Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
FOTIH DUMAN ASARLARIDA TASAVVUFIY QARASHLAR
Axmedjonova Nigina Sherzod qizi
Академические исследования в современной науке · 1987
Аннотация
Ushbu tezisda Fotih Dumanning asarlari tahlili va uning hayoti ijodiga e’tibor qaratilgan.Tadqiqotda tasavvufiy mavzudagi asarlar o‘zining chuqur falsafiy mazmuni va tasavvufiy qarashlari bilan kitobxonga ta’sir qiladi.Tasavvuf insonning ma’naviy kamoloti va ilohiy haqiqatni anglash yo‘lida o‘ziga xos falsafiy yondashuvni ifodalaydi. Kalit so’zlar: tasavvuf, ilohiy sevgi, ma’naviy yuksalish, tasavvuf g‘oyalari, zamonaviy adabiyot, ruhiy kamolot, dunyoviy va diniy uyg’unlik. Fotih Duman zamonaviy turk adabiyotining taniqli vakillaridan biri bo‘lib, uning asarlari tasavvufiy qarashlar bilan boyitilgan. Tasavvuf insonning ma’naviy kamoloti va ilohiy haqiqatni anglash yo‘lida o‘ziga xos falsafiy yondashuvni ifodalaydi. Fotih Duman 1987 – yili Sivas viloyatining Sharqishla tumanida dunyoga kelgan. 2010 – yili Dokuz Eylul universitetining iloxiyot fakultetini tamomlagan. Keyinchalik Iordaniya davlat universitetida ham tahsil olgan. Uning ko‘plab maqolalari gazeta va jurnallarda chop etilgan. Turkiyada tashkil etilgan konferensiyalarda qatnashib, ko‘plab intervyular bergan yozuvchining milliy radio (Moral FM) va televideniya kanallarida (24 TV) madaniyat mavzusidagi dasturlari e’lon qilingan. Hozirgi kunda ham radio va televideniyada dasturlari namoyish etilmoqda. Haftada ikki marta “Dirilish Postatasi” nomli gazetada yozuvchining maqolalari e’lon qilinadi.Hozirda u Nesil nashriyotida bosh muharrir lavozimida faoliyat yuritadi.1 Fotih Dumanning ko‘p asarlarida nafs bilan kurash markaziy mavzulardan biri hisoblanadi. Masalan, “Men.Bas qil, ey nafs!” asarida insonning ichki dunyosi, ma’naviy kamolot yo‘li batafsil yoritiladi. Bu jihat tasavvufning asosiy g‘oyalaridan biri bo‘lib, insonning o‘zini yengishi orqali Allohga yaqinlashishini anglatadi. Fotih Duman asarlarida ishq faqat dunyoviy tuyg‘u emas, balki ilohiy sevgining ifodasi sifatida tasvirlanadi. ‘‘Sir. Oshiqlar o‘lmas” asarida ishqning abadiyligi va insonni ilohiy haqiqatga yetaklash jarayoni ko‘rsatiladi.Bu tasavvufiy tafakkurning asosiy tamoyillaridan bo‘lib, ishq orqali insonning qalbi poklanib, haqiqiy ma’naviy yuksalishiga erishadi. 126 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Duman asarlarida borliqning birligi – “vahdatul vujud” g‘oyasi ham ko‘zga tashlanadi. “Lol” va “Pir” asarlarida insonning o‘zini anglash, Allohni qalban his qilish va dunyoni yagona haqiqat sifatida qabul qilish motivlari ko’rinadi. Tasavvufiy falsafaga ko‘ra, borliqning barcha jihatlari Allohning tajallisi bo’lib, inson bu haqiqatni anglash orqali haqiqatga yaqinlashadi. “Lol” asari tasavvufiy mavzularni o‘zida mujassam etgan. Asar o‘quvchini nafs tarbiyasi, ruhiy poklanish va ilohiy muhabbat kabi mavzular bilan tanishtiradi. Asarda nafs bilan kurashish, ruhiy poklanish va ilohiy