Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TURKIY DAVLATCHILIK TARAQQIYOTI VA FOJIAVIY JARAYONLARi
Asomov Sulton Saidolimovich
Развитие педагогических технологий в современных науках · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada muallif bir vaqtlar dunyoni titratgan turkiy davlatlar va o‘lar o‘rtasidagi ziddiyatlar, hamda yuqotilgan tarixiy imkoniyatlar va uning turkiy dunyo uchun keltirgan salbiy jihatlari to‘g‘risida imkon qadar yoritishga harakat qilgan. Kalit so‘zlar: Oltin O‘rda, Usmonli turk davlati, Amir Temur, To‘xtamish, Yildirim Boyazid. Insoniyat tarixida turkiylar alohida davlatchilik tarixiga ega . Taxminan 5-ming yillar avval, yaʼni bronza davridan buyon turli nomlar ostida faoliyat yuritgan va turkiy tilda so‘zlashuvchi qabilalarining siyosiy jihatdan birlashuvi, shuningdek davlatchilik madaniyatiga qadam qo‘yishi Yevroosiyo xududida ulkan siyosiy o‘zgarishlarga olib keldi. Xususan kuhna xitoy yozma manbaalarida ,yaʼni Tan sulolasi yilnomalarida “Xu” , “Xulu” , “Di”, “Ding-ling” tinling, tele,chele qabilalari haqida so‘z boradi.Ushbu qabilalar VI- asr o‘rtalarida turk nomi bilan maydonga chiqdi Turkiy davlatchilik keyingi davrlarda ham turli nomlar ostida faoliyat yuritdi. Mashhur nemis professori Fritz Neumark turklar haqida shunday deydi; - “ Agar siz turklarni tarixdan olib tashlasangiz tarix degan narsa qolmaydi”. Turkiy davlatchilik tarixida asosan uch davrni ko‘rsatishimiz mumkin . Antik, ilk o‘rta asr va rivojlangan o‘rta asrlar davrini ko‘rsatishimiz mumkin. Alp Er Tunga asos solgan Turon davlatini Prototurk davlati deb hisoblasak, keyingi davlatchilik taraqqiyotini antik va o‘rta asrlar davri deb hisolaymiz. Tarixdan maʼlumki, Turon tarixida ilk imperiya bu Kushon imperiyasidir. Xitoy manbaalarida Yuichjlar nomi bilan shimoliy sharqdan, yaʼni sharqiy turkiston hududidan kirib keladi va Yunonbaqtriya davlatini qulatib Kanishka davrida ilk imperiyaga aylanadi. Kushonlar kelib chiqishi turkiy etnos ekanligiga shubha qilmasak ham bo‘ladi. Chunki, Xitoyning shimoliy va shimoliy g‘arbiy tomonlarida turkiy tilli qabilalar yashaganligi allaqachon o‘z tasdig‘ini topgan. Shuningdek zarb qilingan kushon tangalarida dastlab Yunonbaqtriya namunasidagi Zevs va shoh surati aks etgan bo‘lsa , 53 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference keyinchalik kushon tangalarida ot surati paydo bo‘ladi. Bu arxeologik topilma Surxandaryo yodgorliklarida uchraydi. Maʼlumki ot turkiylar hayotida muxim ahamiyatga ega , Milodning boshlarida Xitoyning shimolida hozirga Mongoliyada Xunnlar davlati faoliyat yuritayotgan edi. Keyinchalik bu davlat imperiya darajasiga ko‘tarildi. Milodiy VI- asr o‘rtalarida bu imperiya o‘rnini Turk Hoqonligi egalladi. Yevroosiyo hududi XVI- asrga qadar turkiylar taʼsirida bo‘ldi. Agar turkiy o‘g‘uzlar kichik osiyoga kirib bormaganda Islom olami o‘rta asrlar va hozirgi davrda ham juda katta tahlika ostida qolardi. Arablar VII- VIII- asrlarga qadar turkiylar bilan aloqa qilganligi to‘g‘risida manbalarda maʼlumot uchramaydi. X-XI- asrlardan boshlab turkiylar islomni qabul qildi. Muhammad S.A.V ning Konstantinopolni zabt etish haqidagi 850 yillik bashorati aynan turklarga nasib qildi. Islom qilichi deya taʼriflangan turklar va hozirga Turkiya xristiyanlik va Islom olami o‘rtasida mustahkam devor bo‘lib qoldi va islomning yevropaga tarqalishiga katta taʼsir ko‘rsatdi. Keyingi davrlarda turkiylar tarixida yuz bergan tarixiy imkoniyat va fojiaviy jarayonlar to‘g‘risida tahlil qilishga harakat qilamiz. Insoniyat tarixi boshlangandan buyon yer yuzining turli mintaqalarida yashagan xalqlar turli darajada rivojlandi va o‘z o‘rnini qoldirib ketdi. Lekin asosiy voqealar Yevroosiyo mintaqasida yuz berdi. Ushbu mintaqa yuqorida aytganimdek turkiylar taʼsirida bo‘ldi. Biz asosiy eʼtiborni turkiylar tarixining XIV-XV- asrlar davriga muroojat qilamiz. Tarixdan maʼlumki , XIV-XV- asrlarda uchta turk davlati Yevroosiyoda gegemon edi. Bu davlatlar Amur Temur davlati , Oltin O‘rda va Usmonli turk davlati edi. Bundan tashqari dastlab ushbu davlatlar tarkibiga kirmagan Osiyoning baʼzi mamlakatlarida hokimyat turkiylar qo‘lida edi. Dehlida 1320- 1413- yillarda turkiy TO‘G‘LUQIYLAR sulolasi, Ozarbayjon Iroq Kurdiston hamda qisman Eronda 1336-1432- yillarda Jaloyerlar davlati , Misrda 1250- 1517- yillarda Mamluklar davlatini Movarounnahrdan borgan turkiy Baxriylar (1250-1382) boshqargan . Janubiy Yamanda turkiy Amirlardan bo‘lgan Rasuliylar sulolasi 1229-1454 yillarda ushbu mamlakatni boshqardi.Rasuliylarning ajdodlari O‘g‘uzlarga borib tutashadi. Jahonda Xitoyda Min Imperiyasi Yevropada nisbatan Angliya, Fransiya va Gabsburglar Imperiyasidan tashqari bironta davlat xalqaro munosabatlarda o‘z o‘rniga ega emas edi. Turkiy davlatchilikning shonli o‘tmishi davrida ulkan imkoniyatlar bor edi. Agar ushbu tarixiy imkoniyatlar qo‘ldan ketmaganda edi, nihoyatda ulkan hududlar va harbiy, siyosiy qudrat 54 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference turkiylar qo‘lida bo‘lardi. Ushbu tarixiy jarayonni uchta turkiy davlat Amir Temur davlati, Usmonli turk davlati va Oltin O‘rda misolida ko‘rib chiqamiz. Tarixdan maʼlumk
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada muallif bir vaqtlar dunyoni titratgan turkiy davlatlar va o‘lar o‘rtasidagi ziddiyatlar, hamda yuqotilgan tarixiy imkoniyatlar va uning turkiy dunyo uchun keltirgan salbiy jihatlari to‘g‘risida imkon q…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada muallif bir vaqtlar dunyoni titratgan turkiy davlatlar va o‘lar o‘rtasidagi ziddiyatlar, hamda yuqotilgan tarixiy imkoniyatlar va uning turkiy dunyo uchun keltirgan salbiy jihatlari to‘g‘risida imkon q… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- To‘xtamish, Amir Temur, Usmonli turk davlati, Yildirim Boyazid., Oltin O‘rda
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025