Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
Особенности употребления терминов изобразительного искусства упрощенного типа в каракалпакском языке
Arishkhan SEITMURATOVA · July -/© in Science LLC. (Karakalpak Branch of the Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan)
Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 1-5 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: Большое значение имеет изучение слова с точки зрения простой термин, структуры и определение его составных частей. В этой искусственный термин, статье мы попытались определить структуру, функции и односложный термин, значения терминов изобразительного искусства, двухсложный термин, трехсложный термин, используемых в каракалпакском языке в простейшем многосложный термин, случае. цвет, фотография, акант, акрил, ансамбль, арка, багет. Qoraqalpoq tilidagi tasviriy sanʼatga aloqador terminlarni tuzilishi bo‘yicha saralab, uning turlarini ko‘rsatish, har bir turni modellari bo‘yicha umumlashtirib, ulardagi semantik o‘ziga xosliklarni aniqlash hozirgi qoraqalpoq tilidagi dolzarb masalalardan hisoblanadi. Sodda atamalar bir tub so‘zdan iborat bo‘lib, ular asos (affikssiz) va yasama (affiksli) atamalar bo‘lib ikkiga bo‘linadi. Tub atamalar bo‘linmaydigan bir bo‘lakdan, ya’ni asos morfemadan iborat. Uning tarkibida so‘z yasovchi yoki shakl yasovchi affikslar bo‘lmaydi. Tarkibida so‘z yasovchi morfemalar bor atamalar yasama atamalar deyiladi. [1;33-34] Tub atamalar ya’ni tub so‘zlar morfemalarga ajratib bo‘lmaydigan so‘zlardan yasalib, qoraqalpoq tilidagi tasviriy sanʼatga aloqador terminlar tarkibida faol qo‘llaniladi. Qoraqalpoq tilidagi tub tasviriy sanʼatga oid terminlar bo‘g‘inlarning soni bo‘yicha bir bo‘g‘inli, ikki bo‘g‘inli, uch va to‘rt-besh bo‘g‘inli bo‘lib keladi: a) bir bo‘g‘inli terminlar: oq, ko‘k, bistr, xolst, janr, byust, stek, ritm, doq, fon, shtrix, rang, lak v.b. b) ikki bo‘g‘inli terminlar: akant, akril, ansambil, arka, baget, albom, buklet, dizayn, axta, eskiz, foto, yashil, qizil, peyzaj v.b. c) uch bo‘g‘inli terminlar: akvarel, emblema, mushtabel, barokko, arkada, epizod, gotika, monument, notyumort v.b d) to‘rt-besh bo‘g‘inli terminlar: applikatsiya, enkoustika, galereya, naturalizm, panorama, podramnik, v.b. Bular ichida bir bo‘g‘inli terminlar kam, ikki va undan ko‘p bo‘g‘inli terminlar ko‘p uchraydi. Tasviriy sanʼatga tegishli terminlarning ko‘pchiligi rus tili va rus tili orqali boshqa tillardan kirgan terminlardan iborat. Yakka holdagi tasviriy sanʼatga oid terminlardan o‘z qatlamdagi so‘zlarimiz orqali bildirilgan atamalar faol emas. Bunday terminlarga rang, surat, naqsh, qizil, qora, ko‘k, yashil, soya va boshqa atamalar kiradi. Bu terminlar yakka so‘zlar hisoblanib, qo‘llanilishi bilan birga tasviriy sanʼat sohasida ma’lum bir tushunchani anglatadi. Musin – odam yoki 2 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Issue – 2 № 4 (2024) / ISSN 2181-3701 hayvon tanasining gips, tosh, metall, yog‘och va boshqa qattiq materiallardan o‘yib ishlangan o‘yma surati. Musinni har tarafdan aylanib tomosha qilishingiz mumkin. Rang- rangli suratning asosiy quroli. Bo‘yash uchun ishlatiladigan element. Yuqorida keltirilgan tasviriy sanʼatga oid terminlar jamiyatga ma’lum bo‘lib, ularning