muhabbat kabi mavzular yoritilgan.Muallif insonning ichki dunyosini ochib berishga intiladi va kitobxonni o‘zini anglashga, nafsini tarbiyalashga undaydi.Asar o‘zining chuqur falsafiy mazmuni va tasavvufiy qarashlari bilan kitobxonga ta’sir qiladi. Muallifning uslubi va tasvirlari o‘quvchini o‘zini anglash va ruhiy kamolot sari yo‘naltiradi. Tasavvuf an’analarida murshid (ustoz) va murid (shogird) o‘rtasidagi munosabat muhum o‘rin tutadi.”Pir” asarida bu mavzu batafsil yoritilib, murshid yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi, murid esa haqiqatni izlovchi sifatida tasvirlanadi.Ushbu asar tasavvufning ruhiy tarbiya tamoyillarini o‘zida aks ettirgan. Fotih Dumanning “Lol” asarida “ Xalqqa foydasi tegmaydigan ilm – ziyondir” degan jumla bor. Bu fikr juda teran bir ma’noga ega. Ilm insoniyatga foyda keltirishi, jamiyat rivojiga xizmat qilishi kerak.Agar ilm faqat shaxsiy manfaat yoki zarar yetkazish uchun ishlatilsa, u ziyondan boshqa narsa emas. Fotih Dumanning “Sir. Oshiqlar o‘lmas” kitobida shunday satrlar keltirilgan: Bo‘sh qo‘l bilan ketilmas borar manzilga, Quruq kelmadim, Robbim, gunoh keltirdim. Ko‘tarolmas tog‘lar ham bu og‘ir yukni Ortmoqlab yelkalarda, eyvox keltirdim…2 Bu misralar chuqur ma’no va ilohiy ma’naviyatga boy bo‘lib, insonning Alloh huzuridagi holatini ifodalaydi.She’rda insonning o‘z gunohlarini tan olib, Alloh huzurida ojizligini anglash motivi yetakchilik qiladi.Shuningdek, inson o‘z hayotiga nazar tashlab, qandaydir yaxshi amallar bilan emas, aksincha, gunohlar bilan Alloh huzuriga borayotganidan afsusdaligi aks etgan.She’rning asosiy g‘oyasi – inson o‘z nafsini tanqid qilishi va tavbaga chorlov. Unda ojizlik, nadomat va Allohdan mag‘firat so‘rash kayfiyati hukmron. Bu misralar ilohiy 127 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference tasavvufiy ruhda yozilgan bo‘lib, insonni o‘z gunohlarini tan olishga va Allohdan kechirim so‘rashga undaydi. O‘zbek adabiyotidagi turkiy xalqlarning buyuk shoiri Yassaviy, Xo‘ja Ahmad Yassaviy – tasavvufning mashhur namoyandalaridan biri, turkiy xalqlarning buyuk shoiri. Otasi Shayx Ibrohim javonmardlik tariqatiga mansub nufuzli zotlardan bo‘lgan.Yassaviy chig‘atoy tilida ijod qilgan. Yassaviy
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda Fotih Dumanning asarlari tahlili va uning hayoti ijodiga e’tibor qaratilgan.Tadqiqotda tasavvufiy mavzudagi asarlar o‘zining chuqur falsafiy mazmuni va tasavvufiy qarashlari bilan kitobxonga ta’sir qilad…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda Fotih Dumanning asarlari tahlili va uning hayoti ijodiga e’tibor qaratilgan.Tadqiqotda tasavvufiy mavzudagi asarlar o‘zining chuqur falsafiy mazmuni va tasavvufiy qarashlari bilan kitobxonga ta’sir qilad… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ruhiy kamolot, ilohiy sevgi, tasavvuf, tasavvuf g‘oyalari, dunyoviy va diniy uyg’unlik., zamonaviy adabiyot, ma’naviy yuksalish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026