К содержанию
РецензированоRU2024

Проблема перевода речевых оборотов, национально-культурных обычаев, менталитета, фразеологизмов, связанных с одеждой

Irodakhon RAKHIMOVA

Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 323-328 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: Национально-культурные традиции представляют обычаи, собой принятые большинством нормы поведения и правила поведения, навыки, которые отражаются в социальной и культурной уникальные исторические жизни нации, играя ключевую роль в её становлении и особенности Узбекистана, проявление чести. развитии. Эти традиции формируются как на уровне отдельного человека, так и всего народа. Например, в узбекской культуре принято, чтобы маленькие дети приветствовали взрослых, вставали рано утром, подметали дворы и проявляли особое уважение к гостям. Перед праздниками дети также получают информацию о состоянии здоровья больных, бедных и нуждающихся семей, а также пожилых людей. Milliy-madaniy urf-odatlar deganda millatning turmush-tarziga singib ketgan, uning shakllanishi va rivojiga xizmat qiladigan ijtimoiy madaniy hayotida oʻz aksini topgan, doim takrorlanib turadigan xatti-harakat, koʻpchilik tomonidan qabul qilingan xulq-atvor qoidalari va koʻnikmalar koʻrinishiga nisbatan aytiladi. Milliy-madaniy urf-odatlar haqida gap ketar ekan, bizning xalqimizda oʻziga xos oʻzbekona tarixiy xususiyatlarida haqida gapirmay bo‘lmaydi. Milliy-madaniy urf-odatlar odatda alohida olingan shaxs va millat doirasida shakllanib boradi. Masalan, oʻzbek millatida yosh bolalarni kattalarga salom berishi, tong saharda turib, uy hovlilarni supurib-sidirib, mehmonlarga alohida izzat-ikrom koʻrsatish, bayram arafasida betob va kam ta’minlanganlar, yordamga muhtojlar oilalar, keksalar holidan xabar olish shular jumlasidandir. Mustabid tuzum davrida koʻplab urf-odatlarimiz eskilik sarqiti deb poymol qilindi, bu esa yoshlar taʼlim-tarbiyasiga milliy oʻzlikni asrab- avaylashga va shu orqali oʻzbek millatining maʼnaviy rivojiga salbiy taʼsir koʻrsatdi. Milliy urf- odatlar millat va elatning tarixi, anʼanalari, xalq ogʻzaki ijodi, sanʼat va adabiyoti, turmush tarzi va boshqa omillar taʼsirida shakllanib, takomillashib boradi. Milliy urf-odatlar millatning, elat va etnik guruhlarning oʻziga xos qiyofasini belgilovchi xususiyat. Masalan, millatimizga xos boʻlgan qudachilik urf-odatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, shoʻrolar davrida “Beshik toʻyi” eskilik sarqiti, deb tahqirlangan edi. Vaholanki, beshik u bilan bogʻliq urf-odatlar milliy madaniyatimizning tarkibiy qismi boʻlib kelgan. Milliy urf-odatlar va anʼanalar har bir millatda oʻziga xos tizimni tashkil etadi, xalq tomonidan turmush tarzining zaruriy sharti deb qabul qilinadi. Milliy urf- odatlarga befarqlik kishini, millatni oʻzligidan uzoqlashtiradi. Milliy urf-odatlarda vatanga, millatga boʻlgan hurmat-eʼtibor va sadoqat tajassum topadi. Mamlakatimizda istiqlol tufayli 130 dan ortiq millat va elat vakillari urf-odat va anʼanalarini asrab avaylash, takomillashtirish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Bu hol millatlararo munosabatlarning rivoji, oʻzaro doʻstlik va totuvlik rishtalarining mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Tilshunoslikda milliy-madaniy urf-odatlarni o‘rganish ta’limoti etnolingvistikada o‘rganiladi. Etnolingvistika [8.1] (etno... va lingvistika) tilshunoslikning til va til egasi boʻlgan xalq orasidagi bogʻliqdik hamda munosabatlarni, til rivoji vazifaviy 324 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Issue – 2 № 4 (2024) / ISSN 2181-3701 xususiyatlariga lisoniy, etnik omillarning birgalikdagi taʼsirini oʻrganuvchi sohasi hisoblanadi. Til bilan etnik xususiyatlarning oʻzaro munosabati, bir-biriga taʼsiri ikki tomonlama boʻladi: etnik omillar (etnosning urfodatlari, milliy anʼanalari, falsafiy, diniy qarashlari va boshqalar)ning til rivojiga taʼsiri va, aksincha, til vazifaviy imkoniyatlarining etnos va etnik xususiyatlarning shakllanishiga ijobiy taʼsiri hisoblanadi. Etnolingvistika til va uning rivojiga turli etnik guruhlarning qanchalik hissa qoʻshganini, bu jarayonda etnoslar orasidagi yaqinlik, mushtaraklik yoki ularning bir-biridan ajralish, uzoqlashish xususiyatlarini tadqiq qiladi. Tilshunoslikning etnik onomastika, areal lingvistika, lingvistik geografiya, dialektologiya, til tarixi, sotsiolingvistika, xaritashunoslik sohalari Etnolingvistikani erishgan ilmiy natijalardan foydalanadi. Etnolingvistika ayniqsa, yozuvga ega boʻlmagan xalqlarning etnografiyasini oʻrganishda, ularning tillaridagi etnik xususiyatlar bilan bogʻliq lisoniy materiallarni toʻplash va tadqiq qilishda qoʻl keladi [8.3]. Turkiy tilshunoslikda etnografizmlar tadqiqiga M. I [8.6]. Byatushgova, A.K. Apoyev [5.6] kabilarning ilmiy izlanishlari ham katta hissa bo‘lib qo‘shildi. Etnografizmlarni monografik planda tadqiq etish lingvistik birliklarning o‘zaro munosabatini ochishga, ularni maydon sifatida o‘rganishga qulay imkon yaratadi. O‘zbek tilidagi rasm-rusumlar bilan bog‘liq tushunchalarning nomlarini sistemaviy asosda maxsus o‘rganish ehtiyojidan kelib chiqib, turli urf-odatlar, marosimlar bilan bog‘liq tushunchalarni muayyan mikromaydonga birlashtirish va ularni semik jihatdan tahlil etish o‘ziga xos

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: Национально-культурные традиции представляют обычаи, собой принятые большинством нормы поведения и правила поведения, навыки, которые отражаются в социальной и культурной уникальные исторические жизни…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: Национально-культурные традиции представляют обычаи, собой принятые большинством нормы поведения и правила поведения, навыки, которые отражаются в социальной и культурной уникальные исторические жизни… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
customs, information about the health of sick, poor, and needy families, urf-odatlar, unique Uzbek historical features, обычаи, izzat-ikrom koʻrsatish, xulq-atvor qoidalari, rules of conduct, уникальные исторические особенности Узбекистана, showing honor, oʻziga xos oʻzbekona tarixiy xususiyatlar, правила поведения, проявление чести
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники