‘zaro muloqotda foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lgan vaziyatlarda ularning nutqqa bo‘lgan qiziqishi ortadi, bolalar buyummlar va harakatlar qanday atalishini so‘rab olishga va o‘z xohish istaklarinini so‘zlar yordamida bayon etishga intiladi. Maxsus kar bolalar bog‘chasida ta’lim berish dasturining barcha bo‘limlarida, mashgulotlarda o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan muayyan bilim va malakalar bilan birgalikda, turli faoliyat jarayonida egallaniladigan lugat boyligi, so‘zlar, so‘z birikmalari, matnlar belgilanadi. Nutqiy material bolalarning turli faoliyati jarayonida ularning muloqotda bo‘lish ehtiyoji hisobga olingan holda belgilanadi. Ya’ni, dasturda kun davomida, jismoniy tarbiya, rasm, loy va plastilin bilan ishlash, applikatsiya, qurish-yasash, mehnat, musiqa, tevarak-atrof bilan tanishtirish, elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish, mashg‘ulotlarida qo‘llanadigan nutqiy material berilgan. Shuningdek, dasturda nutq o‘stirish mashg‘ulotlari bo‘yicha maxsus nutqiy material belgilangan. Shunday qilib, bolalar nutqini o‘stirish bo‘yicha korreksion faoliyat ikki yo‘nalishishda olib boriladi: 1. Turli faoliyatlar jarayonida bolalar nutqini o‘stiriladi. 2. Maxsus nutq o‘stirish mashg‘ulotlari tashkil etiladi.Shunday qilib, kar bolalar nutqini o‘strish ishlari kun davomidagi barcha faoliyatlar jarayonida uyushtirilgan muloqotda hamda maxsus nutq o‘stirish mashg‘ulotlarida olib boriladi. Kar bolalar nutqining rivojlanish saviyasiga ko‘ra bu yunalishlarning ahamiyati va miqdori o‘zgarib boradi. Nutq o‘stirish ishini tashkil etish paytida 125 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANA

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada maxsus maktabgacha tarbiya muassalaridagi ish tizimi, eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarni maktab ta’limiga tayyorlov masalalari, usullari va vositalari yoritib berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada maxsus maktabgacha tarbiya muassalaridagi ish tizimi, eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarni maktab ta’limiga tayyorlov masalalari, usullari va vositalari yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
maktab ta’limi, Eshitishida nuqsoni bo’lgan bola, imo-ishorali nutq, nutq, nutq o’stirish., daktilologiya, maktabgacha ta’lim muassasalari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники