К содержанию
РецензированоUZ2004

SEMANTIK ANNOTATSIYA XUSUSIDA AYRIM MULOHAZALAR

Tursunova Nigora Komil qizi

Академические исследования в современной науке · 19 · 2004

Аннотация

Bugungi kunda internetda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarning ko‘lami va xilma-xilligi jadal sur’atlarda ortib bormoqda. Ushbu ma’lumotlarni samarali hamda tushunarli ravishda boshqarish, qidirish va tahlil qilish uchun semantik annotatsiyalar muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada semantik annotatsiya nima ekanligi, uning afzalliklari, qo‘llanilishi va kelajakdagi istiqbollari haqida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: semantik annotatsiya, zamonaviy NLP modellar, ontologiyalar, ma’lumotlar tahlili, metama’lumotlar Semantik annotatsiya mavjud ma’lumotlarga qo‘shimcha izoh berish jarayonidir. Bunda tegishli tushunchalar (masalan, shaxslar, joylar, tashkilotlar, mahsulotlar yoki mavzular) haqidagi ma’lumotlarga qo‘shimcha izoh yoki matn beriladi. Semantik annotatsiyalar tegishli tushunchalar bilan hujjatlarni teglash jarayonidir. Semantik annotatsiyalar orqali sun’iy va tabiiy til orasida yanada samarali aloqa o‘rnatiladi. Semantik annotatsiya, asosan, tabiiy tilni qayta ishlash, sun’iy intellekt va ma’lumotlar bazalarida foydalaniladi. Semantik annotatsiya nafaqat matn so‘zlarini, balki kontekstdagi ma’nosini ham izohlab berishi bilan xarakterlanadi. Chunki bir xil so‘z turli kontekstlarda turlicha ma’zmunda kelishi mumkin. Ma’lumotlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashda ontologiyadan foydalanamiz. Ontologiyalar ma’lumotlarni tahlil qilish va o‘zaro bog‘lash imkonini beradi. Antans Kiryakov, Borislav Popov, Ivan Terziev, Dimitar Manov, Damyan Ognyanofflarning “Journal of Web Semantics” jurnalining 2004-yil, 1-dekabr, 1- sonida bergan “Semantic annotation, indexing, and retrieval” (Semantik izoh, indekslash va qidirish) nomli maqola e’lon qilinadi. Maqola semantik izoh va qidiruv texnologiyalarining zaruriyati va ularni amalga oshirishdagi muhim masalalarni muhokama qiladi. Shuningdek, kelajakdagi ishlar ko‘lamini kengaytirish va avtomatik tizimlarning samaradorligini oshirishga qaratilgan gʻoyalar ilgari suriladi. Ushbu yondashuv bugungi kunda mavjud bo‘lgan matnga asoslangan vebdan semantik internetga o‘tishni osonlashtiradi. Bu, asosan, katta hajmdagi ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash va tushunishni talab qiladigan sohalar uchun muhim ahamiyatga ega. 37 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, semantik izohlar, nafaqat, ma’lumotlarni yanada chuqurroq o‘rganish imkonini beradi, balki sun’iy intellekt va mashinani o‘rganish sohalarida mashina tilini tushunishda va natijalarni yanada aniqroq chiqarishda muhimdir. Har bir soha vakillari uchun ahamiyatlidir. Sababi hech bir sohani biz sun’iy intellekt va mashinalarsiz tasavvur etolmayapmiz, semantik annotatsiyalar ularning ish faoliyatini samaradorligini oshirishda va yaxshilanishida yaqindan yordam beradi. Hozirda semantik annotatsiylangan korpuslar mavjud bo‘lib, ularning o‘ziga xosligi o‘zaro farqlanadi:  FrameNet: (Baker et al., 1998), Semantik freym ma’lumotlarni kontekstual struktura asosida tahlil qiladi.  PropBank: (Palmer et al., 2005.), Predikat-argument munosabatlarining tuzilishlarini izohlaydi.  Penn Discourse TreeBank:(Prasad et al., 2005) Diskursiv bog‘liqlik va o‘zaro munosabatlarni izohlaydi. Ushbu resurslarning barchasi tilning alohida asosiy semantik jihatlarini izohlashga qaratilgan. Biroq, ular birgalikda ishlatilganda yoki birlashtirilganda yagona tizimni ta’minlamaydi. Bundan tashqari bu borada turli loyihalar ham olib borilmoqda, xususan, Groningen Meaning Bank (GMB) Groningen bilim markazi (CLCG) tadqiqotchilari — Valerio Basile, Yohan Bos, Kilian Evang, va Noortje Venhuizenlar tomonidan loyiha olib borilmoqda va bu guruh Groningen (Niderlandiya) universitetida faoliyat olib boradi. Ularning tadqiqotlari katta semantik izohli korpuslarni yaratishga qaratilgan. Ushbu loyiha tilni chuqur semantik tahlil qilib, turli darajalardagi semantik ma’lumotlarni yagona tizimga birlashtirishni maqsad qilgan. Loyiha quyidagi amallarni bajaradi:  Ingliz matnlarini chuqur semantik tahlil qiladi;  Sayoz semantik izohdan voz kechib, rasmiy va tizimli uslubni qo‘llaydi;  Turli semantik qatlamlarni birlashtirib, hodisalar va boshqa elementlarni yagona tizimda taqdim etishni ko‘zlagan. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, semantik annotatsiya texnologiyasi jadal rivojlanmoqda, zamonaviy NLP modellar, ontologiyalar, bilim grafiklari izohlash jarayonini sezilarli darajada yaxshiladi. Xususan, amaliy qo‘llanmalar, qidiruv tizimlari, tavsiya platformalari, tibbiyotda va ilmiy tadqiqotlarning samaradorligini oshirishda foydalanilmoqda. Biroq, sifatli metama’lumotlarning yetishmasligi, avtomatlashtirishdagi aniqlik cheklovlari hamda standartlarning yo‘qligi texnologiyaning rivojlanishiga to‘siq bo‘lmoqda. 38 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Biroq, ushbu ishlar rasmiy va taklif qiluvchi yechimlarni taqdim etmaydi, shuningdek, qarorlarni avtomatlashtirish masalalariga ham to‘liq e’tibor bermaydi. Kelajakda semantik izohlar, moslashuvchan ont

Доказательный фрагмент

«Bugungi kunda internetda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarning ko‘lami va xilma-xilligi jadal sur’atlarda ortib bormoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

Bugungi kunda internetda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarning ko‘lami va xilma-xilligi jadal sur’atlarda ortib bormoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
zamonaviy NLP modellar, ma’lumotlar tahlili, ontologiyalar, metama’lumotlar, semantik annotatsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники