Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Денотативные и коннотативные значения лексем и фразем
Nodirabegim TURSUNOVA
Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 6-10 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье анализируются денотативные и денотативное значение, коннотативные значения лексем и фразем. Слова и фразы, коннотативное значение, как языковые единицы, играют важную роль в лексема, коммуникативных процессах. Слова обычно обозначают фразема, семантика, предметы через денотативное значение, в то время как лингвистика, фразы часто выступают носителями коннотативных, языковая единица, эмоционально окрашенных значений. В статье эмоциональное значение, рассматриваются структурно-семантические особенности устойчивые единицы, лексем и фразем, а также различия между этими языковыми фразеология. единицами. Особое внимание уделяется роли и значению лексем и фразем в языкознании, их лингвистическим и экстралингвистическим характеристикам. Har bir tilning ma’no tashuvchi birligi sifatida so‘z va frazemalar e’tirof etiladi. Chunki barcha kommunikativ munosabatlar leksik hamda frazeologik birliklar zaminida amalga oshiriladi, ro‘yobga chiqadi. Tilning ushbu fundamental unsurlari yuqorida ko‘rsatilgan universal (ma’no tashuvchi) xususiyatlari bilan birga bir-birlaridan farqlovchi struktur hamda semantik o‘ziga xoslikka ega. Bu o‘ziga xoslik ularning son ko‘rsatkichiga (frazemalar leksemalarga nisbatan ikkinchi nomlovchi birliklar sifatida ozlikni tashkil etadi) hamda struktural-semantik tuzilmalarga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. E’tirof etilgan semiologik ta’lomotlarga ko‘ra so‘z murakkab ma’no tuzilishiga ega bo‘lib doimo ma’noviy, ijtimoiy, psixologik hamda lingvistik bosim ta’sirida bo‘ladi. So‘z ma’nosi olamni lisoniy manzarasini ifodalshda va shaxs psixologik holati uyg‘unligida amalga oshiriladi. Ushbu holatni inobatga olgan holda so‘zning semantik “dunyosini” o‘rganish uchun bir qator faktorlarni jalb qilish talab etiladi. Frazemalarni shakl tuzilishi, semantikasi so‘z shaklidan, so‘z semantik- strukturasidan farqlovchi xususiyatlarga ega bo‘lib, ikkinchi nominativ birlik sifatida talqin qilinadi. So‘z tilni birlamchi, dastlabki ma’no-mazmuniga ega bo‘lgan birligi sifatida e’tirof etiladi, frazema o‘sha mavjud so‘zlar asosida yangittan tilga yangi ma’no olib kirgan birlik hisoblanadi. Ushbu turg‘un so‘z birliklari o‘tgan asrning ikkinchi yarmidan, aniqrog‘i akademik V.Vinogradovning 1947-yilda e’lon qilingan maqolasida frazeologik chatishmalar, frazeologik birliklar; N.N.Amosova tomonidan (1963) – frazemalar; V.L. Arxangelskiy (1964) – turg‘un frazemalar; A.V. Kunin (1967) tomonidan – frazeologik birliklar; M.I. Umarxadjayev (1983) – frazeologik birliklar, frazemalar kabi nomlar ostida tadqiq qilindi, o‘rganildi. Ushbu birliklarni ba’zi bir tilshunoslar tomonidan, tildagi “ortiqcha unsurlar” sifatida aytilgan iddaolariga qaramay, ular tildagi lisoniy avtonomiya tamoyillari amaliyoti bilan bog‘liq vositalardir. Ta’dlash lozimki, til tizimidagi biron bir unsur o‘zicha paydo bo‘lib qolmaydi, qandaydir ehtiyojlar yangi birliklarni vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. 7 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 3 (2024) / ISSN 2181-3701 Frazemalar funksiyasi til birligi sifatida subektiv shaxsni nomlayotgan narsa- hodisaga ijobiy baxosini, emotiv munosabatlarini ifodalaydi. Ushbu faktorlarni o‘zaro ta’siri frazemalarni bo‘yoqdorligini, emotsional-ekspressivligini ta’minlaydi. Bunday o‘ziga xos ma’no, semalar frazemlar ma’nosi shakllanishiga olib keladi. Masalan, o‘zbek tilida: Toxirjon to‘y kuni xató qildi Toxirjon to‘y kuni qovun tushirdi Qovun tushirdi frazemasi orqali tuzilgan gapni qiyoslab ko‘ring. Yana bir misol: Toxirjon Zuhraga uylanar emish Toxirjon Zuhra bilan bir yostiqqa bosh qo‘yar ekan Ingliz tilida: He made a big mistake on that project He really dropped the ball on that project Rus tilida: Он опытный человек Он стреляный воробей Он оплошал Он ударил в грязь лицом Keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, frazemalarning asosiy ma’no “cho‘qqisida: (darvoqe, bo‘yoqdor so‘zlarda bo‘lgani kabi) ekspressivlik funksiyasi bo‘lib, his-tuyg‘u, baxolash, ijobiy-salbiy munosabatlarni ifodalaydi. Leksema hamda frazemalarning ushbu o‘ziga xos lingvistik, ekstralingvistik, lingvokulturologik xususiyatlari, ularni til birligi sifatida to‘laqonli maqomini aniqlashda yetarli emas. Bizning fikrimizcha frazemaga xos bo‘lgan barcha lingvistik, struktural- semantik belgilarni, leksemada mavjud xususiyatlar bilan qiyoslash talab etiladi. Ma’lumki, leksik birliklar hamda frazeologik birliklar bir xil fundamental ma’no turlariga ega bo‘lib, ular semantika, pragmatika va kognitiv tilshunoslik doirasida yaqqol ko‘zga tashlanadi. So‘zning asosiy ma’nosi – denotativ (referensial) ma’no bo‘lib, nufuzli lingvistik terminlar lug‘atida “denotat” va “denotativ” tushunchalariga quyidagicha tavsiflar berishadi. Denotat (lot.denotare – belgilamoq). Til birligi (so‘z) yordamida nomlovchi (ataluvchi) voqelik, narsa-buyum. Masalan, yuz, bet, aft, chehra turk so‘zlari bir predmet (denotat)ning turli nomlaridir. Denota
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье анализируются денотативные и денотативное значение, коннотативные значения лексем и фразем.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье анализируются денотативные и денотативное значение, коннотативные значения лексем и фразем. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- denotative meaning, Special attention is given to their roles and meanings in, семантика, phraseology, emotional meaning, stable units, фразема, лексема, leksema, устойчивые единицы, lexeme, turg'un birliklar, frazeologiya, emotsional ma'no, konotativ ma'no, phraseme, языковая единица, денотативное значение, lingvistika, эмоциональное значение, semantika, connotative meaning, фразеология, semantics, коннотативное значение, linguistics, linguistic unit, denotativ ma'no, til birligi, frazema, лингвистика
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025