Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
Роль терминологии в развитии лексического строя языка
Khurshida KHASHIMOVA · Nargiza PAZLITDINOVA
Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 112-116 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: Известно, что развитие лексики языка характеризуется лексика, появлением новых лексических единиц. Эти особенности лексическая единица, можно увидеть в своеобразии языка, его специфических термин, признаках и функциях. За период независимости в окончание, терминология. словарном запасе узбекского языка произошло много изменений. Резкий рост интереса к терминологии в последние годы объясняется быстрым развитием различных областей знаний. Большое значение имеет то, что исследования в этой области проводятся в различных направлениях. По этой причине в статье рассматриваются работы по терминологии, выполненные исследователями. Har qanday til leksikasidagi taraqqiyot yangi lug‘aviy birliklarning paydo bo‘lishi, ma’lum lug‘aviy birliklarning eskirib iste’moldan chiqishi, so‘zlarni yangi ma’nolar yoki ayrim ma’nolarni yo‘qotishi kabi hodisalar bilan xarakterlanadi. O‘zbekistonning mustaqillikka erishuvi bilan respublikamiz hayotining barcha sohalarida ro‘y bergan katta o‘zgarishlar, rivojlangan juda ko‘plab mamlakatlar bilan aloqalarning tobora kuchayishi juda qisqa vaqt ichida o‘zbek tili, xususan, uning leksikasi rivojiga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Yuzlab diniy-tasavvufiy atamalarni iste’molga kirib kelishi ayni shu ijobiy ta’sir natijasidir. Mustaqillik davri o‘zbek tili lug‘at tarkibida quyidagi lisoniy o‘zgarishlar yuz berdi: 1. Xorijiy tillardan bevosita yoki bilvosita so‘zlar olindi. 2. Tilning ichki imkoniyati hamda til egalari ehtiyojidan kelib chiqib, o‘zlashma tarkibli yangi so‘zlar yasaldi. 3. So‘z yoki ibora semantik strukturasi yangi ma’nolar bilan boyidi. Shu sababli ham terminlar ham miqdor jihatdan, ham semantik jihatdan katta o‘zgarishlarga duch keldi deyishimiz mumkin. Fanlarda, ayniqsa, tibbiyot, virusologiya, harbiy sohalarda tushunchalarni to‘g‘ri nomlamaslik ularga nisbatan samarali yechim topishni qiyinlashtiradi. Shu jihatdan fundamental adabiyotlarda terminlarni unifikatsiyalash tamoyili yuqori bo‘lsa, OAV, internet nashrlari hamda maxsus leksikografiyada terminlarni farqlashga intilish kuchli. Natijada turli fanlar kesishmasida turli sohalarda bir xil shaklda qo‘llanadigan, semantik jihatdan bir-biriga yaqin, biroq qo‘llanish obyekti, vazifalari farq qiladigan sohalararo terminlar qatlami shakllanib borayotgani ham mazkur sohada terminlarni leksikografik, semantik va funksional aspektda o‘rganish zaruratini yuzaga keltirmoqda. So‘nggi yillarda terminologiyaga qiziqishning keskin oshishi bilimlarning turli sohalari jadal rivojlanishi bilan izohlanadi. Bu sohada tadqiqotlar turli yo‘nalishlarda olib borilayotganiga qaramay, fanlar terminologiyasi, xususan, logistika sohasidagi terminlarning shakllanish muammolari yetarlicha o‘rganilmaganligi kuzatilmoqda. Shuni ta’kidlash joizki, bu masala bilimlarning aniq yangi yo‘nalishlari terminologiyalarini shakllanishi bilan bog‘liq. Chunki har qanday faoliyat sohasi terminologiyasi tavsifi uning rivojlanishida eng muhim yo‘nalish hisoblanadi. Ilmiy tadqiqot, ochiq axborot, 113 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 2 (2024) / ISSN 2181-3701 madaniyatlararo aloqaning rivojlanishi, bir tomondan, kasbiy faoliyat va terminologiyaning mutanosibligiga, boshqa tomondan esa, biznes faoliyati va hamkorlik samaradorligi kabi o‘rinlarning yanada takomillashuviga sabab bo‘lmoqda. Shuningdek, ma’naviy sohada diniy e’tiqodga berilgan erkinlik, xalqona, milliy xalq terminologiyasiga bo‘lgan qiziqish ham mustaqillik davri terminologiyasida ma’lum yo‘nalishni yuzaga keltirdi. Shu bilan birga terminologiyada depolitizatsiya, deideologizatsiya jarayoni ham kechib, ko‘plab terminlarning leksikografik izohida siyosiy va ideologik qarashlardan xoli sof lingvistik tahlillar yuzaga keldi. O‘zbekistonning jadallik bilan xalqaro hamjamiyat bilan aloqalarni mustahkamlash va kengaytirishga intilishi, erkin, ochiq, keng investitsion muhitni yaratish uchun olib borilayotgan islohotlar global muhit ko‘nikmalariga zudlik bilan ko‘nikish va moslashishni taqozo qilmoqda. O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik munosabatlari sud-huquq, iqtisodiyot, bank-moliya, xizmat ko‘rsatish, axborot texnologiyalari ko‘plab termin va o‘zlashmalarning katta oqimi yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Shu sababli ham terminologiya va terminografiyada shu terminlarni mavzuiy guruhlarga ajratib tahlil qilish tendensiyasi paydo bo‘ldi. Til leksik tarkibining rivoji va boyishi terminologik tizimda ham bir xilda ro‘y berishi, biroq terminologiyada tashqi imkoniyat faollik jihatdan ichki imkoniyatga ma’lum darajada yaqinlashishini ko‘rsatadi. X.Norxo‘jayeva maqolada haligacha tadqiqotchilar tomonidan terminlarning tasnifi aniq berilmaganligini, tilshunoslikda termin tushunchasiga berilgan ta’riflar ham xilma-xil ekanligini aytib o‘tgan. Jamiyat ehtiyoji asosida tilimizda turli sohalarga oid ko‘plab terminlar yaratilayotganligini, fanda terminlarga bo‘lgan ilmiy qarashlar moh
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: Известно, что развитие лексики языка характеризуется лексика, появлением новых лексических единиц.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: Известно, что развитие лексики языка характеризуется лексика, появлением новых лексических единиц. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- lexicon, importance that researches are conducted in different, term, terminologiya, термин, окончание, lexical unit, terminlashish, leksika, terminology, lug‘aviy birlik, termination, termin, терминология, лексика, лексическая единица
Смежные источники
Interpretation and researchesЗокиржонова Ф. Р., Туленова К. Ж2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025