Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
Лингвокультурологический анализ общетурецких музыкальных терминов
Shokhsida ESHBUTAYEVA
Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 171-180 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье этимологически и лингвистически музыкальные термины, анализируются музыкальные термины, относящиеся к лингвокультура, общетюркскому пласту узбекского языка. В результате этимология, анализа установлено, что на формирование и развитие общетюркский слой, мелодия, этих терминов значительное влияние оказывают песня. этнические, религиозные и национально-культурные особенности народа. Turkiy xalqlar tarixan til, madaniyat, san’at va adabiyot sohalari mushtarak bo‘lgan xalqlar sanaladi. Ularning etnik kelib chiqishi, lisoniy shakllanishi, madaniy qarashlari bir ildizga borib taqaladi. Oltoy tillar oilasi tarkibiga kiruvchi tillar tadqiqi turkologiya sohasining obyekti sanaladi. 1926-yilda Bokuda Birinchi turkologiya qurultoyi bo‘lib o‘tgan. Shu yildan boshlab rasman ushbu xalqlarning tilga va tilshunoslikka oid qarashlari umumiylik kasb etdi. Keyinchalik bu xalqlarning til xususiyatlari jahon tilshunosligi tomonidan ham chuqur tadqiq etila boshlandi. Masalan, Germaniyadagi turkologiya va turkiy tilshunoslik uzoq davr mobaynida dunyo turkologiya fanining karvonboshilaridan biri bo‘lib keldi. Musiqa terminlari ham ushbu xalqlarda umumiy xarakterga ega bo‘lib, ma’lum lekisik, fonetik hamda morfologik xususiyatlariga ko‘ra farqli jihatlari mavjud. Bu farqlar, asosan, ushbu xalqlarning boshqa hududlar va xalqlar bilan aloqasi natijasida yuzaga kelgan. Izlanishimizda o‘zbek tili musiqa terminlari tarkibidagi turkiy qatlamga oid terminlarni til tarixi va lingvomadaniyatshunoslik fanlarining nazariy bilimlariga tayangan holda tahlil etish maqsad qilingan. Ushbu tadqiqot musiqa terminlarining shakllanishi va rivojlanishida o‘zbek xalqining etnik, geografik, diniy, milliy-madaniy, siyosiy, ijtimoiy va boshqa xususiyatlarining ta’sirini aniqlash yuzasidan dolzarb sanaladi. Tadqiqot obyekti sifatida hozirgi o‘zbek adabiy tili tarkibidagi turkiy qatlam leksemalarining terminosistemaga o‘tgan va termin sifatida muayyan sohaga oid tushunchani ifodalayotgan leksik birliklari olindi. Inson borliqni anglash va nomlash jarayonida uni madaniy dunyoqarash prizmasidan o‘tkazadi. Ana shu madaniy dunyoqarashning shakllanishida esa diniy tasavvurlar ustuvorlik qiladi. Turkiy xalqlar ham ana shunday diniy ta’sir asosida shakllangan madaniy dunyoqarashdan kelib chiqib, umumiy leksik qatalmni shakllantirgan. Ilk musiqa terminlar diniy marosimlarda ishlatilgan musiqa cholg‘u nomlari bo‘lib, ular haqidagi ma’lumotlar tasviriy san’at namunalari, arxeologik topilmalar va xalq og‘zaki ijodi namunalaridagi ta’riflar orqali olingan. O‘zbek tilining shakllanishi sifatida ko‘rsatiluvchi ushbu davrga oid eng qadimgi yozma yodgorliklar tarkibida ham ayrim musiqa terminlar aks etgan bo‘lib, ushbu terminlar bugunga qadar shakli va ma’nosini o‘zgartirgan holda o‘zbek tilida qo‘llanmoqda. Bular turk-moniy, budizm, islom dini va madaniyati ta’sirida paydo bo‘lgan yozma manbalardir. Q. Sodiqov bir qator musiqa terminlarining etimologiyasiga to‘xtalib o‘tadi. Jumladan, küg~kög, 172 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 2 (2024) / ISSN 2181-3701 qošuq~qošuğ, yïr~ïr so‘zlarini ilk turkiy tilga oid musiqa terminlari sirasiga kiritadi. N.Rahmonov va Q.Sodiqovlar qadimgi turkiy til tarkibini VII asrgacha – turkiy-run yozma yodgorliklar yaratilgunga qadar davrdagi mavqeini xorijiy manbalar asosida tadqiq etish natijasida ishonchli xulosalarga kelish mumkinligini ta’kidlaydi. Miloddan oldingi va milodning boshlaridagi turkiy madaniyat hamda turkiy qavmlarning ijtimoiy, madaniy, siyosiy va etnik tarixiga oid manbalarning aksariyati Xitoy yilnomalaridan o‘rin olgan. Ushbu nomalarda turkiy qavmlar haqidagi ma’lumotlar mil.ol.III asrdan kiritila boshlangan. Bu davrda musiqa cholg‘ulari aynan qanday atalgani to‘g‘risida yozma ma’lumotlar yo‘q. Asosan, naysimon, arfasimon, do‘mbirasimon, udsimon, dutorsimon, changsimon, piyolasimon, doirasimon, tirnama cholg‘ular bu davrga xos. Turkiy tilga oid musiqa terminlar bugungi kunda terminosistema chegarasiga yaqinlashgan hamda so‘zlar bilan umumiylik kasb etgan. Ular nutqda umumiste’mol so‘zlari kabi faol qo‘llanila olish xususiyatiga ega. Umumturkiy qatlamga oid musiqa terminlari turkiy xalqlarning madaniy qarashlari, borliqni anglash jarayoni va uni voqelantiruvchi birliklari bilan umumleksik qatlamni yuzaga keltirgan. Mana shunday terminlardan biri “kuy” leksemasi bo‘lib, “turli baland va uzunlikdagi tovushlarning ma’lum bir ritm va ladda badiiy holatda kelishi” tushunchasini ifolaydi. Ushbu leksemaning shakllanish jarayoni tilning madaniy taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq. Xususan, Sh.Rahmatullayev bu leksema “kög” tarzida XI asrda umumturkiy sathda faol qo‘llangani va arab tilidagi gof bilan ifodalanganda “ashulada ovozni baland-past qilish” [Будагов, 1969–1971] ma’nosida kelgani, kof fonemasi bilan esa “she’rning vazni, o‘lchovi” [Mahmud Qoshg‘ariy, 1960–1963: 144] ma’nolarini anglatganligi h
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье этимологически и лингвистически музыкальные термины, анализируются музыкальные термины, относящиеся к лингвокультура, общетюркскому пласту узбекского языка.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье этимологически и лингвистически музыкальные термины, анализируются музыкальные термины, относящиеся к лингвокультура, общетюркскому пласту узбекского языка. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- DOI: https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss2/S-pp171-180, lingvokulturologiya, музыкальные термины, этимология, etymology, лингвокультура, musiqa terminlar, общетюркский слой, мелодия, qo‘shiq, melody, music terms, umumturkiy qatlam, song, linguistic culture, kuy, general Turkish layer, песня, etimologiya
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025