terminlik ma’nosi ko‘pchilikka ma’lum. Shuning uchun bu terminlar badiiy adabiyot tilida ham faol qo‘llaniladi. Badiiy adabiyot tilida tasviriy sanʼatga oid terminlar o‘z manosida ham, ko‘chma ma’noda ham qo‘llanilaveradi. Masalan: Qara nóser menen tawdan say qulap, Bul astında qızıl, jasıl ayqulaq. [3;35] Samaldıń órinde turǵan aq qayıń, Jasıl bir tartarı basta jelbirep. [3;101] Keltirilgan misolda diqqat qaratilgan qizil, yashil so‘zlari o‘z ma’nosida, ya’ni rang ma’nosida qo‘llangan bo‘lsa, qora so‘zdan ko‘chma ma’noda “kuchli” degan ma’noni anglatish uchun foydalanilgan. Tasviriy sanʼat terminlari ichida ayniqsa rang atamalarining qo‘llanilishi juda keng. Ular badiiy adabiyotda har xil ma’nolarda qo‘llanilishi mumkin. Masalan: Náwbáhár kelip, ashıqlarǵa dawayı boldı, Jer jáhán jasıl kiyip, aspan hawayı boldı. [3;55] She’r qatorlarida keltirilgan yashil so‘zi daraxtlarning yaproq chiqarishi, yer yuziga ko‘k maysalarning chiqishini anglatish uchun uslubiy maqsadda qo‘llangan. Shuningdek shoir I.Yusupov ijodida bu terminning ko‘chma, obrazli ma’noda ham faol qo‘llanganligini ko‘rish mumkin. Masalan: Insan kewlindegi jasıl otlaqlar, Íntıǵıp saǵınar, shaqırar seni. [3;143] Bu she’r qatorlarida nazarda tutilgan yashil so‘zi yoshlik, navqironlik ma’nosini bildirishda ishlatilgan. Rang atamalari ichida qizil so‘zi ham uchraydi. Bu termin ham badiiy adabiyotda o‘z ma’nosida ham, ko‘chma ma’noda ham birdek qo‘llaniladi. Masalan: Olar bálkim, birin-biri aldamas, Sulwı sóylep, qızıl tilin jallamas.[3;179] Dúnyanı jańadan dúzeymiz desip, Qızıl kegirdek bop, qaralay óship. [3;292] Yuqoridagi misollarda qizil so‘zi she’rga badiiy mazmun berish maqsadida ishlatilgan bo‘lib, dastlabki misolda epitet xizmatini bajarib kelgan bo‘lsa, keyingisida qizil kekirdak bo‘lish frazeologik birlikning bir komponenti sifatida qo‘llanilgan. Shuningdek qizil so‘zi rang atamasini bildirish bilan birga ma’lum bir tushunchani bildirish maqsadida ham qo‘llanadi. Masalan: Bir sayǵaqtı tirkep “Qızıl kitapqa” Mıń kiyiktiń basın jalmaǵan zaman. [3;213] Sheʼrda
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: Большое значение имеет изучение слова с точки зрения простой термин, структуры и определение его составных частей.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: Большое значение имеет изучение слова с точки зрения простой термин, структуры и определение его составных частей. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- This is an open-access article under the Attribution 4.0 International, yasama atama, acrylic, sodda atama, bir bo‘g‘inli termin, многосложный термин, simple term, односложный термин, baget, polysyllabic term, arka, двухсложный термин, surat, akril, фотография, трехсложный термин, ansambil, багет, two-syllable term, artificial term, акант, acanthus, akant, ensemble, color, акрил, arch, baguette, арка, one-syllable term, ko‘p bo‘g‘inli termin, ikki bo‘g‘inli termin, three-syllable term, uch bo‘g‘inli termin, rang, цвет, искусственный термин, photography, ансамбль, простой термин
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеЭМОЦИОНАЛ ТАЪСИРИ, Даниева М.Дж.2019
Иностранная филология: язык, литература, образованиеШамахмудова Азиза2019
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019