К содержанию
РецензированоRU2024

Лингвопоэтические особенности фраз в произведениях Уткир Хашимов

Khusniya JUMAGULOVA

Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 117-120 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: В статье рассматриваются лингвопоэтические словосочетание, особенности использования языковых единиц в творчестве номинатив, Откира Хошимова. Исследуется роль этих единиц в лексема, повышении эффективности и выразительности речи, а понятие, фразеологизм, также их влияние на восприятие слушателем цели и речь, содержания высказывания. Особое внимание уделяется формальный, тому, как структурные и стилистические особенности фразема. языка способствуют ускорению процесса восприятия и понимания текста. Ilmiy va rasmiy nutqda, ko‘pincha nominativ funksiyani bajaradi. Ba’zi iboralarda qonun hujjatlari tiliga ixtisoslashish, terminlashish ham uchraydi. Bunday paytlarda frazema ma’nosida neytrallashish yuz beradi, uslubiy bo‘yoq sustlashib, oxiri tushib qoladi. Badiiy adabiyotda iboralardan foydalanish, qo`llash usullari turlichadir. Yozuvchilar tilimizda tayyor material hisoblangan iboralardan unumli foydalanibgina qolmay, o‘zlari ham shular zamirida yangi iboralar yaratadilar. Bu jarayonda ularumumtil iborasi zamiridagi ma’noning yangicha talqinini ochish, iboraning leksik tarkibini o‘zgartirish, uning semantik-stilistik funksiyalarini kengaytirish, iboraga yangicha majoziy va obrazli ma’nolarni kiritish kabi usullardan foydalanadilar. Tilshunoslikda frazeologizmlar tuzilishi, leksik-semantik, funksional-uslubiy va sintaktik vazifalari, shuningdek, o‘ziga xos shakllanish xususiyatiga ega bo‘lgan tilning mustaqil birligi sifatida allaqachonlar tan olingan. Ular leksikadan yuqori, gapdan quyi sathdaturadigan til hodisasisifatida ham e’tirof etilgan. Biz nutqimizning har tomonlama mukammal va o‘ta tasirchan bo‘lishiga, tinglovchi so‘zlayotgan nutqimizning maqsad – muddaosini tezroq anglab olishiga ko‘maklashadigan bir qancha tilning tayyor materiallaridan, ya’ni til birliklaridan juda ko‘p foydalanishga harakat qilamiz. Maqol, matal, iboralarsiz nutq hech qanday estetik ta’sirchanlikka ega bo‘lmay qolishi mumkin. Ayniqsa, iboralarda nutqqa emotsional-ekspressivlik ottenkasini berish vazifasi boshqa til birliklariga nisbatan kuchliroq bo‘ladi. Iboralar barqaror birikmalar sifatida tilda doimiy tayyor materialdir. Shuning uchun ham har bir yozuvchi o‘zining ijod mahsulini yaratish jarayonida ularga murojaat etmasdan qo‘ymaydi. Ibora ham tarkibli til birligi, lekin uning ma’nosi tarkibidagi leksemalarga xos ma’nolarning oddiy yig‘indisiga teng bo‘lmaydi. Iboraga xos ma’no tarkibidagi leksemalarning ma’nosiga nisbatan maxraj ma’no, ustama ma’no sifatida gavdalanadi, bu ma’no ibora tarkibidagi leksemalarning ma’nosiga suyanmasligi ham mumkin. Ma’lumki, voqelikni obrazli tasvirlashda, uni kitobxon ko‘zi o‘ngida aniq va to‘la gavdalantirishda frazeologik iboralarning o‘rni, ahamiyati beqiyosdir. Iboralar hayotdagi voqea-hodisalarni kuzatish, jamiyatdagi ijobiy va salbiy harakat- holatlarni baholash, turmushda bo‘lib o‘tadigan turli hayotiy tajribalarni umulashtirish asosida xalq chiqargan xulosalarning o‘ziga xos obrazli ifodalaridir. Frazeologizm til hodisasi sifatida lison va nutqqa daxldor birlikdir. Birdan ortiq leksema ko‘rinishining birikuvidan tashkil topib, obrazli ma’noviy tabiatga ega bo‘lgan lisoniy birlik frazeologizm deyiladi. 118 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 2 (2024) / ISSN 2181-3701 El sevgan adib O‘tkir Hoshimov hajviy hikoya yaratish jarayonida iboralarga juda ko‘p o‘rinlarda murojaat etgan. Masalan: 1. Nortoy deng, bir ko‘zida sal aybi bo‘lsayam xo‘p ishning ko‘zini biladigan odamda!. (“Osh”) Karnay tagiga o‘tirib qolgan ekan, mikrofonni og‘ziga tiqib baqirayotgan hofizning chiyildoq ovozi u qulog‘idan kirib, bu qulog‘idan kirib teshib chiqib ketdi-yov! (“Osh”) Yozuvchilar odatda tasvir maqsadiga muvofiq iboralarni tanlab qo‘llash bilangina kifoyalanib qolmaydilar. Balki, qahramonlar tabiati, ruhiy holati, hayot tarziga moslab o‘zgartiradi va qayta ishlaydi. Darhaqiqat, yozuvchi o‘zi yaratayotgan qahramonning o‘ziga xos xarakter-xususiyatlarini ochib berish jarayonida, tabiatan qanday shaxs ekanligini to‘liqroq tasvirlashda iboralardan foydalanadi. O‘tkir Hoshimov ham hajviy hikoyalarining bir qancha o‘rinlarida qahramonlarning oiladagi, kollektivdagi va ba’zan ko‘cha-ko‘ydagi yurishturishini, ijobiy va salbiy tomonlarini bo‘rttiribroq, ayniqsa, kulgiga moyilroq qilib aks ettirish maqsadida qo‘llagan. Ayniqsa, yozuvchi insonning tana a’zolari bilan bog‘liq bo‘lgan iboralarni qo‘llab, yuqori saviyadagi hikoyalarni yaratishga muvaffaq bo‘lgan. Masalan: 1. Soat ikkilarga yaqin ko‘zi ilindi. 2. U qoshini chimirdi. Bugungi kunda o‘zbek tilshunosligida poetic matn tilini tadqiq etish yuzasidan olib borilayotgan izlanishlar ham o‘z ko‘lamini tobora kengaytirib doimo o‘sish va o‘zgarishda ekanligi seziladi. Matn tahlili bilan bog‘liq ishlarda shaxs va til o‘rtasidagi aloqadorlikni yoritib berishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Professor Sh. Safarov to‘g‘ri ta’kidlab o‘tganidek, “Natijada ti

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В статье рассматриваются лингвопоэтические словосочетание, особенности использования языковых единиц в творчестве номинатив, Откира Хошимова.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В статье рассматриваются лингвопоэтические словосочетание, особенности использования языковых единиц в творчестве номинатив, Откира Хошимова. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
phrase, perception, фразеологизм, frazeologizm, formal, nominative unit, фразема, лексема, формальный, номинатив, leksema, речь, lexeme, tushuncha, понятие, concept, speech, rasmiy, phraseologism, словосочетание, phraseme, nominativ birlik, ibora, nutq, frazema
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники